Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti “ fizika ” fakulteti 2-kurs f-2002 guruh talabasi


Download 288.55 Kb.
bet2/13
Sana17.06.2023
Hajmi288.55 Kb.
#1540811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishining dolzarbligi: Tabiiy yorug’lik haqida va uni qutblovchi qurulmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va uning fan taraqqiyotida tutgan o’rnini o’rganish. Ilmiy kitoblar va internet saytlaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Tabiiy yorug’likdan qutblangan yorug’lik
hosil qilish, hossalarini tahlil qilish va qutblovchi qurilmalar bilan tanishish.
Mavzuning ilmiy yangiligi: Yorug’likning elektromagnit tabiatini qutblanuvchanlik darajasini va xossalarini o’rganish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish bo‘limi, asosiy qism bo‘limi 5 ta paragraf va 25 ta rasmdan iborat, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
    1. Asosiy qism.

a. Qutblanish hodisasini o’rganish va uning tarixi.


Bilamizki qutblangan yoru’lik deganda eletr va magnit maydon kuchlanganliklarining vektorlari E va B lar ma’lum bir tartibda tartiblangan holatda tarqalishini tushunamiz. Yorugʻlikning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. Maksvell yorugʻlikning elektromagnit nazariyasida tushuntirib bergan. Fransuz fizigi E. Malyus Island shpati parchasi orqali Parijdagi Lyuksemburg saroyining botayotgan quyosh nurlaridan yaltirab turgan oynalarini kuzatib, kristallning maʼlum vaziyatda faqat bittagina tasvir koʻrinishini ajablanib payqadi. Shu va boshqa tajribalar asosida hamda I. Nyutonning yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasiga tayanib, E. Malyus Quyosh yorugʻligida tartibsiz yoʻnalgan korpuskula (zarra) lar biror sirtdan qaytgandan yoki anizotrop kristalldan oʻtgandan keyin maʼlum yoʻnalishga ega boʻlib qoladi, deb faraz qildi. Bunday “tartiblangan” yorugʻlikni u qutblangan yorugʻlik deb atadi. Yorugʻlik manbalaridan chiqqan yorugʻlik toʻlqinlari tartibsiz tarqaladi, yaʼni toʻlqinlar turli tekisliklarda tebranadi. Bunday toʻlqinli yorugʻlik tabiiy yorugʻlik deb ataladi. Tabiiy yorugʻlikdan farqli ravishda E va H vektorlarning oʻzaro perpendikulyar tashkil etuvchilari orasida doimiy fazalar farqi mavjud boʻlgan yorugʻlik qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Yorugʻlik manbaining hamma elementar qismlaridan bir xil toʻlqinli yorugʻlik nurlari chiqsa, bunday yorugʻlikka toʻla qutblangan yorugʻlik deyiladi. Tabiiy yorugʻlik tarkibida chiziqli, 5mplitud va doiraviy qutblangan yorugʻlik toʻlqinlari boʻladi. E ning uchi yoruglik nuriga tik tekislikda ellips chizsa, u holda yorugʻlik toʻlqinlari amplitudasi qutblangan yorugʻlik, aylana chizsa, doiraviy qutblangan yorugʻlik, E tekislikda doimiy yoʻnalishini saqlasa, bunday holatda chiziqli qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Vakuumda yorugʻlikning tarqalishi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻlmaydi. Agar yoruglik biror muhitda tarqalsa, yorugʻlikning yutilishi, tarqalish yoʻnalishi va tezligi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻladi. Tabiiy yorugʻlikdan qutblangan yorugʻlik hosil qilish uchun qutblash asbobi (polyarizator)dan foydalaniladi. Yorugʻlikning qutblanishi moddalarning anizotropik xususiyatlarini oʻrganishga yordam beradi. Kristallooptikada kristallarning tuzilishi, mineralogiya va petrografiyada minerallar va togʻ jinslari qutblangan yorugʻlik yordamida oʻrganiladi

Download 288.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling