Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet155/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Erkak va ayol jinsiy hujayralarining har birida nechtadan xromasoma bo’ladi va nechtasi ota-ona organizmining irsiy belgilari bolaga o’tadi?23;22 tasi.

Erkak va ayol jinsiy hujayralarida qancha gen bo’ladi?100 ming atrofida.

Yangi organizmning har xil tuzilishi va funksional birligi nimaga bog’liq?Erkak va ayol jinsiy hujayralarining geniga.

Bunyod bo’lgan bolaning jinsi ayol va erkak bo’lishi jinsiy hujayralarning nechanchisiga bog’liq?23 nchi xromosomasiga.

Ona organizmida qachon qiz bola dunyoga keladi?Ayol jinsiy hujayralarida 23nchi xromosoma iks-iks(xx)bo’lib,erkak jinsiy hujayralarida 23nchi xromosoma iks-igrik(xy)bo’ladi.Erkak hujayrasining iks(x) xromosomasi ayol hujayrasi b.n qo’shilganda.

Ona organizmidan qachon o’g’il bola dunyoga keladi?Erkak hujayrasining 23nchi xromosomasi igrik(Y) xromosomali spermatozoid ayol jinsiy hujayrasi b.n qo’shilganda.

Tuxum hujayra urug’langach necha kun davomida bachadonga tushadi?1 hafta davomida.

Homila bachadon devoriga nima orqali birikadi va oziqlanadi?Yo’ldosh orqali.

Yo’ldosh nima?Qon tomirlarga boy bo’lgan maxsus hujayralar birikmasi.

Yo’ldosh qanday vazifani bajadi?Homilani oziqlantirish b.n birga uni ona organizmidagi zararli kimyoviy moddalar,mikroblar ta’siridan ma’lum darajada himoya qiladi.

amnion nima?Homila ustini o’rab turuvchi yupqa parda.

Amnion suyuqligi qayerda bo’ladi?Homila va uning ustini o’rab turgan parda bo’shlig’ida.

Embrionning rivojlanishida amnion suyuqligi qanday o’rin tutadi?Bu suyuqlik homila organizmida moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishida,uning erkin harakatlanishida va tashqi noqulay ta’sirlardan himoyalanishida muhim o’rin tutadi.

Yangi paydo bo’lgan organizm(homila) 1hafta davomida va 2nchi haftadan boshlab qayerda rivojlanadi?Tuxum yo’lida va bachadonda.

Homila bachadonda qancha vaqt rivojlanadi?9 oy.

Homila qavatlari qachon hosil bo’ladi?Homila vujudga kelganing 3 haftasida.

Homila qavatlari nech qismga ajratiladi va qanday nomlanadi?3qavat:tashqi qavat-ektoderma,ichki qavat-endoderma,o’rta qavat-mezoderma.

Homilaning har bir qavatidan nimalar shakllanadi?Har xil to’qima va organlari.

Odam tug’ilgandan to 18 yoshga kirguncha qanday davr hisoblanadi?Bolalik va o’smirlik davri.

Bolalik va o’smirlik davri qanday davrlarga bo’linadi?Chaqaloqlik davri(tug’ilgandan-1 oylikkacha);emadigan davri(ikki oylikdan-1 yoshgacha);maktabgacha tarbiya yoshi(2-6 yosh);kichik maktab yoshi(7-11 yosh);o’rta maktab yoshi(12-14 yosh);katta maktab yoshi(15-18yosh).

O’smirlik davri necha yoshlarni o’z ichiga oladi?12-18 yosh.

Bolaning ona qornidalik davrida qaysi a’zolari ishlamay turadi?Nafas olish,kichik qon aylanish,hazm qilish va nutq a’zolari.

Bolaning kindigi necha kunda bitadi?8-12 kunda.

Bolani har necha soatda va 1 sutkada necha marta emizish kerak?3;7marta,kechasi 6 soat tanaffus qilinadi.

1 oylik bolada qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Ko’rish organing faoliyati yaqqol kuzatiladi,u o’yinchoq qimirlagan tomonga ko’z soqqasini harakatlantiradi.

Qachon bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi,kuladi,qo’li b.n o’yinchoqqa talpinadi,boshini tik tuta boshlaydi?3 oylik paytida.

Qachondan boshlab bola o’z yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi va qiyqiradi?5 oylikpaytida.

7 oylik bola qanday harakatlarni bajara oladi?Bemalol o’tiradi va emaklaydi.

8 oylik bola uchun xos belgi va xususiyatlarni ayting?Buyumlarni ushlab o’rnidan tura boshlaydi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling