Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) Reja


Modernization of Higher Education in


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1731117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Kompyuter tarmoqlarining tarixi. (2)

Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New 
Technologies (HiEdTec)
olish mumkin 8-rasm (a). Aralash texnologiyaga asoslangan tarmoqlarga misol qilib 
ham Wi-Fi ham Ethernet asosida qurilgan bo’ladi. 8-rasm (b). 
Wi-Fi yoki Ethernet asosida qurilgan kompyuter tarmoqlari turli 
imkoniyatlarga ega bo’ladi. Misol uchun, Wi-Fi asosida simsiz ulanishni qo’llab 
quvvatlaydigan smartfon, noutbuk, planshet va boshqa raqamli qurilmalarni 
tarmoqqa ulash va Wi-Fi hududida tashib yurish mumkin. Ethernet texnologiyasi 
bilan taqqoslaganda, Wi-Fi texnologiyasi barqaror va yuqori ma’lumotlar uzatish 
tezligini ta’minlab bermaydi hamda axborot xavfsizligi darajasi pastroq. Ethernet 
esa yuroqi tezlikni qo’llab quvvatlashi bilan, Ethernet kabel faqat o’rnatilgan joydan 
internetga ulanishni ta’minlaydi. Har bir standartning o’ziga xos bo’lgan jixatlari 
mavjud.
a) 
б) 
8-rasm. a) faqat Ethernet texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq b) Ethernet
va Wi-Fi texnologiyalari asosida qurilgan tarmoq 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New 
Technologies (HiEdTec)
Tarmoq protokollari 
Tarmoq protokoli - bir xil tarmoqdagi turli xil qurilmalar yoki tarmoqlar 
o'rtasida qanday ma'lumot uzatilishini tafsiflaydigan qoidalar to'plamidir. Aslida, 
protokollar – tarmoqqa ulangan xar xil, xususiyatlari va imkoniyatlari turlicha 
bo’lgan qurilmalarda bo’ladigan ichki jarayonlar, tuzilishi jixatlari yoki tashqi 
ko’rinishidan qat'i nazar, bir-biri bilan aloqa qilishlariga imkon beradi. Boshqacha 
qilib aytganda, turli raqamli qurilma (kompyuterlar, telefonlar, smartfonlar, smart 
soatlar, smart TV va boshqa shunga o’xshash raqamli qurilmalar)lardan foydalangan 
holda insonlarning internet xizmatidan foydalanib global miqyosida ma’lumot 
almashish jarayonini protokollar orqali ta’minlanadi, 7-rasm. Misol uchun, hozirgi 
kunda turli raqamli qurilmalardan foydalanib Skype (yoki boshqa messengerlar) 
platformasi orqali suhbatlashish mumkin. Bu jarayonda telefon tarmog’i va 
foydalanuvchi terminali, 2G mobil aloqa tarmog’i va mobil telefoni, smartfon, VoIP 
terminali va kompyuter qurilmalari bir biridan farq qiluvchi standartlarga 
asoslanadi. Raqamli qurilmalarning ba’zilari IP protokolini qo’llab quvvatlaydi, 
ba’zilari yoq. Ana shunday qurilmalarni o’zaro bir biri bilan ishlashini ta’minlash 
uchun tarmoq protokollaridan foydalaniladi. Tasavvur qilish uchun smartfon, 
noutbuk, ishchi kompyuter va oddiy uy telefoni orqali Skype dasturida 
suhbatlashayotgan foydalanuvchilarni olsak, yuqorida tasvirlab o’tilgan jarayonni 
tushunish yanada osonlashadi. Ushbu misolda uy telefoni va smartfon 7ta raqamdan 
tashkil topadi hamda noutbuk va kompyuter IP adresdan. Telefon raqamli bilan IP 
adresni o’zaro bo’glanishini tasavvur qilib ko’rsak mantiqan bir biriga mos 
kelmaydi. Bu bog’lanishni amalga oshirish va turli muhit qurilmalarini o’zaro 
bog’lash masalalari tarmoq protokollaridan foydalanib amalga oshiriladi. 
Shuningdek, tarmoq protokoli ikki turli til (ingliz va o’zbek) larda gaplashadigan 
insonlar o’rtasidagi tarjimonga o’xshab, qurilmalar o’rtasidagi aloqa jarayonini 
soddalashtiradi va turli formatlardagi signallarni yagona formatga o’zgartiradi. 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling