Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish


Download 55.48 Kb.
bet33/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

36-modda. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat budjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining xarajatlarini alohida moddalar bo‘yicha qisqartirish to‘g‘risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi.

Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni to‘g‘rilash maqsadida moliya yili mobaynida ularga tegishli budjetlardan budjet ssudalari ajratilishi mumkin. Budjet ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1052, 19.07.2001-y.)ga qarang.

Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni moliya yili mobaynida aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga uni moliya yili oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, budjet mablag‘larining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hisobiga qoplash mumkin.


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling