Moliyaviy nazoratning mohiyati, zarurligi va tashkliy shakllari


Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning shakllari va usullari


Download 30.1 Kb.
bet5/6
Sana08.11.2023
Hajmi30.1 Kb.
#1755256
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOLIYAVIY NAZORATNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA TASHKLIY SHAKLLARI

5.Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning shakllari va usullari.
Moliyaviy nazoratning shakllari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi:
Amalga oshirish tartibi bo‘yicha- majburiy(tashki), tashabbusli(ichki) nazorat;
Utkazish muddati bo‘yicha- dastlabki, joriy(operativ), sungi nazorat;
Nazorat subyektlari bo‘yicha- Prezident, xukumatning qonun chiqaruvchi va Mahalliy uz-uzini boshqaruv organlarining nazorati, moliya krdit organlarining nazorati, ichki firma va auditorlik nazorati.
Nazorat obyektlari bo‘yicha- budjet nazorati, budjetdan tashqari fondlar nazorati, soliq nazorati, valyuta nazorati, kredit nazorati, sug‘urta nazorati, investitsion nazorat, pul massasi ustidan nazorat.
Yuqorida kurib utilgan nazoratning shakllari bo‘yicha moliyaviy nazorat bir kator usullarda amalga oshiriladi. Nazorat utkazish usullari quyidagilardan ibortadir:
-tekshirish;
-tadkik qilish;
-nazorat;
-moliyaviy holatni taxlil qilish;
-kuzatish(monitoring);
-taftish.
Jismoniy va yuridik shaxslar moliyaviy faoliyati bo‘yicha majburiy nazorat mamlakatlarning qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bunday nazorat turlariga masalan quyidagilar kiritiladi, soliq tekshiruvchilari,budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish nazorati,korxonalar va tashkilotlar moliyaviy- buxgalterlik hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiklari bo‘yicha moliyaviy nazorat va boshqalar.
Tashabbusli(ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chikadi ammo taktik va strategik maqsadlarga erishish uchun moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi.
Dastlabki moliyaviy nazoratmoliyaviy operatsiyalar amalga oshirilgunga kadar utkaziladiva moliyaviy koidabuzarliklar buyitcha ogoxlantirishlarda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. U asosan mablag‘larni iqtisod kilmasdan va samarasiz sarflanishini oldini olish uchun qilinadigan xarajatlarni asoslanganligini moliyaviy baholashni kuzda tutadi. Bunday nazoratga misol sifatidamakrodarajada mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishini makroiqtisodiy kursatkichlari prognozi asosida turli darajadagi budjetlarni tuzish va tasdiklash, budjetdan tashqari fondlarni moliyaviy rejasini shakllantirish jarayonlarini kurib utishimiz mumkin. Mikrodarajada- moliyaviy reja va smeta, kredit va kassa buyuurtmalari, biznes rejaning moliyaviy bulimlari, prognoz balanslarni tuzish, va boshqalarni ishlab chiqish jarayonlaridir.
Joriy(operativ) moliyaviy nazorat pulli shartnomalar, moliyaviy operatsiyalar, ssudalar berishva subsidiyalar berish vaktlarining uzida amalga oshiriladi. Joriy moliyaviy nazorat mablag‘larni olish va xarajat qilishda bulishi mumkin bulgan suistemolchiliklardan ogoxlantiradi, moliyaviy intizomva pul hisob kitoblarni uz vaktida amalga oshirishga rioya qilishni muvofiklashtiradi. Bunda asosiy rolni buxgalterlik xizmati uynaydi.
Sungi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobotlar va buxgalterlik xujjatlarini taxlil va taftish qilish yuli bilan amalga oshiriladi. Sungi moliyaviy nazorat iqtisodiy subyektlarning moliyaviy faoliyati natijalarini, taklif qilingan moliyaviy strategiya samaradorligini baholash, moliyaviy xarajatlarni bashorat qilingan kursatkichlar bo‘yicha solishtirishni kuzda tutadi.
Hisobot xujjatlari asosidagi tekshirishni utkazish jarayonida moliyaviy faoliyatning aloxida masalalari kurib utiladi va aniqlangan koidabuzarliklarni bartaraf etish tadbirlari mulljallanadi.
Tadkik qilish tekshirishdan farkli ravishda iqtisodiy subyektning moliyaviy holati va rivojlanish istikbollari imkoniyatlarini aniqlash uchun uning moliyaviy-iqtisodiy kursatkichlarini keng spektrini hamrab oladi.
Doimiy nazorat u yoki bu moliyaviy faoliyat turlari uchun litsenziya olgan iqtisodiy subyektlarni nazorat kiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilib, urnatilgan koida va meyorlarga rioya qilishini nazorat qilishni kuzda tutadi. Masalan, markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyati ustidan nazorat utkaziladi.Meyorlarga rioya kilmaslik tanazzullik holatlariga olib keladi va mijozlar manfaatlari cheklab quyishi mumkin va natijada litsenziya olib quyilishi mumkin. Doimiy nazoratning umumiy nazoratdan farkli jihatlari u xar doim amalda buladi.
Xulosa
Moliyaviy holatni taxlil qilish moliyaviy nazoratning elementi sifatida iqtisodiy subyektlarning davriy va yillik moliyaviy buxgalteriya hisobotlarini uning moliyaviy faoliyati va likvidliligi, xususiy kapitallar bilan ta’minlanganligiva undan foydalanish samaradorligini umumiy baholash maqsadlarida batafsil urganishni kuzda tutadi.
Kuzatish(monitoring) kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlardan foydalanishi va mijozning moliyaviy holatini tekshirish maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazoratdir. 1999 yilda budjet resurslaridan maqsadli foydalanishni domiyi nazorat qilish maqsadida Uz.R. Moli Vazirligi tomonidan budjet monitoringini utkazish bo‘yicha karor kabul qilindi. Bu albatta budjetning resurslarining maqsadga muvofik foydalanishni doimiy nazorat qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Taftish-moliyaviy nazoratning eng chukur va xar tomonlama hamrab oluvchi usuli hisoblanadi. Bu usu iqtisodiy subyektning moliyaviy –xujalik faoliyatini qonuniyligi,tug‘riligi,maqsadga muvofikligi, samaradorligini tulik tadkik qilish hisoblanadi.
Taftish quyidagicha bulishi mumkin:
-tulik va qisman taftish;
-kompleks va mavzuli;
-rejali va rejadan tashqari.
Taftish boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan buysinuvchi korxonalarda utkaziladi hamda turli davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Taftish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur bayonnoma asosida koidabuzarlik holatlari, moddiy zararlar bo‘yicha kuriladigan choralarga asos bulib xizmat kiladi.

Download 30.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling