Moliyaviy nazoratning mohiyati, zarurligi va tashkliy shakllari


Moliyaviy nazoratni amalga oshirish prinsiplari


Download 30,1 Kb.
bet4/6
Sana08.11.2023
Hajmi30,1 Kb.
#1755256
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOLIYAVIY NAZORATNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA TASHKLIY SHAKLLARI

4. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish prinsiplari.
Mamlakatlarning demokratik prinsiplarda rivojlanishi ijro etuvchi xokimiyat organlarining muhammal nazorat utkazishga va shunga muvofik ravishda professonal nazorat xizmatini sifatini ustirishga ehtiyoj sezdiradi. Boshqa tomondan, bozor rakobatini kuchayishi korxonalar uchun maxsus investitsion banklar, konsultatsion firmalar yollash hisobiga ichki moliyaviy nazorat usullarini kuchaytirishga majbur kiladi.
Jaxon hamjamiyati kup yillik tajribalari asosida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishning asosiy prinsiplarini ishlab chikdi.
Mazkur prinsiplar INTOSAIning LIMA deklaratsiyasidauz aksini topdi. Bunga mustakillik, obyektivlik, asoslilik va oshkoralik kabi universal prinsiplar kiritiladi.
Nazoratning mustakillik prinsipi nazorat kiluvchi organlarning moliyaviy, xukukiy mustakilligini ta’minlanishini kuzda tutiladi
Obyektivlik va asoslilik prinsiplarida amaldagi qonunchilikka nazoratchilarning suzsiz rioya qilishi, nazoratchilarningtaftish ishlarini amalga oshirish andozalari bo‘yicha ish faoliyatining yuqori proifessional darajalarda amalga oshirishi kuzda tutiladi.
Oshkoralik prinsipida davlat nazoratchilarini ijtimoiy va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy alokalarini kuzda tutiladi.
Mazkur asos prinsiplardan kuprok amaliy xarakter kasb etuvchi quyidagi prinsiplar ajralib chikadi:

  • natijaviylik;

  • nazorat subyektlarini sotilmaslik prinsipi;

  • axborotlarning asoslanganligi va isbotliligi;

  • moliyaviy jinoyati bo‘yicha gumon qilinayotgan shaxsning sudgacha aybsiz deb faraz qilinishi;

  • turli nazorat organlarining uzaro kelishuvchanligi.

Moliyaviy nazorat tizimlariga daxldor qonunlar kabul qilishdla davlatlar yuqoridagi prinsiplar hisobga olinishi lozim.Xar bir mamlakatda bulgani kabi Uzbekiston respublikasida ham nazorat faoliyati bo‘yicha qonunlar mavjuddir.
Davlat moliyaviy nazoratining asosiy usullari- kompleks taftish va mavzuli tekshirish hisoblanadi. Taftish va tekshirish utkazish uslublari nazoratchilar oldidagi aniq vazifalarga bog‘liqdir. Agar taftish moliyaviy operatsiyalarni qonuniyligi, tug‘riligi va tegishli moliyaviy axborotlar ishonchliligini nazorat qilishni kuzda tutsa, tekshirishning maqsadi moliyaviy resurslarni rejalashtirish va foydalanish jarayonlarining barcha bosqichlarida ularni boshqarish sifatini nazorat qilish, amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni samaradorligi va maqsadga muvofikligini baholash hisoblanadi.
1. Nazoratning natijaviyligi nafakat davlat nazoratchilarining professionallik darajasiga va mustakil auditorlarga bog‘liq balki, amalga oshiriladigan taftish va tekshirish ishlarining tartibiga bevosita bog‘liqdir. Kompleks taftish utkazishni umumiy kabul qilingan tartibi nazorat organlarining quyidagi bosqichma bosqich faoliyatini uz ichiga oladi:

  • tovar material qiymatliklarning mavjudligi va saklanganligini, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarimfabrikatlar, ofis va boshqa jixozlar, pul mablag‘lari va hisob kitoblarni inventarizatsiya qilish;

  • xujjatlarni tug‘ri rasmiylashtirilganligini ogzaki tekshirish(xujjat rekvizitlarini tug‘ri va tulik tuldirilganligi, xujjatlarni tekshirishda urnatilgan meyorlar muvofikligi, sifatsiz shakllantirilgan xujjatlarni aniqlash).

  • moliya-xujalik operatsiyalarini xujjatlarda tulik va tug‘ri aks ettirilishini tekshirish. Birlamchi yozuv bo‘yicha taksirovka(yigma miqdor kursatkichlarni tekshirish) va kontirovka(buxgalteriya hisobi korrespondensiyalarini tug‘riligini tekshirish) amalga oshiriladi. Hisob registrlarida, qayta ishlov jadvallarda, jurnal orderlarda, bosh daftarda va boshqalarda buxgalteriya yozuvlarinitug‘ri va tulik aks ettirilganligi tekshiriladi;

  • hisob kitob kursatkichlarini tug‘ri xisolanishini tekshiriladi(ish haqi, soliqlar, amortizatsiya summalari,zaxiralar, kreditlar uchun foizlar va boshqalar);

mamlakat qonunchiligida kursatib utilgan buxgalteriya,moliyaviy, soliq, statistik, sug‘urta, kredit va boshqa hisobolarni shakllantirishning tug‘riligi tekshiriladi.
Nazoratning boshqa shakllari masalan, xujjatli mavzuli tekshirish muvofik keluvchi maxhama, firma ma’muriyati tomonidan aniqlanadigan taribda amalga oshiriladi(ichki nazorat amalga oshirilganda).
2. Moliyaviy nazoratning natijaviyligi moliyaviy koidabuzarlik uchun joriy qilingan jarimalarga bevosita bog‘liqdir.
Jaxon amaliyotida moliyaviy nazoratni 2 asosiy modeli mavjuddir. Anglo-sakson modeli asosidagi moliyaviy nazorat utkazuvchi mamlakatlarda nazorat organlarining faoliyati utkazilgan tekshiruv(taftish) natijalari haqidagi hisobotlarni tayyolash bilan chegaralanadi. Moliyaviy koidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar haqidagi masalalar ma’muriy va sud organlarida kurib utiladi.
Fransuz modeli asosida ish yurituvchi mamlakatlarda esa moliyaviy nazoratni utkazishda nazorat organlari bir kancha sud funksiyalarini ham ijro etadilar ya’ni moliyaviy koidabuzarliklar bo‘yicha shaxsning aybdorlik darajasini aniqlash xukukiga, moliyaviy zararlarni koplashni talab qilish xukuklariga ega buladilar.



Download 30,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling