Moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda moliyaviy oqimlarning mazmuni moxiyati


Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi va Jahonda moliyaviy oqimlar harakati holati


Download 0.69 Mb.
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1587753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jumayev Shodmon

4.Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi va Jahonda moliyaviy oqimlar harakati holati
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo‘g‘inlaridan iborat:
• davlat byudjeti tizimi;
• davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa – federatsiya a’zolarining krediti;
• maxsus fondlar;
• davlat korporatsiyalari moliyasi.
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog‘liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo‘g‘indan iborat:
davlat byudjeti;
• ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).
Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar o‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi.

Federativ davlatlarda byudjet tizimi bir nechta bo‘g‘inlardan tarkib topgan



davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti)



federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda - shtatlar byudjeti, Kanadada – provinsiyalar byudjeti, GFRda - yerlar byudjeti, Shveytsariyada – kantonlar byudjeti va h.k.)




mahalliy byudjetlar

4.8-chizma. Federativ davlatlarda byudjet tizimi13
Mahalliy byudjetlar o‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o‘z navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning yetakchi bo‘g‘inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o‘z-o‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning bu bo‘g‘ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo‘lgan qismi qayta taqsimlanadi. Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo‘lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham ko‘proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlari davlat byudjetiga biriktirilgan. Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo‘g‘inlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko‘pchiligining davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo‘lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o‘sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning ikkinchi bo‘g‘inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bo‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat.
Federatsiya a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi masala har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bo‘lsa, GFRda asosiy to‘g‘ri (bevosita) soliqlar bo‘yicha tushumlar – aholidan olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalardan olinadigan foyda solig‘i 50%:50% nisbatda federal byudjet va yerlarning byudjeti o‘rtasida bo‘linadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi bo‘g‘ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo‘lib, unga ko‘ra davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bo‘lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi.
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning salmog‘i mahalliy byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bo‘lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yo‘li bilan kerakli mablag‘larni oladi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bo‘g‘inlaridan yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yirik byudjetdan tashqari maxsus fondlarning orasida milliy sug‘urta fondlari alohida o‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona xodimlari va tadbirkorlarning sug‘urta badallari hamda davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug‘urta fondlarining mablag‘lari yosh, nogironlik va boquvchisini yo‘qotgan hollar bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bo‘yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda mablag‘larning asosiy qismi yosh bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga yo‘naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish haqi va to‘langan sug‘urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi.
Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935-yil qabul qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir o‘zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya ta’minoti tizimi doimiy band bo‘lgan yollanma xodimlar va o‘z-o‘zi bilan band bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Temir yo‘l tizimida, federal xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi.
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug‘urta fondi bo‘lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga kiradi.
Qarilik bo‘yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 yoshdan) boshlab to‘lanadi. Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug‘urta stajiga ega bo‘lmoq lozim, ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug‘urta badallarini to‘lash kerak.
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug‘urta qilingan shaxs tomonidan olingan ish haqining o‘rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni chegirgan holda). Pensiyaning o‘rtacha miqdori o‘rtacha maoshning 40% ini, past darajadagi daromadga ega bo‘lgan shaxslar uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu narsani rag‘batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishda indeksatsiya qilinadi. Pensionerning qaramog‘idagilar uchun qarilik pensiyasining 50% i miqdorida qo‘shimcha to‘lanadi.
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq-ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha miqdori past kvartira haqi kabi qo‘shimcha imtiyozlarga ega.
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo‘lsa-da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70%i qonunda ko‘zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi.
Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan Ispaniyada – 7,5%, Avstriyada – 14,8%, Fransiyada – 11,8%, GFRda – 10,8%, Buyuk Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.
Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliyaviy tizimning bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. O‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan o‘ta qoloq va raqobatga chidamsiz edi. Ularni modernizatsiya qilish va yangilash juda katta miqdordagi mablag‘larni talab etdiki, bu mablag‘lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq to‘lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg‘or bo‘lishiga qaramasdan, moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga ishlaydigan bo‘lib qolaverishdi. Davlat korxonalari moliyaviy holati og‘irligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining yurgizilayotganligidir.
O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron doiralarining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga ko‘ra ko‘pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi.
Davlat moliya tizimining asosini davlat byudjеti tashkil etadi. U jahonda bir tomondan, rеsurslarning hal qiluvchi qismini o‘zida jamlaydi, ikkinchi tomondan esa, barcha moliya bo‘g‘inlari va muassasalarining o‘zaro aloqadorligini ta'minlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Davlat byudjеti. Dеmak, davlat moliyasining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan soha davlat byudjеtidir. Davlat byudjеti mamlakat hududida davlatning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini moliyaviy ta'minlash jarayonida yuzaga kеluvchi byudjеt daromadlari va xarajatlari majmuidan iboratdir. Davlat byudjеtining zaruriyati davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kеlgan. Chunki, jamiyatdagi barcha uchun zarur, lеkin tijorat asosida tashkil qilinmaydigan ehtiyojlarni ta'minlash ma'lum bir mablag‘ni talab qiladi. Aynan shunday ehtiyojlarning mavjudligi davlat byudjеti zarurligining asosi bo‘lib hisoblanadi. Shu boisdan, davlat byudjеti iqtisodiyotning rivojlanishi va ijtimoiy sohaning barqarorligini ta'minlashning muhim instrumеnti bo‘lib qoladi.

Jahon moliya muhiti



Jahon valyuta tizmi





Xalqaro moliyaviy bozor

Xalqaro moliyaviy menjment



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling