Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Keksalarda ko’z gavhari do’ngligining kamayishi tufayli


Download 297.44 Kb.
bet152/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Gipermetropiya keksalarda qanday yuzaga keladi?Keksalarda ko’z gavhari do’ngligining kamayishi tufayli.

Daltonizm nima? Ranglarni ajrata olmaslik kasalligi.

Daltonizm kasalligi qanday vujudga keladi? Ba’zi odamlarda kolbachasimon retseptorlarning funksiyasi tug`ma buzilishi tufayli yashil, qizil va boshqa ranglarni sezish qobilyati buzilishi oqibatida.

Ko`pincha erkaklarda uchrab, irsiy o`tadigan kasallik? Daltonizim.

O`quvchi yozganda, kitob o`qiganda kitob ko`zdan qancha uzoqlikda turishi kerak? 40 sm.

Bolalar ko`zining sezuvchanligini oshirish uchun nimalar qilish kerak?Bolalarga yoshligidan har xil rangdagi o`yinchoqlarni, rasmlarni ko’rsatib, ularning rangini aniqlashga o`rgatib borish kerak.

Ko`z qobilyatini me’yorida saqlanishi uchun qanday gigiyena qoidalariga amal qilish kerak? – Yorug`likning yetarli (100 -150 luks) bo`lishi.

- yorug`likni chap tomondan tushishi. – o`qish, yoshi, chizish mahsulotlarida har 15 minutda ko`zga 15 daqiqa dam berib derazadan uzoqqa qarash. – kundalik ovqat tarkibida A vitaminga boy taomlar (jigar, sariyog`, sabzi, qovoq) muntazam iste’mol qilish. – Avtobus, tramvay, metro, poyezd va boshqa trasport vositalarida ketayotganida kitob yoki jurnal o`qimaslik kerak, chunki bunday vaqtda qo’ldagi kitob yoki jurnal qimirlab, ko`z gavhari shaklining uzliksiz o`zgarib turishiga sabab bo`ladi va ko`zni toliqtirib uning xiralanib qolishiga sabab bo`ladi. –ko’zni quyosh nuridan,yonib turgan olov shu’lasidan,changdan va shunga o’xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish.-zararli bo’lgan odat chekish,spirtli ichimliklar ichish,giyohvandlik ko’zning turli kasalliklari yuzaga keladi.

Ko’zni chiniqtirish uchun qanday chora tadbirlar ko’rish kerak?Bolalar yoshligidan boshlab tennis,basketbol,futbol,suzish kabi sport turlari b.n shug’ullanib borish kerak.

Ko’rish o’tkirligi normada nechaga teng?1ga.

Galavin jadvalida har qaysi qator necha birlikka kamayib boradi?0,1 birlikka.

Ko’rish o’tkirligini aniqlash qancha masofa oralig’ida tekshiriladi?5m

Quloq qayerda joylashgan?Bosh suyagining chakka qismida.

Quloq necha qismdan iborat?3qism:tashqi,o’rta va ichki qismdan.

Tashqi quloq nimalardan iborat?Quloq suprasi va eshitish yo’lidan iborat.

Nog’ora parda qayerda joylashgan?Tashqi quloq yo’lining oxirida,tashqi quloq yo’lini o’rta quloq bo’shlig’idan ajratib turadi.

Nog’ora parda qaysi to’qima tarkibiga kiradi va qalinligi?Biriktiruvchi to’qima,0.1mm.

O’rta quloq nima orqali burun halqum b.n tutashib turadi?Yevstaxiy naychasi.

Eshitish suyakchalariga qaysilar kiradi va ular qayerda joylashgan?Bolg’acha,sandon,uzangi,o’rta quloqda.

Eshitish suyakchalari qanday funksiyani bajaradi?Tovush to’lqinlari ta’sirida nog’ora pardada hosil bo’lgan tebranishni ichki quloqqa o’tkazadi.

Ichki quloq nimalardan iborat?Bo’shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan.

Perilimfa suyuqligi qayerda joylashgan?Suyak labirinti va parda labirinti orasidagi torgina bo’shliqda.

Parda labirinti ichida qanday suyuqlik bo’ladi?Endolimfa suyuqligi.

Tovushni sezuvchi hujayralar ya’ni eshitish retseptorlari qayerda joylashgan?Suyak labirintidagi chig’anoq ichida.

Odam tanasining fazodagi muvozanatini taminlovchianalizatorlar nima deb ataladi?Vestibular analizator.

Vestibular analizator retseptorlari qayerda joylashgan?Suyak labirintining dahliz va yarim doira kanalchalari deb ataluvchi xaltasimon tuzilmalarida.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling