Moliya bozori” fanidan Yada savollari Oddiy va imtiyozli aksiyalar


Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning iqtisodiy mohiyati va ularning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 56.02 Kb.
bet6/11
Sana18.12.2022
Hajmi56.02 Kb.
#1031773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MB 25-35

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning iqtisodiy mohiyati va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

Boʻsh turgan mablagʻlarni investitsiyalarga aylanishi moliya bozorida amalga oshirilar ekan, soʻnggi paytda uning tarkibida hosilaviy qimmatli qogʻozlar segmenti tobora asosiy oʻrinni egallab borayotganligini koʻrishimiz mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisi”dagi Qonunida hosilaviy qim-matli qogʻozlarga quyidagicha taʼrif berilgan: “Qimmatli qogʻoz-larning hosilalari – oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar”8dir. Ushbu bobda biz hosilaviy qimmatli qogʻozlar, ularning oʻziga hos xususiyatlari, qoʻllanilishi haqida fikr yuritamiz.


Shartnoma shartlarini bajarish muddatlari nuqtai nazaridan bozorlar spot bozori va muddatli bozorga ajratilar ekan, bunda spot bozori naqd shartnomalar bozori hisoblanadi. Spot bozorida bir vaqtning oʻzida qimmatli qogʻozlar keltiriladi va ular boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi. Turli davlatlarning qonunlarida kontragentlarning bitimlarni imzolagandan soʻng oʻzaro toʻlovlarni necha kunlarda amalga oshirishlari belgilab qoʻyilgan. Spot bozorida shakllanuvchi narxlar spot narxlar deyiladi.
Muddatli bozor esa shunday bozorki, unda muddatli shartnomalar amalga oshiriladi. Odatda hosilaviy qimmatli qogʻozlarni muddatli shartnomalar deb ham yuritiladi, negaki ular oʻz mazmuniga koʻra kontragentlar tomonidan kelishilgan shartlarda shartnoma predmetini kelajakda yetkazib berishni nazarda tutadi. Shartnomaning asosini turli xildagi aktivlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari, bank depozitlari, valyuta, tovarlar tashkil etadi. Muddatli shartnomaning asosini tashkil etuvchi aktiv bazis aktiv deyiladi.
Boshqacha qilib aytganda, hosilaviy qimmatli qogʻozlar – bu ikki yoki koʻp tomonlama shartnomalar boʻlib, ularning qiymati ushbu bitimlarning asosini tashkil etuvchi maʼlum bir aktiv miqdorining xosilasi asosida hisoblanadi. Bunday miqdor boʻlib, xomashyoning yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi, aksiya va obligatsiyalar kursi, valyuta kursi, fond indekslari, foiz stavkalari va boshqalar hisoblanishi mumkin.
Muddatli bozor ikkita muhim funksiyalarni, tadbirkorlarning kel-gusidagi rejalarini boshqalarniki bilan muvofiqlashtirish va iqtisodiy holat noaniqligida narx boʻyicha risklarni sugʻurtalash funksiyalarini bajaradi. Modomiki, hosilaviy qimmatli qogʻozlar moliyaviy risklarni kamaytirishda samarali usul hisoblanadi, ular moliyaviy institutlarga shartnomalar orqali risklarni xedjirlash imkonini beradi, buning natijasida esa risklar kamayadi yoki yoʻqoladi.9
Muddatli bozorda savdo qilinadigan instrumentlarning shakliga koʻra ularni quyidagi koʻrinishlarini ajratib koʻrsatishimiz mumkin:
- forvard shartnomalari;
- fyuchers shartnomalari;
- opsion shartnomalari;
- svoplar.



Download 56.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling