Moliya bozori” fanidan Yada savollari Oddiy va imtiyozli aksiyalar
Download 56.02 Kb.
|
MB 25-35
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar
- Aksiyalarni joylashtirish.
Nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan divi-dendlarni jamgʻarib borish mumkin emas. Agar aksiyadorlik jamiyati nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashni eʼlon qilmagan boʻlsa, aksiyadorlar hech qanday kompensatsiya (aksiya uchun qoplamalar)siz dividendlarni yoʻqotadi.
Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar aniq bir turini oddiy aksiyalarga almashtirish yoki jamiyat ustavida belgilangan muddatda imtiyozli aksiyalar bir turini ularning egalari talabi bilan boshqa turiga almashtirishni nazarda tutadi. Bunday holatda, jamiyat ustavida konvertlanadigan imtiyozli aksiyalarni chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasigacha ushbu aksiyalarni almashtirish tartibi, shu jumladan, soni, qaysi aksiya turiga (kategoriyasi) almashtirilishi, almashtirish boshqa shartlari va boshqalar aniq belgilanishi lozim. Chiqarilgan birinchi konvertlana-digan imtiyozli aksiyalar joylashtirib boʻlgandan soʻng jamiyat ustavida tasdiqlangan nizom oʻzgartirilishi mumkin emas. Aksiyalarni joylashtirish. Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish amaliyoti qisqacha IPO (ing. “Initial Public Offering”) deb yuritiladi. IPO emitent tomonidan aksiyalarni bozorda birlamchi ochiq obuna usulida joylashtirish bo‘lib, bu jarayon davomida ular investorlarning keng doirasiga kirib boradilar va fond birjasida erkin savdoni amalga oshiradilar. Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitent kompaniyaning aksiyalarini ochiq bozorda birinchi marta sotuvga chiqarishi tushuniladi. Shu yo‘l bilan kompaniya “yopiq”dan “ochiq”ga o‘zgaradi, ya’ni shu kompaniya aksiyalariga qiziqib qolgan investorlar ularni fond birjasida erkin sotib olishlari mumkin. Kompaniya qimmatli qog‘ozlarining birjada muomalaga chiqishi natijasida ularni erkin savdo-sotiq predmeti bo‘lishiga, likvidliligi oshishiga va ularning bozor bahosining maksimal o‘sishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitentkompaniyaning aksiyalarini ochiq bozorda birinchi marta sotuvga chiqarishitushuniladi. Shu yo‘l bilan kompaniya “yopiq”dan “ochiq”ga o‘zgaradi, ya’ni shukompaniya aksiyalariga qiziqib qolgan investorlarni fond birjasida erkin sotibolishlari mumkin. Kompaniya qimmatli qog‘ozlarining birjada muomalaga chiqishinatijasida ularni erkin savdo-sotiq predmeti bo‘lishiga, likvidliligi oshishiga vaularning bozor bahosining maksimal o‘sishiga olib keladi. IPO yordamidakompaniyada joriy xarajatlarni qoplashga va yirik loyihalarni amalga oshirishuchun uzoq muddatli tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoni tug‘iladi. IPOuchun talab qilinadigan jarayonlar va ularning amalga oshirilishi kompaniyaningshaffofligini oshiradi va uning moliyaviy holatini ob’ektiv baholash imkoniniberadi IPO jarayoni ko‘p bosqichli bo‘lib, uzoq vaqtni (bir necha yillarni) va yuqori miqdordagi moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Kompaniyaning ichki tayyorgarligidan va barcha zaruriy jarayonlardan o‘tishidan tashqari, IPOning amalga oshish vaqti iqtisodiyotning joriy holati bilan bog‘liqligini ham alohida ta’kidlash lozim. Chunki bozordagi nobarqaror holat kapitalni joylashtirish bo‘yicha risk darajasini keskin oshirishi va kutilayotgan kapitallashuv darajasiga erishish imkoniyatini pasaytirishi mumkin. Kompaniya o‘z ichki imkoniyatlarini tahlil qilgan holda IPO operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan keyin, tayyorgarlik jarayonini boshlaydi. Bu jarayon bir necha yillarni o‘z ichiga qamrab olgan to‘rtta bosqichni o‘zida aks ettiradi. Har bir bosqich haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz. Download 56.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling