Молекуляр биология” фани бўйича малакавий имтиҳон топшириш учун саволлар
-БИЛЕТ 1. Фан ривожланишига Ўзбекистон олимларининг қўшган ҳиссаси
Download 1.08 Mb.
|
Молекуляр биология билет
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. РНК турлари: транспорт-РНК, рибосомал-РНК, информацион-РНК.
4-БИЛЕТ
1. Фан ривожланишига Ўзбекистон олимларининг қўшган ҳиссаси. Oʻzbekistonda Molekulyar biologiyaning rivojlanishi oʻtgan ayerning 60-yillariga toʻgʻri keladi. Uning rivojlanishi biokimyo sohasidagi tadqiqotlar bilan chambarchas bogʻliq. Molekulyar biologiya fan sifatida dastlab hozirgi OʻzMU ning biokimyo kafedrasida 1966 yildan oʻqitila boshlandi (Yo. Toʻraqulov). Molekulyar biologiya soxasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari Oʻzbekiston FA Biokimyo instituti faoliyati bilan bogʻliq. Bu sohada erishilgan yutuklarga olimlarimizdan Y. Toʻraqulov, A. Ibragimov, T. Soashov, B. Tosh-muhamedov, A. Abdukarimov, M. Raximov, Sh. Solihov, Sh. Azimova, T. Yusupov, O. Odilova va boshqa katta hissa qoʻshgan. Molekulyar biologiya qishloq xoʻjaligida (koʻp mahsulot beradigan zotlar va hosildor navlar olish maqsadida hayvon va oʻsimliklarning irsiy apparatni boshqarish va yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar hosil qilishda), mikrobiologiya sanoati (biologik faol polipeptidlar, oqsillar va aminokislotalarni bakteriyalar yordamida sintezlash)da, tibbiyot turli sohalari (virusologiya, immunologiya)npnt nazariy asosi sifatida katta amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi davrda molekulyar biologiya oldida xavfli oʻsmalar va irsiy kasalliklarning molekulyar muammolarini oʻrganish, ularning oldini olish, katalitik reaksiyalar, gormonlar, zaharli va dorivor moddalar taʼsirining molekulyar mexanizmlarini aniqlash, xotira mexanizmi va nerv jarayonlari tabiatini aniqlash kabi muammolarni hal qilish vazifalari turibdi. 2. РНК турлари: транспорт-РНК, рибосомал-РНК, информацион-РНК. Ribonuklein kislotalar ribosomal (rRNK), transport (tRNK), informatsiyey (iRNK) va kichik molekulali (km RNK)ga ajratiladi. Tirik xujayralarda RNK sintezi DNK matritsasida RNKpolimeraza fermenti yordamida amalga oshadi (qarang Transkripsiya). Eukariot hujayralarda RNK molekulalari 3 xil RNK — polimeraza ishtirokida sintezlanadi. Sintezlangan DNK matritsasiga komplementar, chunki RNK zanjiridagi nukleotidlar izchilligini DNK matritsasidagi nukleotidlar qatori belgilaydi. Muayyan gen sintezidagi DNKning komplementar 2 zanjiridan faqat bittasi RNK uchun matritsa vazifasini bajaradi. Odatda, RNK molekulalari u sintezlaydigan funksional molekulalarga nisbatan birmuncha katta molekulyar massaga ega. Hujayradagi RNK sonining 80% ini ribosomal RNK tashkil etadi. Uning molekulyar massasi 1,1 — 1,7 mln boʻlib, 4000—6000 mononukleotid qoldigʻidan iborat. RNKning bu xili ribosomalarning shakllanishida ishtirok etadi. Shakllangan ribosomalarning 60% massasini rRNK tashkil qiladi. Transport RNK hujayradagi RNKning 15% ini tashkil etadi. U aminokislotalarni oqsil sintezlaydigan ribosomalarga yetkazib beradi. Transport RNKning molekulyar massasi 25000 ga yaqin boʻlib, 60—90 nukleotid qoldigʻidan iborat. Transport RNK boshqa RNKga nisbatan yaxshi oʻrganilgan. Uning strukturasi beda bargiga oʻxshaydi. Har bir aminokislotaning oʻziga xos tRNKsi mavjud boʻlib, aminoatsilsintetaza fermenti bilan birga taʼsir koʻrsatadi. Bu ferment oʻziga xos keladigan tRNK va aminokislotani tanish xususiyatiga ega. Ayrim hollarda bitta aminokislota ikki va undan ortiq tRNK yordamida kodlanadi. Informatsion RNK xujayradagi RNK massasining 2—6% ini tashkil etadi. Har xil iRNK molekulalari bir-biridan molekulyar massasi va nukleotidlar tarkibi bilan farq qiladi. Hujayrada sintezlanadigan oqsil molekulalari muayyan i RNK yoki uning bir qismi orqali kodlanadi. Eukariotlar xujayrasida iRNK yadroda sintezlanib, u yerdan maxsus ribonukleoprotein zarrachalar (informosomlar) tarkibida sitoplazmaga koʻchiriladi. Eukariotlarda iRNK sintezi kodlanmaydigan kiyem (intron)larga ega bulgan juda uzun zanjirli pro iRNK sintezidan boshlanadi va birmuncha oʻzgarishlar bilan yetilgan iRNK hosil boʻladi. Kodlanmaydigan qismlar pro iRNK molekulasining butun uzunligi boʻylab tekis taqsimlangan. Intronlarni ajratib tashlab iRNK molekulasining kodlovchi qismlarini yangidan joylashtirish (splaysing) maxsus hujayra mexanizmlari orqali boshqariladi. Prokariot xujayralardagi iRNK sintezida deyarli katta oʻzgarishlar boʻlmaydi. Kichik molekulali RNK funksiyasi, strukturasi va oʻlchamiga binoan har xil. Ular tarkibida 30 tadan 300 tagacha nukleotid qoldigʻi boʻladi. Bu turdagi RNK ribosoma, yadro va sitoplazmadagi ribonukleoprotein zarrachalar tarkibida uchraydi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling