Modul Pnevmoniyalar


Pnevmoniyaning og‘irlik darajasi


Download 49.06 Kb.
bet2/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27

Pnevmoniyaning og‘irlik darajasi:
Yengilnafas olish soni (NS) bir daqiqada 25 dan, puls 90 tadan kam. 1-2 ta segment yoki bo‘lak zararlangan, intoksikatsiya sezilarli emas, tana harorati 38ºS gacha.
O’rta – NS bir daqiqada 25 dan ko‘p, puls 100 atrofida, tana harorati 39ºS gacha, intoksikatsiya o‘rtacha rivojlangan, asoratlar yo‘q, bo‘lak zararlangan.
Og‘ir – NS bir daqiqada 30 dan, puls 110 tadan ko‘p, tana harorati 39ºS dan yuqori, adinamiya bilan sezilarli intoksikatsiya, respirator va gemodinamik buzilishlar, plevrit, miokardit va boshqa asoratlar bo‘lishi mumkin, lekin bemor hayotiga xavf kam.
Juda og‘ir – yaqqol rivojlangan intoksikatsiya va tserebral hamda nevrologik buzilishlar (o‘tkir psixoz, sopor, nafas ritmi buzilishi, meningit belgilari va boshqalar), og‘ir nafas olish va yurak - qon tomir yetishmovchiligi, NS bir daqiqada 30 tadan, puls 110 tadan ko‘p, kollaps, o‘pka shishi, gipoksiya va boshqa asoratlar kuzatiladi. O’pkada massiv infiltratsiya o‘choqlari va destruksiya aniqlanadi.
Patogenezi. Kasalxonadan tashqari va gospital pnevmoniyaning rivojlanishida bir nechta patogenetik mexanizmlar yotadi:

  • O’pkaning respirator bo‘laklariga mikroorganizmlarning tushishi;

  • O’pka to‘qimasida lokal yallig‘lanishni rivojlanishi;

  • Kasallikda tizimli shikastlanish;

  • Asoratlarning shakllanishi.

O’pkaning respirator bo‘limiga mikroorganizmlar uchta asosiy yo‘l bilan o‘tadi:
1. Bronxogen yo‘l – eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, og‘iz-xalqum tarkibidagi mikroaspiratsiya natijasida mikroorganizmlarning tarqalishi yotadi. Ma’lumki sog‘lom odam og‘iz-xalqumida aerob va anaerob bakteriyalar uchraydi. Ulardan pnevmokokk, gemofil tayoqchasi, tilla rang stafilakokk va hatto grammanfiy ichak tayoqchasi, Fridlender tayoqchasi hamda protey topiladi (42-rasm). Mikroaspiratsiya sog‘lom odamda uxlash paytida, qariyalarda, hushni yo‘qotganda, alkogoliklarda, narkotiklar qabul qilganda, tutqanoq paytida kuzatiladi. Oshqozon ichak kasalliklaridan-qizilo‘ngach axalaziyasi, gastroezofageal reflyuks, diafragma churrasi, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklaridan polimiozit, tizimli sklerodermiya, Sharp sindromida mikroaspiratsiya kuzatiladi. Nozokomial pnevmoniyaning kelib chiqishida asosiy mexanizmlardan biri bemorlarga sun’iy o‘pka ventilyatsiyasida endotraxeal nayni ishlatishdir.
2. Havo - tomchi yo‘li. Bu yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchilar o‘pkaning respirator bo‘limlariga havodan nafas olganda o‘tadi (pnevmokokk, gemofil tayoqchasi, moraksella, streptokokk, anaeroblar, legionella, mikoplazma, xlamidiya, virus va boshqalar )
3. Gemotogen yo‘l. Bunda mikroorganizmlar septik o‘choqlardan – sepsis, infeksion endokardit, septik tromboflebit va boshqalardan o‘tadi.
4. Kontagioz yo‘l. Qo‘shni a’zolarning infeksiyalanishi bilan bog‘liq (mediastinit, jigar abssessi).
O’pka to‘qimasida lokal yallig‘lanishning rivojlanish mexanizmi 3 bosqichda kechadi:
1. Alteratsiya (to‘qimaning shikastlanishi).
2. Qon hujayrasida emigratsiya va ekssudatsiyasi bilan mikrosirkulyatsiyaning buzilishi.
3. Proliferatsiya.

Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling