Modul Pnevmoniyalar


Download 49.06 Kb.
bet10/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.06 Kb.
#1035731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nazariy 27

Klinik manzarasi. Kasallik o‘tkir boshlanib, qayta qaltirashlar, yuqori harorat, yaqqol intoksikatsiya, sepsis, xansirash va og‘ir kechish bilan xarakterlanadi. Yo‘tal bilan shilliq yoki shilliq-yiringli balg‘am ajraladi. Ob’ektiv tekshirish va periferik qonda yaqqol namoyon bo‘lgan (donador va tayoqcha yadroli leykotsitlar) yallig‘lanish belgilari aniqlanadi. Rentgenda ko‘proq o‘pkaning yuqori bo‘lagi shikastlanganligi, har xil konturli, gomogen bo‘lmagan yallig‘lanish soyalari va destruksiyalar aniqlanadi .
Stafilakokkli pnevmoniyaning quyidagi shakllari farqlanadi:

  • O’pkaning stafilakokkli destruksiyasi - rentgenda gomogen bo‘lmagan infiltratsiya asosida yupqa devorli destruksiya bo‘shliqlari - “stafilokokk bulla” lari aniqlanadi va nisbatan yengil kechadi. Monand davolanganda jarayon 6-12 haftadan so‘ng tuzaladi.

  • Infiltratsiyali shakli og‘ir kechib, sepsis belgilarini eslatadi. Perkussiyada shikastlangan sohada sezilarli to‘mtoq perkutor tovush, auskultatsiyada susaygan vezikulyar nafas, krepitatsiya, ba’zan bronxial nafas eshitiladi. Rentgenda har xil kattalikdagi

infiltratli soyalar aniqlanib, ular asta-sekin 4-6 hafta va undan ko‘p muddatda so‘riladi.

  • Abssedirlovchi shakli juda og‘ir kechib, qaltirash, yuqori tana

harorati, intoksikatsiya, ko‘krak qafasida og‘riq, hansirash kuzatiladi. Abssess yorilgandan keyin ko‘p miqdorda yiringli balg‘am, ba’zan qon aralash chiqadi va intoksikatsiya belgilari kamayadi. Rentgenda abssess yorilishidan oldin infiltratli soyalar, keyin esa gorizontal sathdagi suyuqlik bo‘lgan bo‘shliqlar ko‘rinadi.

gematogen yo‘l bilan tarqalib, ikkala tomon ham zararlanadi va septik holat rivojlanadi. Rentgenda ko‘plab abssess o‘choqlari kuzatiladi.

  • O’pka-plevra shakli ham og‘ir kechib, unda ko‘plab infiltratlar va

abssess o‘choqlari rivojlanadi.
Umuman olganda stafilakokkli pnevmoniya og‘ir kechib, o‘pka empiyemasi, abssessi, pnevmotoraks, yiringli peritonit va perikardit kabi asoratlarni keltirib chiqaradi.
Streptokokkli gospital pnevmoniya kam uchraydi va β-gemolitik streptokokk chaqiradi. U asosan gripp, qizamiq, suv chechak va ko‘k yo‘talning asorati sifatida kuzatiladi. Kasallik qaltirash, isitmalash, hansirash, yo‘tal, qon aralash balg‘am va ko‘krak qafasida og‘riq belgilari bilan o‘tkir boshlanadi. Pnevmoniya o‘choqlari yirik bo‘lmaganligi sababli perkutsiya va auskultatsiya belgilari yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Rentgen tekshirishda infiltratlar ko‘pincha o‘pkaning pastgi bo‘lagida joylashganligini, o‘choqlar qo‘shilib bo‘lakli pnevmoniya manzarasini ko‘rish mumkin (psevdolabulyar pnevmoniya). Kasallikning eng ko‘p uchraydigan asorati plevra empiyemasi hisoblanadi.
Ichak tayoqchasi va gramm manfiy bakteriyalar (enterobakteriyalar) chaqirgan pnevmoniya ham shifoxona sharoitida antibiotikoterapiya fonida, asosan qorin bo‘shlig‘i a’zolari jarrohlik amaliyoti, QD, alkogolizm va O’SOK keyin rivojlanadi. Infiltratning joylashishi o‘choqli xarakterda bo‘lib, davolash juda murakkab hisoblanadi. Jarayon o‘pkaning pastgi bo‘laklarida joylashib, asorati sifatida plevra empiyemasi kuzatiladi.
Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling