Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Mikrobiologiya va Biotexnologiya kafedrasi Tibbiyot Mikrobiologiyasi fani


Klinik xususiyati va Immunologik xususiyati


Download 20.1 Kb.
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi20.1 Kb.
#1832647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tibbiyot mikrobiologiyasi маъруза. ppt

Klinik xususiyati va Immunologik xususiyati.

  • Klinik xususiyati.Yuqumli kasalliklarga davriylik xos, ya’ni kasallik ma’lum davrlar almashinishi bilan kechadi. Kasallikning yashirin (inkubatsion), prodromal (dastlabki belgilarning paydo bo‘lishi), avj olish va rekonvalessensiya (sog‘ayish) davrlari uchraydi.
  • Immunologik xususiyati. Mikroorganizmlar va ularning zaharlari antigen (yot) xossaga ega, ular ta’sirida organizmda normal fiziologik jarayonlar buziladi va bir vaqtda mikroblar va ularning zaharlarini yo‘qotish va patologik jarayonni to‘xtatish uchun himoya omillari ishga tushadi (immunitet hosil bo‘ladi). Immunitetz ta’sirida organizm patogen mikroorganizm va uning zaharidan ozod bo‘ladi.

3. Yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasi.

Infeksiyaning joylashishi va yuqish mexanizmi yuqumli kasalliklarning L.V.Gromashevskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • Infeksiyaning joylashishi va yuqish mexanizmi yuqumli kasalliklarning L.V.Gromashevskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1.Ichak infeksiyalari.

  • Ichak infeksiyalari. Bu infeksiyada bemor va kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashib yuruvchilar infeksiya manbai hisoblanadi. Bemor organizmidan ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari asosan axlat, qusuq massalari va siydik bilan ajraladi. Infeksiya tashqi muhitdan organizmga ifloslangan ovqat yoki ichimlik suvi bilan oshqozon-ichak yo‘llari (fekal-oral yuqish) orqali tushadi
  • Ichak infeksiyalariga ovqat toksikoinfeksiyalari, dizenteriya, salmonellozlar, esherixiozlar, tif-paratif kasalliklari, botulizm,vabo, ko‘pchilik gelmintozlar va boshqalar kiradi.

2.Nafas yo‘llari infeksiyalari.

  • Nafas yo‘llari infeksiyalari. Kasallik manbai bemor va bakteriya (virus) tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yo‘talganda, aksirganda va gaplashganda og‘iz va burun bo‘shlig‘ida patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar) havoga ajralib chiqadi. Sog‘lom odam organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchilari tarkibida mikroorganizmlar bo‘lgan havodan nafas olish natijasida tushadi Bu guruhga gripp, paragripp, adenovirusli infeksiya, difteriya, meningokokk infeksiyasi, chinchechak, ornitoz, mononukleoz va ko‘pgina boshqa bolalar infeksiyalari kiradi.

Download 20.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling