Modul Pnevmoniyalar


Kasalxonadan tashqari pnevmoniya


Download 49.06 Kb.
bet7/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya
Etiologiyasi. Kasalxonadan tashqari pnevmoniyani:

  • Pnevmokokklar (Streptococcus pneumoniae) - 30-50%;

  • Gemofil tayoqchasi (Haemophilus influenzae) - 5-10%;

  • Mikoplazma (Mycoplasma spp.) - 20-30%;

  • Xlamidiya (Chlamydia pneumoniae) - 2-8%;

  • Legionella (Legionella spp.) - 2-10%;

  • Moraksella (Moraxella catarralis) - 1-2%;

  • Viruslar - 2-15% va boshqa floralar keltirib chiqaradi.

Pnevmokokk grammusbat bakteriya hisoblanib, havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi. Ko‘p hollarda pnevmokokkli pnevmoniya kuzatilib, u oldin bo‘lakli, krupoz, plevropnevmoniya deb ham atalgan. Unda o‘pkaning polisegment yoki bo‘lakli zararlanishi yotadi.
Klinik manzarasi. Kasallik o‘tkir boshlanib, kasalxonadan tashqarida tana haroratining 39-40º gacha ko‘tarilishi, et junjikishining takrorlanishi, kuchli bosh og‘rishi, yo‘tal, shilliq va yiringli yoki “zangsimon” balg‘am (tarkibidagi eritrotsitlar hisobiga), ko‘krak qafasida og‘riq, uning nafas olganda va yo‘talganda kuchayishi, zararlangan tomonni nafas olganda sog‘ tomondan orqada qolishi, xansirash, havo yetishmasligi, umumiy intoksikatsiya belgilari – holsizlik, ishtaha yo‘qligi, bosh og‘rishi, mialgiyalar, ba’zan artralgiyalar, taxikardiya, aritmiya, burun-lab uchburchagida gerpetik toshmalar kuzatiladi. Bemor yuzi rangpar, burun qanotlari nafas olganda kengayadi. Lablarida tsianoz, nafas olish yuzaki, bir daqiqada 40 tagacha, puls tezlashgan bir daqiqada 120 ta, qon bosimi pasaygan. Kasallikning boshlang‘ich bosqichida yo‘tal avval quruq, so‘ngra shilliq balg‘amli. Alveolalar asta-sekin nekrobiozga uchragan hujayra qoldiqlari va ekssudat bilan to‘lib boradi, zararlangan sohada perkutor tovush to‘mtoqlashgan. Auskultatsiyada o‘pkaning yallig‘langan sohasida vezikulyar nafas susaygan va krepitatsiya indux (nafas olganda yallig‘lanish ekssudati bilan to‘lgan alveola devorlarining bir-biridan ajralishi tufayli yuzaga keladi) eshitiladi. Kasallikni avj olish bosqichida yo‘tal “zangsimon” balg‘amli bo‘lib, tovush dirillashi kuchayadi. Perkussiyada o‘ta bo‘g‘iq tovush, auskultatsiyada bronxial nafas eshitiladi. Tuzalish bosqichida tana harorati pasayib, shilliqli balg‘am ko‘p ajrala boshlaydi. Tovush dirillashi pasayadi, perkussiyada biroz bo‘g‘iq tovush, auskultatsiyada bronxial nafas yo‘qolib, krepitatsiya redux paydo bo‘ladi hamda yirik pufakli nam va quruq xirillashlar eshitiladi.

Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling