Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi


Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana09.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1449457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jalol iqt

5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. 
Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u bozor 
iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu 
yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining 
inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya 
shaklida 
namoyon 
bo'ladi. 
Inflyasiyaning 
uzoq 
vaqt 
mavjud 
bo'lishi 
bozor 
munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish 
o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish 
chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, 
ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi. 
Markazlashgan 
ma'muriy-buyruqbozlikka 
asoslangan 
iqtiso-diyotdan 
bozor 
iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni tanlashlari 
mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni 
revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya va boshqa ay 
rim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini, birdaniga katta 
to'ntarishlar qilish yo'lini tanladilar. 
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili. 
Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat 
iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga 
asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va 
qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu 
siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil 
etib, undan kerakli xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida 


ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular 
o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi. 
Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy 
qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va 
ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy 
xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham 
mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun 
harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash oson kechmaydi, 
bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo etadi. I. Karimov bu siyosatni 
izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning 
dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. 
mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot 
tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy korxonalar barpo 
etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish vo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib 
chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. 
respublikaea vangi texnologiva va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki 
investitsivalarni ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...
I
». 
Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi 
bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot sohalari 
qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga 
qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan 
ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling