Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti “ fizika ” fakulteti 2-kurs f-2002 guruh talabasi


Download 288.55 Kb.
bet1/13
Sana17.06.2023
Hajmi288.55 Kb.
#1540811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “ FIZIKA ” FAKULTETI 2-KURS F-2002 GURUH TALABASI MADRAIMOVA ZAHRONING
OPTIKA” FANIDAN “Tabbiy yorug’likni qutblovchi qurilmalar va ularning xossalari” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


KURS ISHI


Bajardi: Madraimova Zahro.
Tekshirdi: Shavkat Otajonov.

Toshkent – 2022


Mundarija:


  1. Kirish:

1.1. Tabiiy va qutblangan nurlar haqida tushuncha 3

  1. Asosiy qism:

    1. Qutblanish hodisasini o’rganish va uning tarixi 5

    2. Qutblanish hodisasining mohiyati 8

    3. Tabiiy yorug’likni qutblovchi qurilmalar, ularning hayotimizdagi ahamiyati va xossalari 11

    4. Polyarizator va ularning turlari 27

    5. Elliptik va doiraviy qutblangan nurlar 29

  1. Xulosa 32

  2. Foydalanilgan adabiyotlar 33
    1. KIRISH


Fizika tabiat hodisalarining eng ko’p va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini, materiyaning xossalari, tuzilishi va uning harakat qonunlarini o`rganadigan fandir. Fizika- tajribaviy fan bo`lib, uning qonunlari tajriba natijalariga asoslanadi. Tajriba ma’lum qonunlarni tekshirish va yangi natijalarni aniqlash uchun o`tkaziladi. Nazariya esa, topilgan natijalarga tayanib tabiat qonunlarini shakllantiradi, ma’lum hodisalarni tushuntiradi va bazan yangi hodisalarni bashorat qiladi. Fizika-odamlar turmushining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Qadimda, mexanikaning rivojlanishiga qurilish va harbiy ehtiyojlar turtki bo`lgan. Shuningdek rus injeri I.Polzunov tomonidan uzluksiz ishlovchi bug` mashinasining loyiha qilinishi, ingliz ixtirochisi D.Uatt tomonidan universal bug` dvigatelining yasalishi, bug` mashinalari foydali ish koeffitsientini oshirish yo`llarini izlashni taqozo etgan. Natijada termodinamika jadal suratda rivojlangan. Fizikaning har bir bo’limi insonlar hayoti uchun kerakli bo’lgan bir hayotiy bo’lim sifatida qarasak bo’ladi. Optika bo’limi ham turli sohalarda, tibbiyotda texnikada barcha sohalarda juda katta ahamiyatga ega.
Optika – optik nurlanish (yorug’lik) tabiatini, uning tarqalishi va yorug’lik va moddaning o’zaro ta’sirida kuzatiladigan hodisalarni o’rganadigan fizikaning bo’limi. Optik nurlanish elektromagnit to’lqinlardir, shuning uchun optika elektromagnit maydonning umumiy nazariyasining bir qismidir.
Ma’lumki, yorug’lik elektromаgnit to’lqinlаrdаn ibоrаt. Elektromagnit to‘lqinlar ko‘ndalang to‘lqinlardir. Shuning uchun yorug’likning hоssаlаri elеktr Е vа mаgnit mаydоn B vеktоrlаrining tеbrаnishlаri bilаn hаrаktеrlаnаdi. Tаbiiy nurdа Е vа B lаrning yo’nalishlаri hаr xil bo’ladi.





      1. rasm

Аgаr Е vа B ning yo’nalishlаri qandaydir yo’l bilаn tаrtibgа kеltirilgаn bo’lsa bundаy nurlаr qutblаngаn dеyilаdi.



      1. rasm


Download 288.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling