Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti “ fizika ” fakulteti 2-kurs f-2002 guruh talabasi


Download 288.55 Kb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi288.55 Kb.
#1540811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Qutblanish hodisasining mohiyati.


Tebranishlarining yo‘nalishi biror tarzda tartiblangan yorug‘lik qutblangan yorug‘lik deb ataladi. Agar yorug‘lik vektorining tebranishlari fakat bitta tekislikda yuz berayottan bo‘lsa (2-rasm), bunday yorug‘likni yassi (yoki to‘g‘ri chiziqli) qutblangan deb yuritiladi. Yorug‘lik vektori (ya’ni elektr maydon kuchlanganligi vektori E ) tebranayotgan tekislikni tebranish tekisligi deb ataymiz. Tarixiy sabablarga ko‘ra E vektor tebranayotgan tekislik emas, balki unga perpendikulyar tekislik qutblanish tekisligi deb atalgan. Bu tarzda, aniqlangan qutblanish tekisligi tebranish tekisligichalik yaqqol emasdir. Shu sababli bundan
keyin «qutblanish tekisligi»
terminidan foydalanmaymiz.

Soddalik uchun tebranayotgan elektr dipoli nurlanishini qarasak, u turli tomonga elektromagnit to‘lqinlar chiqarishini – bunda elektromagnit nurlanish yo‘nalishi z ga perpendikulyar, dipol o‘qi tekkisligida E kuchlanganlik vektorining tebranishini ko‘ramiz. Magnit maydon


kuchlanganlik vektori H nur va E ga perpendikulyar tekislikda tebranadi. Qutblanish hodisasini to‘la yoritish uchun E to‘g‘risida fikr yuritish etarlidir. Buning sababi, birinchidan, Maksvell nazariyasiga binoan E tebranayotgan tekkislikka perpendikulyar tekislikda albatta H ham tebranadi, ikkinchidan moddalarga E ning ta’siri H ta’siridan ko‘ra ko‘proq bo‘lar ekan. k yorug‘lik vektori deb ataladi.
Yorug‘lik manbaining o‘lchamlari qanchalik kichik bo‘lmasin, undagi «nurlangichlar» soni nihoyat ko‘p bo‘ladi. Boshqacha aytganda, har onda manbadagi milliardlab atomlar to‘lqin nurlatishni tugallasa, milliardlab atomlar to‘lqin chiqarishni boshlaydi.
Demak, biror jism nurlatayotgan yorug‘likda yorug‘lik vektori turli yo‘nalishlarda bir xil ehtimollikda tebranadi E ning turli yo‘nalishlarda bir xil taqsimlanganligi nurlanayotgan atomlar soning ko‘pligidan, amplituda qiymatlarining tengligi har bir atom nurlanish intensivligini bir xilligidan kelib chiqadi.



4-rasm
Tabiiy nurning yo‘liga tekisliklari o‘zaro  burchak hosil qiladigan ikki qutblagich



qo‘yamiz. Birinchi qutblagichdan chiqqan yassi qutblangan yorug‘likning
I0 intensivligi


tabiiy yorug‘lik
Itab
intensivligining yarmiga teng bo‘ladi. Malyus qonuniga ko‘ra ikkinchi


qutblagichdan intensivligi
I0 cos2
bo‘lgan yorug‘lik chiqadi. SHunday qilib, ikki qutblagich

orqali o‘tgan yorug‘likning intensivligi quyidagiga teng:





I 1 I
2
tab
cos 2 . (1)

Maksimal intensivlik
Itab / 2
ga teng bo‘lib, u  =0 bo‘lganda (qutblagichlar parallel

bo‘lganda) hosil bo‘ladi. = / 2
bo‘lganda intensivlik nolga teng – to‘g‘ri burchak ostida

kesishgan qutblagichlar yorug‘likni o‘tkazmaydi.


Yorug‘likning tarkibida biror yo‘nalishdagi tebranishlar boshqa yo‘nalishlardagi tebranishlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, bunday yorug‘lik qisman qutblangan deb yuritiladi (3.b-rasm). Bunday yorug‘likni tabiiy va yassi qutblangan yorug‘liklarning aralashmasi deb qarash mumkin. Agar qisman qutblangan yorug‘lik qutblagich orqali o‘tkazilayotgan bo‘lsa



va asbob nur yo‘nalishi atrofida aylantirilsa, o‘tgan yorug‘likning intensivligi
I max
bilan
I min

qiymatlar oralig‘ida o‘zgarib turadi, shuning bilan birga bu qiymatlarning biridan



ikkinchisiga o‘tish = / 2
burchakka burilish bilan amalga oshadi (bir marta to‘la


aylanishda ikki marta maksimal va ikki marta minimal qiymatga erishiladi).


P Imax Imin
Imax Imin

Download 288.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling