Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot


Download 55.48 Kb.
bet36/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

39-modda. Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot

Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi.



(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)

Tumanlarning, shuningdek respublika (Qoraqalpog‘iston), viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman budjetining hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tegishli budjetlarning hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqib ma’qullanganidan keyin bu hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

 LexUZ sharhi



Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ayirboshlash tartibi haqidagi nizom (ro‘yxat raqami 1914, 07.03.2009-y.).

Davlat soliq xizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni har oyda tegishli moliya organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamg‘armalariga mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash o‘tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o‘ninchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning o‘n beshinchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.

(39-moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuniga muvofiq to‘qqizinchi, o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlar bilan almashtirildi — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)

Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 1111, 14.03.2002-y.)ning 242—247-bandlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarga (ro‘yxat raqami 2270, 27.09.2011-y.)qarang.


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling