Modul Pnevmoniyalar


Laborator va asbobiy tekshirishlar


Download 49.06 Kb.
bet8/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27

Laborator va asbobiy tekshirishlar
Rentgen tekshirishda kasallikning birinchi kunida infiltrativ soya aniqlanmasligi yoki sust soya ko‘rinishi mumkin.
Uchinchi kundan boshlab o‘pka surati kuchaygan, shikastlangan tomonda uning ildizi kengaygan va intensiv gomogen bo‘lmagan soya ko‘rinadi. Jarayon ko‘pincha o‘pkaning o‘ng bo‘lagi yuqori va pastki segmentlarida joylashadi, ba’zan bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin . Pnevmoniyaning tuzalish bosqichida soyaning intensivligi va o‘lchami asta-sekin kichrayib, soya yo‘qoladi
O’pkada destruktiv jarayon yoki o‘smaga shubha bo‘lganda KT tekshiruvi o‘tkaziladi.
TNF tekshirish yordamida ventilyatsiya buzilishlaridan restriksiya qayd etiladi.
Qonda neytrofilli leykotsitoz (12 – 25 x 109/l), leykotsitar formulasini chapga siljishi, limfopeniya, EChT oshishi, S-reaktiv oqsil paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Siydikda ko‘pincha proteinuriya, silindruriya, mikrogemoturiya aniqlanadi.
Balg‘am bakteriologik va bakterioskopik Gram usulida bo‘yab tekshirilganda eritrotsitlar, segment yadroli leykotsitlar, gram musbat kokklar topiladi.
Kechishi. Bemorlarni davolash jarayonida antibiotiklar samarali ta’sir etsa, tana harorati 2-3 kunda tushadi, intoksikatsiya belgilari yo‘qoladi, yallig‘lanishning obektiv belgilari kamayadi. Kasallikning ikkinchi-uchinchi haftasida qonning laborator ko‘rsatkichlari me’yoriga keladi, obektiv o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Pnevmoniyadan tuzalish 4 haftaga borib yakunlanadi. Organizmni reaktivligi past bo‘lgan bemorlarda kasallik 8 haftagacha cho‘zilishi mumkin. Yondosh kasalliklari (surunkali obstruktiv bronxit, bronxial astma, alkogolizm) bor bemorlarda aksariyat hollarda pnevmoniya o‘tkir boshlanmaydi ya’ni isitma, yo‘tal, hansirash asta-sekin kuchayib boradi va keyinroq es-hushni buzilishi, holsizlik qo‘shiladi. Bundan tashqari shifokorga murojaat qilgunga qadar aspirin, antibiotik va sulfanilamidlar qabul qilgan bemorlarda ham kasallikning kechishi o‘zgargan bo‘ladi.
Asoratlari. O’pkada – ekssudativ plevrit, o‘pka abssessi va gangrenasi, plevra empiyemasi, bronxoobstruktiv sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi. O’pkadan tashqari – o‘tkir o‘pkali-yurak, infeksion-toksik shok, perikardit, o‘tkir bakterial endokardit, miokardit, artritlar, meningit, meningoensefalit, tomir ichi dissiminirlangan sindromi, ichakning paralitik buzilishi, toksik gepatit, o‘tkir psixoz, kamqonlik va glomerulonefrit.
Kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning og‘ir kechishini ko‘pincha pnevmokokk, tilla rang stafilakokk, legionella va klebsiyellalar chaqiradi.

Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling