Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Qabul qilingan Davlat budjeti bo‘lmagan taqdirda budjetni ijro etish tartibi


Download 55.48 Kb.
bet30/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

33-modda. Qabul qilingan Davlat budjeti bo‘lmagan taqdirda budjetni ijro etish tartibi

Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan bo‘lsa, u holda Davlat budjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:



Oldingi tahrirga qarang.

boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda, ularni boshlangan moliya yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmagan xarajatlar summasiga aniqlashtirilgan holda, har oyda amalga oshiriladi”;



(33-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari har choraklik oyma-oy bo‘lingan muvaqqat xarajatlar smetasi va budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi;



(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni asosida uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)

avvalgi moliya yilida qilinmagan budjet xarajatlari amalga oshirilmaydi;

avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliq solish va majburiy to‘lovlar to‘lash tartibi Davlat budjeti qabul qilingunga qadar o‘z kuchini yo‘qotmaydi.

Davlat budjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili mobaynida qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiqlashtirilishi kerak.




Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling