Молекулалар реакцион +обилиятларининг кимёвий тузиллишларига бо/ЛИ+лиги


ORGANIK MODDALAR ISHLAB-CHIQARISH VA ULARNI OLISHDA SELEKТIV KAТALIZDAN FOYDALANISH ISТIQBOLLARI


Download 480.5 Kb.
bet7/11
Sana26.01.2023
Hajmi480.5 Kb.
#1126650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
okk

ORGANIK MODDALAR ISHLAB-CHIQARISH VA ULARNI OLISHDA SELEKТIV KAТALIZDAN FOYDALANISH ISТIQBOLLARI


1. Sanoat organik sintezi.
2. Metanni qayta ishlash.
3. Uglevodorodlarni qayta ishlash.
4. Metanol va etanol sintezi.
5. Organik birikmalarni oksidlash bilan qayta ishlash.

Sintetik organik mahsulotlar ishlab chiqarish XIX asrda keng masshtablarda bo‘yoqlarga talab ortgandan so‘ng yuzaga keldi. Benzolni nitrolab, nitrobenzol olish va uni qaytarib anilin, undan esa anilin bo‘yoqlari olish (N.Zinin ixtirosi) hamda glitserinni nitrolab, nitroglitserin va undan dinamit portlatgichlari ishlab chiqarish (A. Nobel ixtirosi)-sanoat organik sintezining dastlabki bosqichlaridir.


Sanoat organik sintezi o‘ziga hos ba’zi xususiyatlariga ega. Organik moddalarning turli-tumanligi har-xil mahsulotlar ishlab-chiqarish imkoniyatini bermoqda. Sanoat organik sintezida murakkab, ko‘pincha katalitik jarayonlarni boshqarish qonuniyatlari muhim ahamiyatga ega. Kataliz neftni qayta ishlash sanoatini o‘zgartirdi va neftekimyoga aylantirdi. Neftekimyo har-xil sifatli yonuvchi va surkov materiallarini, hamda boshqa ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasini bir vaqtda hal etadi.
Neftni qayta ishlashda katalitik jarayonlar rivojlanishining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: katalitik kreking, neft mahsulotlarini tozalashning katalitik usullari hamda neft mahsulotlari sifatini oshirish va nihoyat, neft va tabiiy gazlarni kimyoviy xom ashyoga aylantirish. Bu mahsulotlarning asosiy gruppalari quyidagilardan iborat:
1) avto, traktor, aviatsiya hamda statsionar dvigatellar uchun, qozon qurilmalari va sanoat pechlari uchun suyuq va gaz holatidagi yoqilg‘i turlari;
2) mexanizm va asboblar uchun surkov moylari, izolyatsion yog‘lar, kabellar to‘ldiriladigan yog‘lar, metallarni qirqish va bosim bilan ishlashda qo‘llanadigan surkov-sovutish suyuqliklari;
3) yo‘l bitumlari, rezina va lak-bo‘yoq sanoati uchun maxsus bitumlar;
4) vodorod, etilen, propilen, butilen, izopren, atsetilen, aldegid va ketonlar, kislotalar, bo‘yoqlar, dorivor moddalar, plastmassalar, sintetik tolalar, sintetik kauchuklar, azot tutgan birikmalar.
Тabiiy boyliklardan fanning biror maqsadga qaratilgan rivojida foydalanishda yangi, katta selektivlikka ega katalizatorlar qidirilmoqda. Keyingi vaqtlarda, masalan, gidrokreking-vodorod ishtirokida krekinglashga, og‘ir distillyatorlar qo‘llash asosida xom ashyo bazasini kengaytirishga, alyumosilikat katalizatorlar o‘rniga seolit krekingi qo‘llanishiga erishildi.
Тabiiy gazning 95% gacha miqdorini metan tashkil qiladi. Uni chala oksidlantirib, H2 va CO aralashmasi olinadi, uning tarkibida bir oz miqdor C2H2 ham bo‘ladi. Krekinglab vodorod va atsetilen, nitrolab nitrometan, xlorlab xlorli hosilalar, ammiak va kislorod bilan o‘zaro ta’sir ettirib, HCN olinadi. Atsetilendan sirka angidrid, sirka kislota, xlororganik birikmalar, plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar olinsa, CO dan, H dan metanol, farmaldegid, formaldegid smolalar, poliform, olefinlar bilan reaksiyasidan aldegid va spirtlar ishlab chiqariladi.



Download 480.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling