Мирзо улуғбек номидаги


-FENIL-2,4-DIGIDRO-1,2,4-TRIAZOL-3-TIONNI KVANT-KIMYOVIY


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

5-FENIL-2,4-DIGIDRO-1,2,4-TRIAZOL-3-TIONNI KVANT-KIMYOVIY 
HISOBLASHLAR ORQALI ELEKTRON TUZILISHINI O‘RGANISH 
Xayrullayev G`.U., Hoshimov F.X 
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti 
Hozirgi kunda kvant-kimyoviy hisoblash usullari moddalarning elektron 
tuzilishini o‘rganish uchun eng muhim va qulay usul hisoblanadi. Kvant-
kimyoviy hisoblashlar asosida murakkab tuzilishga ega bo‘lgan birikmalarning 
elektron tuzilishini o‘rganish mumkin. Shuningdek, polifunksional ligandlarning 
koordinatsiyaga uchraydigan raqobatdosh donor markazlarni oldindan aytib 
berish imkonini beradi. 
Ishdan maqsad, ligand 5-fenil-2,4-digidro-1,2,4-triazol-3-tionni (L) 
kvant-kimyoviy hisoblashlar orqali elektron tuzilishini o‘rganishdan iborat
Molekulaning kvant kimyoviy hisoblashlari HyperChem7 programmasida 
yarimempirik PM-3 usulida to‘liq geometrik parametrlarni optimallashtirish 
bilan o‘rganildi [2]. Yarim empirik kvant-kimyoviy PM-3 usuli yordamida 5-
fenil-2,4-digidro-1,2,4-triazol-3-tionning tuzilishi va reaksion qobiliyati, 
raqobatdosh donor markazlari hamda ligand molekulasining energetik, elektron 
xususiyatlari, burchak va bog‘ uzunlik qiymatlari aniqlandi. 5-fenil-2,4-digidro-
1,2,4-triazol-3-tion molekulasidagi triazolin halqasida birinchi azotmi (-0,203) 
va oltingugurt atominiki (-0,294) effektiv zaryad yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi 
(1-rasm). 
Bundan, 5-fenil-2,4-digidro-1,2,4-triazol-3-tion molekulasida birinchi 
azot atomi va oltingugurt atomi koordinatsiyada ishtirok etadi degan nazariy 
xulosaga kelish mumkin. 
1-rasm. L molekulasidagi atomlarning 
manfiy effektiv zaryad qiymati 
2-rasm. L molekulasida orbital kontrol 
bo‘yicha elektron zichlikning 
taqsimlanishi 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Aliev N.A. Karimov R.K. Dustmuxamedov T.T. Organik birikmalarning 
biologik faolligi. Toshkent. 2003. 


97 
2. HyperChem Release 7. Programm for Molecular modeling. Hypercube Inc.-
USA, 2002. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling