Moliya bozori” fanidan Yada savollari Oddiy va imtiyozli aksiyalar
Download 56.02 Kb.
|
MB 25-35
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar
- Aksiyalar bozori o‘ziga xos xususiyatlari.
Nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan divi-dendlarni jamgʻarib borish mumkin emas. Agar aksiyadorlik jamiyati nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashni eʼlon qilmagan boʻlsa, aksiyadorlar hech qanday kompensatsiya (aksiya uchun qoplamalar)siz dividendlarni yoʻqotadi.
Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar aniq bir turini oddiy aksiyalarga almashtirish yoki jamiyat ustavida belgilangan muddatda imtiyozli aksiyalar bir turini ularning egalari talabi bilan boshqa turiga almashtirishni nazarda tutadi. Bunday holatda, jamiyat ustavida konvertlanadigan imtiyozli aksiyalarni chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasigacha ushbu aksiyalarni almashtirish tartibi, shu jumladan, soni, qaysi aksiya turiga (kategoriyasi) almashtirilishi, almashtirish boshqa shartlari va boshqalar aniq belgilanishi lozim. Chiqarilgan birinchi konvertlana-digan imtiyozli aksiyalar joylashtirib boʻlgandan soʻng jamiyat ustavida tasdiqlangan nizom oʻzgartirilishi mumkin emas. Aksiyalar bozori o‘ziga xos xususiyatlari. Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisi-dagi qonunda belgilanishicha, aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik ja-miyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga boʻlinadi. Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyador yoki uning vakolatchisi ishtirok etishi mumkin. Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega: – ovoz berish huquqi yoki korporativ tuzilmani boshqarishda ishtirok etish. Oddiy aksiyalar egalariga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishlarida va korporativ tuzilma faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqini beradi; – korporativ tuzilma daromadlarida qatnashish yoki dividendlar olish huquqi. Dividend bu korporativ tuzilma daromadlarining qismi boʻlib, aksiyalar soniga qarab aksiyadolarga taqsimlanadi. Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar barcha soliqlar, kreditorlik majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha foizlar va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi; – yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi yangi emissiya qilingan aksiyalarni sotib olgan yangi aksiyadorlar oldida ularning ulushini himoya qilishdadir. Bunday huquq ayniqsa nazorat hamda yirik paket aksiyalar egalari uchun muhimdir. Ushbu huquqdan foydalangan holda aksiyadorlar oʻzlarining kompaniyadagi ulushi miqdorida aksiyalarni sotib olishlari mumkin. Huquq afzalligi yana yangi aksiyalar ochiq bozorga chiqmasidan oldin nominal yoki bozor bahosidan arzon narxda aksiyador tomonidan xarid qilinishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalar emissiyasi bilan birga imtiyozli aksiyalarni ham chiqarishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 25 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi. Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega emasliklari va buning uchun imtiyozli aksiya egalariga qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin. Aksiyadorlar – imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas. Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga bir xil huquqlar hajmini beradi va bir xil nominal qiymatga ega. Jamiyat ustavida jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalarning har bir turi boʻyicha toʻlanadigan dividend hajmi yoki qiymati belgilanishi kerak. Dividend hajmi va likvidatsion qiymat qatʼiy pul summada yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend hajmi va likvidatsion qiymat jamiyat ustavida boshqa shartlar orqali ham belgilanishi mumkin. Dividend hajmi belgilanmagan aksiya egalari oddiy aksiya egalari qatorida dividend olish huquqiga ega. Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning ikki yoki undan koʻp turini chiqarish nazarda tutilgan boʻlsa, har bir turi boʻyicha dividend toʻlovi va muddati ketma ketligi belgilanishi, agar ushbu aksiyalar boʻyicha likvidatsion qiymat belgilansa, har bir imtiyozliaksiyalarga toʻlanadigan likvidatsion qiymat toʻlanish navbati belgilanishi lozim. Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻa-rib borilishi va keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin. Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyador-larning umumiy yigʻilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan boshlab ega boʻladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar birinchi marta toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan eʼtiboran bekor qilinadi. Imtiyozli aksiyalar kumulyativ va nokumulyativ boʻlishi mumkin; konvertlanadigan va konvertlanmaydigan; daromadli (ular yana ishtirok huquqi mavjud aksiyalar deb ham nomlanadi) va muddati uzaytirilgan jamiyat foydasidan yuqori qatʼiy belgilangan dividendlar olish huquqini beruvchi; qaytariluvchi va qaytarilmaydigan; suzib yuruvchi kurs bilan belgilangan va boshqalar. Kumulyativ imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar boshqa turlari orasida keng tarqalgan aksiyalardir. Kumulyativ aksiyalar emissiya qilinayotganida jamiyat ustavida belgilanishi lozim boʻlgan ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan dividendlar miqdori jamgʻarilib boriladi va keyinchalik toʻlanadi. Emitent tomonidan ushbu aksiyalar boʻyicha navbatdagi toʻlanmagan dividendlarni toʻlov-ni amalga oshirmasligi majburiyatlarni buzganlik deb qaralmaydi. Kumulyativ imtiyozli aksiya egalari jamiyat umumiy yigʻilish-larida oʻz vakolati doirasida barcha masalalarda ovoz berish huquqi bilan kumulyativ aksiyalar boʻyicha toʻlanishi koʻzda tutilayotgan va bu masalaga doir qaror qabul qilish rejalashtirilgan kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish va qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega. Aksiyadorlar huquqi – kumulyativ imtiyozli aksiya egalarining aksiya-dorlar umumiy yigʻilishlarida qatnashish huquqi– ushbu aksiyalar boʻyicha jamgʻarilgan dividendlarning toʻliq toʻlovi amalga oshirilgan-dan soʻng tugatiladi. Emitent kumulyativ imtiyozli aksiyalarni chiqarayotganda ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlar akkumulyatsiya (jamgʻarish) muddatini qatʼiy belgilashi shart. Bunday muddatda ushbu aksiya turi boʻyicha dividendlar toʻlanmasdan, keyingi toʻlov muddatigacha yigʻilib boriladi. Download 56.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling