Молекуляр биология” фани бўйича малакавий имтиҳон топшириш учун саволлар


Оқсил синтезининг асосий босқичлари


Download 1.08 Mb.
bet8/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1508908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Молекуляр биология билет

3. Оқсил синтезининг асосий босқичлари.
Oqsil biosintezining umumiy mexanizmi barcha tirik organizmlar uchun bir xil bo’lib, quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: 1) aminokislotalaming faollanishi; 2) initsiatsiyapolipeptid zanjiri sintezining boshlanishi; 3) elongatsiya – hosil bo’layotgan polipeptid zanjirining uzayishi; 4) terminatsiya – polipeptid zanjiri hosil bo’lishining tugashi.
1. Aminokislotalaming faollanishi Aminokislotalar molekulalari kimyoviy jihatdan faol bo’lmaganligi uchun ular oqsillar biosintezida bevosita ishtirok eta olmaydi. Oqsil biosintezida ishtirok etadigan aminokislotalai' awal faol holatga o’tishi kerak. Aminokislotalaming faollashishi uchun quyidagi komponentlar kerak bo’ladi: 20 ta aminokislota, 20 ta aminoatsil-tRNK sintetaza fermenti, 20 ta tRNK sintetaza, ATF, Mg2+.
2. Initsiatsiya. Polipeptid zanjirining initsiatsiyasi juda muhim bosqich bo’lib, bu bosqichda initsiatsiya kompleksi hosil bo’ladi. Initsiatsiya kompleksining hosil bo’lishi uchun quyidagi
komponentlar kerak bo’ladi: i - RNK; m - RNK ning initsirlovchi AUG kodon; prokaroitlarda formilmetonin - 1 - RNK; eukaroitlarda metionin – 1 - RNK; GTF; Mg 2+; ribosomaning 30 S va 50 S - subbo’laklari (eukaroitlarda 40 S va 60S - subbo’laklar) va initsiatsiya faktori - IF - 1, IF - 2f IF -3 (eukaroitlarda e IF - 2, elF - 3, elF - 5 ). Oqsil biosintezi i - RNK ning AUG nukleotiddan boshlanadi.Bu
nukleotid metoininning kodonidir.Oqsil biosintezida ishtirok etayotgan i - RNK ning polinukleotid zanjirining 5' - tomonida initsirlovchi kodon AUG joylashgan bo’lib, zanjirining boshlanishi, 3' - tomoni esa zanjimi tugallanishini ifodalaydi
3. Elongatsiya. Polipeptid zanjirining o’sishida ribosomaning 50-S subbirligi alohida ahamiyatga ega. Bu subbirlildaming ikkita faol markazi mavjud va peptid bog’lami hosil qilishda ishtirok etadigan peptidilsintetaza fermentlari bor. Bulardan biri aminoatsil (A) markaz bo’lib, unda aminokislotani tashuvchi va kodon-antikodon mos keladigan t-RNK joylashadi. Ikkinchisi esa peptidil markaz bo’lib, bu markazga doimo metionin - t-RNK kelib joylashadi, t-RNK lar faqat aminatsil markaz orqali o’tishi mumkin. Elongatsiya jarayonida polipeptid zanjiri har bitta aminokislota qoldig’ining birikish hisobiga uzayadi.Bu jarayon 3 ta bosqichdan iborat bo’lib, bu bosqichlar ketma - ketligi polipeptid zanjiri sintezi tugaguncha qayta takrorlanadi.
4. Terminatsiya: Oqsil molekulalari hosil bo’lish bosqichida, ya’ni terminatsiya jarayonida (A) aminoatsil markazda polipeptid zanjirining tugallanishini ifodolovchi UAG va UAA, UGA kodonlari paydo bo’lishi bilan polipeptid zanjirining uzayishi to’xtaydi. Bu kodonlar «ma’nosiz» bo’lib, biror aminokislotani ifodalamaydi. Terminatsiya faktorlari RF - 1, RF - 2 va RF -3 orqali terminatsiya kodonlari taniladi. RF - 1 terminatsiya faktori UAA va UAG kodonlarini tanisa, RF - 2 esa UAA UGA taniydi. Eukaroit hujayralarida bitta terminatsiya faktori RF bo’lib, uchta terminatsiya kodonlarini tanish xususiyatiga ega.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling