“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Baquvvat investitsiya optimizatsiyasi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
Baquvvat investitsiya optimizatsiyasi.Zamonaviy investitsiya teoriyalari
ta’siriga qaramasdan, Markowitz teoriyasidan deyarli 60 yil o‘tib ham aktivlar risk- qaytim optimizatsiyalari faqat bir nechta aktivlarga asoslangan menejment firmalar tomonidan amalga oshirilgan. Sonli uskunalarning Markowitz davridagidan ko‘ra ancha ko‘pligi va ularni toppish muammo emasligi hamda juda osonligiga qaramasdan hozirgi aktivlar menejerlari sonli investitsiya boshqarish shablonlarini ishlatishdan qochmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida esa, investitsiya menejerlari ushbu teoriyalarni praktikada qo‘llash ishonchsizligini keltirmoqda. O‘rtacha tafovut optimizatsiyalari kirimdagi o‘zgarishlarga juda ta’sirchan. O‘rtacha tafovut optimizatsiyalaridagi bu kirimlarga kutilgan qaytim, har bir aktiv tafovuti va har bir aktivlar juftligidagi o‘zaro tafovutlar kiradi. Bunda ushbu kattaliklarni baholash katta muammo hisoblanadi va noto‘g‘ri baholangan har bir kattalik investitsiya foydasiga ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda, o‘rtacha tafovut analizi orqali tanlangan optimal investitsiyaning ba’zi bir aktivlarida noto‘g‘ri katta chetlashishlar vujudga keladi. Bular ushbu teoriyani ishlatilmasligiga olib keladi emas, qaytanga, amaliyotda ishlatilganda hatolarni baholashdagi mustahkamlik, chidamlilik va baquvvatlikni tekshirishga moshlashtiriladi. Matematik va fizik fanlarni rivojlanishi moliyaga juda katta ta’sir o‘tkazdi. Ehtimollik nazariyasi, statistika, ekonometrika, va matematik analiz kabi matematika bo‘limlari zamonaviy moliya fanining rivojlanishi uchun kerakli uskuna va bilimlarni berdi. 1990-yillarda amalga oshirilgan ishonchli baholash va ishonchli optimizatsiyaga doir buyuk ishlar investitsiya menejmenti va optimizatsiyasi ishonchliligaga va mustahkamligiga, kerakligiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Xato mavzusida statistic baholash bu- baholash hatoligidir. Ishonchli baholash statistik baholash tehnikasi bo‘lib ma’lumot turlariga kam tasirchandir. Masalan, amaliy jihatdan ham bitta yoki bir nechtagina kichik qaytimlarni, 209 kapitalning umumiy qaytimiga ta’siriga katta ta’siri yoq hisoblanadi. Hozirgi kunda Baesian analiz va sog‘lom statistika aktivlar menejmentida yuqori o‘rinda turadi. Individual baholashdagi statistik aniqlik bu investitsiya ajratishdagi eng muhim ish hisoblanadi. Ushbu foyda sog‘lom investitsiya optimizatsiyasining muhim maqsadidir. Fe’l-atvor moliyasi va investitsiya nazariyasi Iqtisodiy modellar tuzilayotganda, moliyaviy iqtisodchilar moliya bozorida investitsiya qarorini qilaydigan insonlar fe’l-atvori to‘g‘risida tahminlar qilishadi. Ushbu tashkilotlarni biz iqtisodiy agentlar deb ataymiz.Boshqacha aytganda, ular iqtisodiy agentlar investitsiyasiga kiritaydigan aktivlarni tanlashda investitsiya tanlovlarini qanday amalga oshirishi to‘g‘risida tahminlar qilishadi. Moliyaviy iqtisodchilar tomonidan yaratilaydigan tanlash nazariyalarning asosida yotuvchi nazariya bu foyda teoriyasidir. Ushbu nazariyaning ishonchliligiga oid ko‘plab muammolar ham mavjud. John Maynard Kaynes kabi iqtisodchilar fikricha investorning psixologiyasi garovning narxiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu fikrni qo‘llavchilari 1970 yilning oxirlarida Daniel Kahneman va Amos Tverskiy iqtisodchi agentlarning mavhumlik sharoitida investitsiya qarorini qabul qilish harakati moliya-iqtisodchilari tomonidan formulalashtirilgan harakatlarga to‘g‘ri kelmasligini isbotlagandan keyin ko‘paydi. Bir necha eksperimentlarga asoslangan holda Kahneman va Tverskiy foyda nazariyasiga qarshi chiqishdi va o‘zlarining investor mavhumlik sharoitida qanday qaror chiqarishi to‘g‘risidan nazariyasini taqdim etdi va buni kelajak nazariyasi deb atadi. Kelajak nazariyasi mavhumlikda qaror qabul qilishga e’tiborini qarab, fe’l –atvorni evristika sifatida ifodalaydi. Birinchidan, individuallar mavjud investitsiyalarni qaysi biri bir xil va qaysilari turlicha ekanini aniqlaydilar. Keyin esa, individuallar bo‘lishi mumkin bo‘lgan natija va ehtimollikni barcha lgotalarni inobatga olgan holda baholaydilar. Kahneman va Tverskiylar ishining asosiy farqi shundaki, unga ko‘ra har bir alohida shaxs foyda va zarar borasida o‘zini tutishi turlichadir. O‘rtacha-tafovut nazariyasida esa tafovut e’tiborga olinardi, ya’ni foyda va zararlarni simmetrik qarashardi. Odatdagi moliya nazariyasiga psixologiya fanini misol keltirib qarshi chiqganlar, moliyada yangi belgilangan fan fe’l-atvor moliyasini yaratilishiga turtki berdilar. Fe’l atvor moliyasi fani psixologiyaning qanday qilib investor fikriga ta’sir va nafaqat investitsiya tanlash nazariyasi balki aktivni narhi borasidagi fikrlar kelib chiqishiga turtki berishini ham o‘rganadi. Fe’l - atvor moliyasining asosida quyidagi uchta fe’l atvor mavzulari yotadi: 1-mavzu. Investorlar investitsiya qarorini qilayotganda hatolarga yul qoyishadi, bunga sabab esa ular bir necha nazariyalarga bog‘lanib qolgan. 2-mavzu. Investitsiya qarori vaqtida investorlarga tuzilish va qiymat jihatdan ta’sir o‘tkazilgan. 3-mavzu.Moliya bozoridagi narxlarga hatolar va qaror na’munalari orqali ta’sir ko‘rsatilgan. Fe’l-atvor moliyasi1- mavzusi evristik tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Evristika tezkor sanash qoidalari bo‘lib, shaxslarga qaror qabul qilish muddatini 210 qisqartirishga undaydi. Masalan, nafaqani rejalashtirishda tezkor qaror qoidasi bu 10% umumiy foydani yig‘ish qaroridir.Kerakli darajadagi mablag‘ yig‘ilishi uchun investorning yoshi 100lar atrofida bo‘lishi kerak bo‘ladi va bu tezkor qarorni ko‘rsatib beradi.Masalan, 45-yoshli shaxs o‘zining nafaqa mablag‘laridagi pulini 55%ini obligatsiyalarga tikishi mumkin. Evristikaning juda yahshi ishlashidagi misollarga qaramasdan, psixologiya soxasidagi izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu nazariya bir qancha tizimli xatoliklarga olib keladi. Ushbu tizimli xatolar psixologlar tomonidan tushunilgan xatolar deyiladi.Moliya tilida esa, investitsiya qarori davridagi xatolar evristik - olg‘a surilgan xatolar deyiladi.Investitsiya tanlash nazariyasi bilan solishtirganda shu aniqki, barcha investorlar har bir risk darajasidagi optimal investitsiya tuzish uchun aktivning o‘rtacha qaytim qiymatini va ularning ehtimolligini baholaydi. Fe’l-atvor moliyasi 2- mavzusi ramkalash tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Bu tushuncha amaldagi holatni investorga qanday etkazish yullari bilan bog‘liq. Ushbu moliya bo‘limining nazariyotchilari fikricha ramkalangan investitsiya tanlovlari kutilgan qaytimni va riskni natijasini o‘zgartirib yuboradi va xato qaror qabul qilingan hisoblanadi. Fe’l atvor moliyasining 3- mavzusiga ko‘ra moliya bozorining hamma ishtirokchilari zehnli emas va shu sababli ko‘plab noto‘g‘ri baholashlar kuzatilishi mumkin. Ushbu zehnsizliklar yuqori tasdiqlash va ko‘pchilik fikriga ergashish kabi tushunilgan xatolarga asoslangan va aktivning bozordagi o‘rganilgan qiymati va haqiqiy qiymati borasida farq keltirib chiqaradi. Fe’l atvor nazariyasi moliyaning odatdagi nazariyalariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, ammo bu investorlarning nima uchun riskga nisbatan norozilik bo‘lgan holda tanlov amalga oshirishini tushuntirishga yordam beradi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling