Modul Pnevmoniyalar


Kasalxona ichi (gospital, nozokomial) pnevmoniyasi


Download 49.06 Kb.
bet9/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27

Kasalxona ichi (gospital, nozokomial) pnevmoniyasi
Etiologiyasi. Kasalxona ichi pnevmoniyasi bemor kasalxonada yotganidan keyin 48-72 soat o‘tgach boshlanadi va klinik jihatdan og‘ir kechadi. Kasallikning kelib chiqishida:

  • Tilla rang stafilakokk (gram manfiy Staphylococcus aureus) -2,7-30%;

  • Pnevmokokk (Streptococcus pneumoniae) - 10-16,3%;

  • Legionella (Legionella pneumophilla) - 23% gacha;

  • Ko‘k yiring tayoqcha (Pseudomonas aeruginosa) - 17%;

  • Klebsiyella (Klebsiella pneumoniae) - 8,2-12%;

  • Ichak tayoqchasi (Eschericha coli) - 17,3-32,3%;

  • Protey florasi (Rroteus vulgaris) - 8,2-24% va anaerob qo‘zg‘atuvchilar.

Shuningdek Peptostreptococcus, Fusobacterium, Bacteroides (5-10%) ham keltirib chiqaradi.
Kasalxona ichi ya’ni gospital pnevmoniyaga quyidagi xavf omillari sabab bo‘lishi mumkin:

  • Sirkulyator buzilishlar (infarkt);

  • Bronxlarning bosilishi va obturatsiyasi;

  • Travmatik - bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyin;

  • Reanimatsiya bo‘limida davolanish, sun’iy yo‘l bilan o‘pkaga havo yuborib turish, endotraxeal, traxeostomik naylar va nazogastral zond qo‘yish, har xil katetrlarni qo‘llash, komatoz holatida bo‘lish;

  • Immunosupressorlar, antatsidlar, miorelaksantlar bilan davolanish, uzoq muddat kuchli sedativ dorilar ta’sirida bo‘lish va bemorni enteral yo‘l bilan ovqatlantirish;

  • O’pkani surunkali obstruktiv kasalligi;

  • Patogen florasi bo‘lgan burun-xalqum va me’da suyuqligining mikroaspiratsiya yo‘li bilan o‘pkaga o‘tib turishi.

Stafilakokkli pnevmoniyani tilla rang stafilakokk chaqiradi va asosan gospital pnevmoniyada kuzatiladi. U A va V gripp epidemiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, jarrohlik amaliyotidan keyin, yosh bolalarda, qariyalarda, mukovissidoz bilan og‘riganlarda, narkomanlarda ko‘proq uchraydi.

Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling