Modul Pnevmoniyalar


Download 49.06 Kb.
bet4/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27

Bemor shikoyatlari: Kasallik belgilarini shartli ravishda ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: umumiy intoksikatsiya va bronx-o‘pka. Birinchi guruhga isitmalash, qaltirash, bosh og‘rishi, umumiy va mushaklarda holsizlik, ikkinchi guruhga ko‘krak qafasida og‘riq, yo‘tal, hansirash, balg‘am ajralishi va boshqalar kiradi.
O’choqli pnevmoniya klinik-morfologik nuqtai nazardan bo‘lakli pnevmoniyadan farq qiladi. Unda yallig‘lanish o‘chog‘i kichik va bir nechta segmentlarni shikastlanishi bilan kechadi. Organizmning giper yoki normergik reaksiyasi xos bo‘lib, yallig‘lanish asta-sekin shakllanadi va tomirlar o‘tkazuvchanligi buzilishi yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Ekssudat shilliqli yoki shilliqli - yiringli va jarayon mayda, kam hollarda yirik bronxlarda kuzatiladi hamda bronx va o‘pka to‘qimasi zararlanishi ko‘rinishida bo‘ladi (11 – jadval). Shuningdek, bemorda bo‘lakli pnevmoniyaga xos bo‘lgan yallig‘lanish jarayonining aniq bosqichlari kuzatilmaydi.
11 - jadval
Bo‘lakli (krupoz) va o‘choqli pnevmoniyalarning qiyosiy xarakteristikasi



Belgilari

Bo‘lakli (krupoz) pnevmoniya

O’choqli pnevmoniya

Patogenetik xususiyatlari

Shikastlanish hajmi

Bo‘lak, segment

Bitta yoki bir nechta bo‘lakcha, segment va ko‘plab yallig‘lanish o‘choqlari bo‘lishi mumkin

Yallig‘lanishning tarqalishi

Bevosita alveola to‘qimasi

Bronxlardan yallig‘lanish o‘pka parenximasiga o‘tadi

O’pka bo‘lagining respirator zonasida tezkor tipdagi sezuvchanlik reaksiyasi

Xarakterli



Xarakterli emas

Bronxlardagi yallig‘lanish jarayoni

Xarakterli emas

Xarakterli

Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi

Buzilmagan

Buzilgan, mikroatelektaz paydo bo‘lishi mumkin

Plevraning yallig‘lanishi

Deyarli doim

Faqat yuza yallig‘lanish o‘chog‘ida

Morfologik o‘zgarishlarni bosqichma - bosqich rivojlanishi

Xarakterli

Xarakterli emas

Ekssudat xarakteri

Fibrinoz

Shilliq – yiringli, shilliqli




Klinik xususiyatlari








Kasallik boshlanishi

O’tkir, to‘satdan qaltirash bilan tana harorati ko‘tarilishi va ko‘krak qafasida og‘riq

Asta-sekin, O’RVI, o‘tkir traxeobronxit yoki surunkali bronxit qo‘zishidan keyin

Ko‘krak qafasida og‘riq (plevral)

Xarakterli

Kamdan-kam, yallig‘lanish o‘chog‘i yuza joylashganda

Yo‘tal

Avval quruq, keyin zangsimon balg‘am ajralishi

Boshlanishidan ko‘p, shilliq-yiringli balg‘am ajralishi

Intoksikatsiya belgilari

Yaqqol

Kam darajada

Xansirash

Xarakterli

Kamdan kam

Perkutor tovushning to‘mtoqligi

Jigarlanish bosqichida yaqqol

Kam darajada, ba’zan yo‘q

Auskultatsiya

Quyilish va tuzalish bosqichida susaygan vezikulyar nafas, jigarlanish bosqichida bronxial nafas

Kasallik davomida susaygan vezikulyar nafas

Qshimcha nafas shovqinlari

Quyilish va tuzalish bosqichida krepitatsiya, jigarlanish bosqichida plevraning ishqalanish shovqini

Mayda pufakchali nam xirillashlar

Bronxofoniya bo‘lishi

Xarakterli

Xarakterli emas

Pnevmoniyalarni tashhislashda quyidagi klinik-laborator va asbobiy tekshirish belgilariga etiborni qaratish lozim:

  • Kasallikni tana harorati ko‘tarilishi bilan, o‘tkir boshlanishi;

  • To‘satdan boshlangan yo‘tal bilan gemorragik yoki yiringli xarakterdagi balg‘am ajralishi;

  • Oldin bo‘lmagan chegaralangan perkutor tovushning to‘mtoqlanishi va auskultatsiya belgilari (susaygan nafas, bronxial nafas, krepitatsiya, mayda pufakchali jarangli nam xirillashlar, plevraning ishqalanish shovqini);

  • Leykotsitoz yoki kam hollarda leykopeniya bilan neytrofillarning chapga siljishi;

  • Rentgenologik belgilar - oldin kuzatilmagan o‘choqli yallig‘lanish infiltrati;

Pnevmoniyaga chalingan yoki unga shubha qilinganda bemorlar quyidagi qo‘shimcha tekshirishlardan o‘tishlari kerak.

Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling