Molekular refraksiya
Kurs ishining strukturasi
Download 166.55 Kb.
|
Презентация MOLEKULAR REFRAKSIYA
Kurs ishining strukturasi: Kurs ishi kirish, uch bob, xulosalar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Masalan, ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan yadro magnit rezonansi (Y- aMR) spektiiarini tahlil qilishda bu usulning to’g’ri va teskari vazifalarini farq qilish qiyin emas. To’g’ri vazifasi. Tegishli moddani kimyoviy siljishlari va spin-spin ta’sir doimiyliklarini qiymatlari berilgan, uni YaMR spektrini hi- soblash talab qilinadi. Teskari vazifasi. Moddani tajribada olingan YaMR spektri berilgan undan tegishli 4 yadroning kimyoviy siljishlarini va spin-spin ta’sir doimiyliklarini aniqlash talab qilinadi. Odatda, teskari vazifani yechish amaliy ahamiyatga egadir. Moddalarning tuzilishi ularning elektromagnit xossalariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun moddalarning elektromagnit xossalarini o’rganish ularning tuzilishini o’rganishga va tuzilishi xossalariga qanday ta’sir etishini bilishga yordam beradi. Moddalarning elektromagnit xossalari ulardagi elektronlarning, «xatti-harakati» ga bog’liq. Ko’pincha kimyoviy reaksiyalar elektromagnit maydonida yoki yorug’likda boradi. Masalan, elektrolit eritmalarda ionlarning hosil qilgan elektr maydoni qo’shni atom — molekulalarga ta’sir etadi.Shu sababdan, moddalarning elektromagnit xossalarini o’rganish alohida ahamiyatga ega. Quyida moddalarning elektr xosslari ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Atom yoki molekula elektr maydoniga kiritilsa, uning musbat va manfiy zaryadlari maydonning qarama-qarshi zaryadlangan qutblari tomon, ya’ni moddaning musbat zaryadlari maydonning manfiy qutbi tomon, manfiy zaryadlari esa maydonning musbat qutbitomonsiljiydi. Natijada, musbat va manfiy zaryadlar bir-biridan uzoqlashadi va ularning markazi bir-biridan ma’lum masofada bo’ladi. SHunday qilib, dipol hosil bo’ladi. Demak, maydonga qutblanmagan modda kiritilsa, u qutblanib qoladi, qutblangan modda kiritilganda esa qutbliligi (dipol momenti) ortadi. Moddalarning maydon ta’sirida bunday o’zgarishi, ya’ni tashqi elektr maydon ta’sirida elektron va atom yadrosi bulutining, molekula va ionlarda bir-biriga nisbatan siljishi qutblanish deyiladi. Maydon ta’sirida vujudga kelgan dipol induksiyalangan dipol deb ataladi. Download 166.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling