РНК турларининг посттранскрипцион ўзгариши-процессинг босқичлари: иРНК процессинги, тРНК-процессинги, рРНК процессинги.
Protsessingda uch amal bajariladi:
1) pre-RNK dagi axborot saqlamaydigan qismlar kesib, ajratib olinadi;
2) axborot saqlovchi ―uzilgan‖ genlarning birikishi – splaysing;
3) RNK ning 5¹→ 3¹ -oxiri qismlarining modifikatsiyasi.
Pre-mRNK ning protsessingi. Pre-mRNK dagi axborot saqlamaydigan qismlar ekzo- va endonukleaza deb ataluvchi ribonukleazalar yordamida amalga oshadi. Ular 5¹ -oxiridan boshlab fosfodiefir bog`larini gidrolizlaydilar va pre mRNK dan tayyor mRNK ning zarur qismini qoldiradi. Agar pre-mRNK tarkibida transkriptondan olingan, uzilgan genlar bo`lsa, unda pre-mRNK ning ichki qismida joylashgan intron (axborot saqlamaydigan qism) kesib tashlanadi. Qolgan ekzonlar esa maxsus RNK-ligazalar yordamida bitta zanjirga tikiladi. Natijada transkriptsiyadan keyingi polipeptid zanjirni kodlovchi uzluksiz genlar qayta tiklanadi. Keyin shu yerda, ya’ni yadroning o`zida hosil bo`lgan mRNK ning 5¹- va 3¹- oxirlarining modifikatsiyasi amalga oshadi. mRNK ning 5¹ - oxiriga ―qalpoq‖ yoki ―KEP‖ deb nomlanadigan oligonukleotid ulanadi. Bu ―qalpoq‖ 2 yoki 3 ta metillangan nukleotiddan iborat. Bunday metillangan ―qalpoq‖ mRNK ni 5¹-ekzonukleza ta’siridan himoya qiladi.
Eukariotlarda mRNKning 3¹- oxiriga taxminan 200 nukleotiddan iborat poliadenilli fragment – poli (A) birikadi. Birikish poli (A)-polimeraza yordamida amalga oshadi. Bu poli (A) – fragment mRNK ning yadrodan sitoplazmaga o`tkazilishi uchun zarur.
Pre-rRNK ning protsessingi. Pre-rRNK rRNK ning transkriptoni joylashgan yadrochada hosil bo`ladi. Protsessing natijasida pre-rRNKning yarmidan sal ko`prog`i qoladi. rRNK bir qism nukleotid asoslari metillanishi natijasida modifikatsiyaga uchraydi. Yetilgan rRNK sitoplazmadan kelgan ribosoma oqsillari bilan yadroda ribosomaning kichik va katta subbirliklarini hosil qiladi.
Pre-tRNK ning protsessingi. Pre-tRNK xromosoma DNK sining turli joylarida hosil bo`ladi va yetilgan tRNK ga nisbatan taxminan 40 tacha ko`p nukleotid tutadi. Protsessingda ribonukleazalar yordamida tRNK dan ortiqcha nukleotidlar olib tashlanadi so`ngra tRNK asoslarining metillanishi amalga oshadi. Metillanish tRNK ning nukleazalar ishtirokida parchalanishdan saqlaydi. Oxirgi yetilgan tRNK maxsus uchta nukleotid (aktseptor zona) – SSA bilan maxsus RNKpolimeraza ishtirokida birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |