Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Jalol iqt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qog‘oz pullar
Pul jamg’arma vositasi vazifasi. Pulning bu vazifasi sotish va sotib olish jarayoniga
zarurat bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa pul muomala va to‘lov oborotidan chetlashadi. Yig‘ilgan pullar jamg‘arma vositasi vazifasini bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg‘arishga imkoniyat yaratadi. Jamg‘arma ikki yo‘nalishda yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamg‘arish yoki umuman jamg‘arish. Shunaqa jamg‘armalar borki, aniq bir mo‘ljal bo‘lmagan holda yig‘ib boriladi, maqsadli jamg‘armada odamlar mashina, asbob-uskuna, uy joy sotib olish yoki boshqa ma‘lum maqsadni amalga oshirish uchun mablag‘ jamg‘aradilar. Qog‘oz pullar Qog‗oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy voqelik bo‗lib, ushbu jarayon o‗zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolarning asosiysi inflyatsiya hisoblanadi. Qog‗oz pullarning muomalaga chiqarilishi natijasida inflyatsiya muammosining paydo bo‗lishini asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo‗lmagan, ya‘ni haqiqiy pullarning o‗rinbosarlari hisoblanadi. Qog‗oz pullarda aks ettirilgan nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‗oz pullarning haqiqiy qiymati juda past. Mazkur darslikning birinchi bobi 1.1–paragrafida oltin tangalarning o‗rniga qog‗oz pullarning kirib kelishi bilan bog‗liq tavsilotlar atroflicha bayon etilgan. Ularni qaytarilishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida, oltin tangalarni saqlovchilar va oltinni saqlashga beruvchilar o‗rtasida o‗zaro munosabatlar natijasida qog‗oz pullarni muomlaga chiqarish bilan bog‗liq jarayonni qisqacha bayon etmoqchimiz. Ushbu jarayon Yevropaning ayrim mamlakatlari va AQSh amaliyotida qog‗oz pullarning kirib kelish tajribasida ro‗y bergan. Chunki, ushbu mamlakatarda qog‗oz pullar Xitoy, Turkiston, Rossiya malakatlaridan keyin muomalaga kiritilgan bo‗lsada, oltin tangalarni muomaladan chiqib ketishi natijasida ularning o‗rniga qog‗oz pullarni kirib kelishi stixiyali tarzda ro‗y bergan. Manabalarga ko‗ra, dastlabki qog‗oz pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan. Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar o‗rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‗rilmagan darajada o‗sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta‘minlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo‗ldi16 . Oltin saqlovchilar asta – sekinlik bilan odamlarning ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik bo‗sh oltin tangalarini ma‘lum haq to‗lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga, qachon va qancha oltin kerak bo‗lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi. ―A‖ shaxs ―B‖ shaxsga sotib olgan tovari uchun to‗lagan oltin tangani ―B‖ shaxs ham o‗z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o‗rtasida o‗zaro ishonchning paydo bo‗lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin saqlovchi odamlar orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so‗ng odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga tilxatlarning o‗zini to‗lov vositasi sifatida bera boshladi. O‗z navbatida sotuvchi ushbu tilxatlarni to‗lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to‗lov vositasi sifatida o‗tkazib yubordi. Shu tariqa muomalada qog‗oz pullar paydo bo‗ldi. Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va yetarli darajada ishonchga ega bo‗lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‗lov vositasini bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‗oz pullar to‗lig‗icha oltin bilan ta‘minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki odamlarning ishonchini suiste‘mol qilishi natijasida muomalada ta‘minlanmagan qog‗oz pullar paydo bo‗la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi. Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‗jalik yuritish va hisob – kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat qog‗oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o‗z qo‗liga oldi. Buning uchun 16Bir necha asrdan keyin ushbu ―oltin saqlovchilar‖ banklarga aylandilar. alohida davlat banki, ya‘ni Markaziy bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‗oz pullarni chiqarish, pul muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini ko‗rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi. Angliyada qog‗oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari tomonidanmuomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‗z banknotasini muomalaga chiqardi. 1844 yildan boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi. Qog‗oz pullar ta‘minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‗lmaganligi sababli ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‗lov vositasi sifatida hisob – kitoblarda keng qo‗llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning oldini olish maqsadida og‗ir choralar qo‗llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‗oz pulning o‗ziga uni to‗lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25 yil qamoq jazosi, ba‘zi hollarda o‗lim jazosi ham qo‗llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‗oz pullarni to‗lov vositasi sifatida qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan. Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‗oz pullar bevosita va bilvosita ta‘minlangan edi. Bevosita ta‘minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to‗lovlarni shu qog‗oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta‘minlanganligi sifatida belgilab qo‗yildi. Iqtisodiy adabiyotlarda ―emissiya qilish‖ va ―muomalaga pul chiqarish‖ tarzidagi ma‘nosi bir – biriga yaqin bo‗lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma‘nosi va iqtisodiyotga ta‘siri jihatidan bir – biridan tubdan farq qiladi. Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o‗zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi. Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‗y berganda davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig‗i bilan muomalaga chiqariladigan qo‗shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o‗z navbatida qog‗oz pullarning qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi. Shuning uchun ham qog‗oz pullar asl qiymatga ega bo‗lmagan, o‗rinbosar pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi. 3. Har bir davlat o‘zining pul tizimiga ega bo‘lganidek O‘zbekiston mustaqil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustaqil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so‘m-ko‘pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so‘m»ni chiqarilishidir. O‘zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari: 1. Pul birligi - so‘m 2. Pul birligining turlari – qog‘oz va metal pullar 3. Ularni muomalaga chiqarish qoidalari. 4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. 5. Naqd pulsiz to‘lov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar. 6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. 7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. 8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi. O‘zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo‘lmish so‘m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma‘suliyatli va oson bo‘lmagan vazifa. O‘zbekistonning o‘z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo‘lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo‘lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo‘lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz 1- Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo‘lishi lozim» - degan edi. Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo‘yicha so‘mning erkin almashtirilishi joriy etildi. Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi. Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul to‘lovlarini o‘zliksiz ta‘minlash to‘ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo‘lgan ishonchning ta‘minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o‘rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, maskur qaror qabul qilingandan so‘ng avgust – dekabr oylarida bu ko‘rsatkich 515 mlrd. so‘mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi. Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 80-93 foiz oraliђida bo‘lgan bo‘lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi. Xozirgi ko‘pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda operasiyalar utkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko‘p qullaniladigan monitor siyosatni bir usuli bo‘lib, u tijorat banklarining likvidlik darajasiga tez ta‘sir utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda utkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendeniyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi obyekti davlat qimmatli qoђozlari va markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo‘lishi mumkin. 1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligasiyalari (KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablaђlarini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi. KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo‘lsa, obligasiya egasi ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o‘tkazish usulidan foydalaniladi. Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘ђrisidagi qonunning 3-moddasida ta‘kidlanganidek O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta‘minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo‘lish tushunchasini o‘z ichiga oladi. Milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi. 1. Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish. 2. O‘zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta‘minlash. 3. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish. 4. O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish. 5. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish. Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish uchun ba‘zi hollarda kuyidagi usullarda ham tayyorlanadi. 1. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o‘ta yuqorilab ketgan hollarda qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O‘zbekistonda 1994 yilda bo‘lib o‘tgan pul islohatida qullanilgan. 2. Revolvasiya – lotincha qadrini oshishi ma‘nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so‘mga teng bo‘ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so‘mga teng bo‘ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan. 3. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma‘nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo‘lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni raђbatlantirish, to‘lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo‘lib inflyasiyani kuchayishi va mamlakat to‘lov balansning salbiy qoldiqga ega bo‘lishidir. Bu usul AŠSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini pasaytirish bilan qullanilgan. 4. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul hajmi oshganda qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro shuro xalq respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O‘zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qullanilgan. O‘zbekistonda pul muomalasi bilan asosan Markaziy bank shug‘ullanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: pul muomalasi, kredit berish, mablag‗ bilan ta‘minlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash; ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini o‗rnatish; barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta operatsiyalariga doir O‗zbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish; barqaror pul muomalasini va O‗zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‗lgan pulning xarid qobiliyatini saqlash; bank ishlari bilan shug‗ullanish uchun litsenziyalar berish. Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish; milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xo‗jaligini ta‘minlash; O‗zbekiston Respublikasining ―rubl‖ zonasiga kiruvchi davlatlar boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga ko‗maklashish, ularning markaziy va milliy banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit tashkilotlarida O‗zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish; O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va nazorat qiluvchi bosh ijroiy idora vazifasini bajarish; bank ishlari bilan shug‗ullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo va chet el valyutasida xizmatlar ko‗rsatishga ruxsatnoma berish; O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‗z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ro‗yobga chiqarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega. Pul muomalasini tashkil etish. Milliy valyuta joriy etilgunga qadar O‗zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi ―rubl‖dir. Bu ―rubl‖ 100 tiyindan iborat bo‗ladi. O‗zbekiston Respublikasi hududida ―rubl‖ yagona to‗lov vositasi hisoblanadi. Respublikaning o‗z valyutasi joriy etilishida O‗zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi to‗lovlar O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda amalga oshirilishi mumkin. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya qilish, saqlash va tashishni tashkil etadi, o‗zining muassasalarida pul belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi. Respublika inkassatsiya boshqarmasi o‗zining barcha bo‗limlari bilan birgalikda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida bo‗ladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling