Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish


Download 55.48 Kb.
bet35/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

38-modda. Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish chog‘ida:

turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;

turli darajadagi budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi;



Oldingi tahrirga qarang.

budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazadi;



(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat ko‘rsatuvchining) bevosita hisobvarag‘iga budjet mablag‘larini oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga oshiradi;



(38-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)

qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi;

budjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.




Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling