Молекуляр биология” фани бўйича малакавий имтиҳон топшириш учун саволлар
Нуклеин кислоталар турлари: ДНК ва РНК
Download 1.08 Mb.
|
Молекуляр биология билет
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Генетик код ва унинг хусусиятлари.
2. Нуклеин кислоталар турлари: ДНК ва РНК.
Dezoksiribonuklein kislota (DNK) — nuklein kislotalarining bir turi. Tarkibida dezoksiriboza, azot asoslaridan adenin (A), guanin (G), sitozin (S) va timin (T) hamda fosfat kislota boʻladi. Barcha tirik organ izmlar hujayrasida uchraydi va koʻpchilik viruslar tarkibiga kiradi. Tirik organizmlarda irsiy belgilarni saklash va nasldan-naslga oʻtkazish vazifasini bajaradi. DNK ning nukleotidli tarkibi, yaʼni uning birlamchi strukturasi har bir organizm uchun oʻziga xos va qatʼiy individual boʻlib, biologik informatsiyaning kod shaklda (qarang Genetik kod) yozilishidir. DNK ning genetik ahamiyatini dastlab O. Everi shogirdlari bilan birga aniklagan (1944, AQSH). DNK tarkibidagi nukleotidlarning oʻzaro munosabati maʼlum qonuniyatlarga boʻysunadi. Bu qonuniyatlar E. Chargaff (AQSH) tomonidan aniklangan (1950). Bu kridaga asosan DNK dagi purin asoslarining yigʻindisi pirimidin asoslarining yigʻindisiga teng boʻlib, bunda A ning miqdori T miqdoriga va G ning miqdori S miqdoriga teng . Mazkur qoidalarga asoslanib D. Uotson va F. Krik DNK ning strukturaviy modelini kashf etishdi (1953). Bu modelga koʻra, DNK molekulasi qoʻsh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan va har ik-kala zanjir bir umumiy oʻqqa ega. Zan-jirning bir oʻrami orasidagi masofa 34 A ga teng va 10 ta nukleotid krldi-gʻidan tashkil topgan (V-shakl). Polinukleotid zanjirlarning pentozafosfat guruhlari spi-ralning tashqi to-monida, azot asoslari esa ichki tomonida joylashgan. Polinukleotid zan-jirlar bir-biriga nisbatan teskari yoʻnalgandir. DNK ning bir zanjiridagi nukleotidlarning ketma-ketligi, ikkinchi zanjirdagi nukleotidlarning ketma-ketligini taʼminlaydi yoki ular komplementar (toʻldiruvchi) hisoblanadi. Komshtementarlik nuklein kislotalarning strukturaviy va funksional tuzilishida universal prinsip hisoblanadi. Ribonuklein kislotalar (RNK) — yuqori molekulali murakkab birikmalar, nuklein kislotalardan biri, monomerlari nukleotidlardan iborat. Har bir nukleotidi tarkibiga uglevod D — riboza, azotli asoslar, adenin, guanin, sitozin va uratsildan biri hamda fosfor kislotasi krldigʻi kiradi. Barcha tirik organizmlar va koʻpgina viruslarning muhim komponenti. Irsiy axborotning nasldan naslga oʻtishida ishtirok etadi. Ribonuklein kislotalar molekulasining fazoviy strukturasi, asosan, bir ipli polinukleotid zanjirdan iborat boʻlib, tarkibida 75 tadan 10000 tagacha nukleotid qoldigʻi bor. Molekulasining ayrim qismlarida azot asoslarining komplementarlik prinsipiga binoan qoʻsh zanjirlar hosil boʻladi. Funksiyasi va strukturasiga koʻra, Ribonuklein kislotalar ribosomal (rRNK), transport (tRNK), informatsiyey (iRNK) va kichik molekulali (km RNK)ga ajratiladi. Tirik xujayralarda RNK sintezi DNK matritsasida RNKpolimeraza fermenti yordamida amalga oshadi. 3. Генетик код ва унинг хусусиятлари. Genetik kod — irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos boʻlgan yagona sistemasi. Dezoksiribo-nuklein kislotasi (DNK) molekulasida maʼlum tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil zanjirining tarkibidagi aminokislotalar xili, soni, ularning joylashish tartibini belgilab beradi. DNK molekulasidagi nukleotidlar 4 xil boʻlib, ular adenin-A, timin-T, guanin-G va sitozin-S lardan iborat. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi, lekin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta aminokislota kiradi. Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet (uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlarning joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida aminokislotalar soni qancha boʻlsa, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi, yaʼni sintez qilinishini taʼmin etuvchi qismi boʻlgan gen ham shuncha kodondan tashkil topadi. Oqsilning sintezida DNK va uning qismi boʻlgan gen emas, balki boshqa nuklein kislota — ribonuklein kislota (RNK) ishtirok etadi. U uch xil: informatsion — iRNK, transport — tRNK va ribosoma — rRNK. iRNK DNK asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi, iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nukleoidlar mavjud. Ularning uchtasi — A, G, S DNK dagi kabi, fakat iRNK da T ning oʻrniga U-uratsil uchraydi; tRNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomalarga yetkazib beradi. Ribosomalarda aminokislotalar maʼlum tartibda ketma-ket ulanib polipeptid zanjir sintezlanadi. Ularning maʼlum sonda birikishi tufayli oqsillar hosil boʻladi. Oqsillar organizm belgi va xususiyatlarining rivojlanishida ishtirok etadi. Hoz. vaktda barcha aminokislotalarning kodonlari aniklangan. 20 xil aminokislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon b-n, qolganlari esa ikki va undan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Mas, lizin aminokislotasi AAA yoki AAG, serii esa — UTSU yoki UTSS bilan kodlanadi. 64 tripletdan 3 tasi — UA A, UA G, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminatsiya signalini beradi. G. k.ning tuzilishi va funksional belgi hamda xususiyatlari barcha organizmlarga xos, universal xossalarga ega va turgun boʻladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling