Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana09.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1449457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jalol iqt

Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil Islom Karimov asarlarida nihoyatda mukammal 
va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoi tabaqalarini ijtimoiy himoyalash kechiktirib 
bo'lmaydigan. eng ustuvor vazifa. amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo'lib qoldi va 
shunday bo'lib qoladi» deganda uning ijtimoiy himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi. 
I.Karirnovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya mexanizmi 
ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir: ijtimoiy himoyaning 
huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador, ko'p bolali va kambag'al oilalari, 
o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan vaqtincha ta'minlanmagan kishilarga nafaqa 
to'lash va ish joylari yaratish, ma'lum davrda narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va 
asta-sekin bozor qonunlariga moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis 
taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish, iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan 
o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo 
etish) va boshqalardir, 
Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning boshqa 
sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni, ya'ni bozor 
munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash ta'limotini shunday ta'riflaydi:i 
«Samarali ijtimoiv siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish. tarkibiy o'zgarishlar. bozor 
munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari bilan uyg'unlashtirib amalga 
oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiv sohaga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish 
mumkin». 
Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot. 
O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa 
iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda muallif shunday 
dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning 
O'zbekiston model! asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun 
uni obro'li xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng 
asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'» 
Prezidentimiz 
O'zbekistonda 
bozor 
munosabatlarini 
shakllantirish 
ilmiy 
konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari 
asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z 
konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular 
quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish 
orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy 
bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. 
«mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli 
samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz ko'p ukladli 


iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka 
—kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini 
rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, 
fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda vujudga 
keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar 
islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo 
katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda 
sohibkorlik 
hissini 
uyg'otish; 
yettinchidan. 
iqtisodiyotning 
hududiy 
tuzilishini 
takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. 
respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga 
ustuvorlik berib borish va boshqalar. 
Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. 
Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida 
mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni 
yangilash borasidagi faoliyati-mizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy 
Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi: 
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada 
erkinlashtirish. 
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish. 
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish. 
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy 
himoya qilish. 
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash. 
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, 
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling