Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi


Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana09.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1449457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jalol iqt

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir 
qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi I. Karimov bir qancha dalillar 
bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, 
uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik 
tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila yangi xo'jalik 
yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir». 
Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi, u bir qancha 
bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. 
yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday 
iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi. 
Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili. Prczidcntimiz o'zining 
Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi «Adolat-qonun ustuvorligida» 
nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor iqtisodiyotiga tayangan 
ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi hayot 
barpo etish harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak 
milliy an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa-jahon xalqlarining eng 
ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi
1

Qonunlarning ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, qabul qilingan Konstitutsiyamiz, 
barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan hurmat qilinishi va ularga rioya 
qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat qonunlar talabini bilishi, ularga so'zsiz amal qilishi, 
balki boshqalarning ham qonunlarga rioya qilishlarini nazorat qilmog'i demokratik jamiyat 
qurishning talabiga aylanadi. Qonunlarning ustuvorligini ta'minlash tamoyilining 
mohiyatini I. Karimov yana quyidagicha izohlaydi: «Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, 
oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining 
huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va hurmat 
ruhida tarbiyalash-bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, 


huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, 
eng muhim sharti hisoblanadi'». 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling