Quloq suprasi qanday funksiyani bajaradi?Tovush to’lqinlarini to’plash va uni quloqning tashqi yo’liga yo’naltirish.
Eshitishning amalga oshishini tartib b.n sanang?Tashqi quloq yo’li-nog’ora parda-eshitish suyakchalari-ichki quloq(chig’anoq va yarim doira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklari)-eshitish nervi-miya ko’prigi-o’rta miyadagi po’stloqosti eshitish markazi-bosh miya yarimsharlari po’stlog’ining chakka qismidagi oliy eshitish markazi.
Eshitish organi gigiyenasi nimalardan iborat?jamoat joylarda tinchlikni saqlash,2-3 qavat bint yupqa sochiq uchini namlab,tashqi quloq yo’lini har 2-3 kunda artib tozalash,burun og’iz tomoqni shamollashdan ehtiyot qilish.
Muvozanat organi deb nimaga aytiladi?Vestibular analizator.
Agar yoshligidan boshlab odamning vestibular analizatori yaxshi chiniqtirilmasa qanday oqibatlarga olib keladi?Uning ishi ma’lum darajada pasayadi,mototsiklda,avtomashinada,tez yugurganda,karuselda aylanganda,har xil transport vositasida yurganda bosh aylanadi,ko’ngil ayniydi,yuragi tez urib,rangi oqaradi,ba’zida hatto hushini yo’qotishi mumkin.
Muvozanat organing ishi qanday boshqariladi?Retseptorlar qo’zg’alishi vestibular nervga o’tib,miya ko’prigidagi po’stloqosti muvozanat markaziga,undan miyachaga va bosh miya yarim sharlari po’stlog’idagi muvozanat markaziga boradi.
Odamda harakat tezligi qancha yuqori bo’lsa….?Retseptorlar shunchalik kuchli qo’zg’aladi.
Muvozanat organining funksiyasi qachon buziladi?Bu a’zolarning yoshligidan chiniqtirilmaganligi,shikastlanishi va har xil kasallik tufayli.
Vestibular analizatorlarni chiniqtirish uchun qanday chora tadbirlar ko’riladi?Bolani beshikda va belanchakda tebratish so’ngra velosipetda yurishni mashq qildirish,karuselda aylanish,suvda suzish,yugurish,sakrash,gimnastika mashqlari va sport o’yinlari b.n shug’ullanish,raqsga tushish kabi chora tadbirlar ko’riladi.
Odamning barcha harakatlari qanday amalga oshadi?Tananing ko`ndalang yo`lli muskullari,paylari va bo`g`imlari orqali.
Harakat markazi qayerda joylashgan?Bosh miya yarim sharlari po`stlog`ining oldingi markaziy pushtasida.
Proprioretseptorlar bu … ?Muskul,pay va po`g`imlardagi retseptorlar.
Muskul qisqarganda qaysi retseptorlar qo`zg`aladi?Paydagi retseptorlar.
Muskullar bo’shashganda qaysi retseptorlar qo’zg’aladi?Muskul tolasi orasidagi retseptorlar.
Harakat qanday amalga oshadi?Muskul qisqarganda va bo’shashganda paydo bo’lgan qo’zg’alish sezuvchi nerv tolasi orqali bosh miyaning harakat markaziga boradi.Qo’zg’lish harakat markazida analiz sentez qilingach tananing u yoki bu qismida harakat bajariladi.
Muskul va paylardagi sezuvchanlikni chuqur o’rgangan olim?I.M.Sechenov.
I.M Sechenov muskul va paylardagi sezuvchanlikni qanday atagan?Qorong’i va yashirin sezgi.
Muskul va bo’g’imlardagi sezuvchanlik qachondan boshlab takomillashadi?Bolaning o’sishi,rivojlanish jarayonidan boshlab.
Tanada necha xil retseptorlar bor?3xil:Og’riqni,haroratni,siypalash va bosimni sezuvchi(taktil)retseptorlar.
Terida qancha og’riqni sezuvchi retseptorlar bor?1mln
Og’riqni sezuvchi retseptorlar qanday funksiyani bajaradi?Himoya.
”Hamma xavf-xatarda o’g’riq odamning eng ishonchli qo’riqchisidir,u doim ehtiyot bo’ling,hayotingizni asrab-avaylang deb uqtiradi”bu jumla kimga tegishli?Volter.
Issiqni va bosimni sezuvchi retseptorlar terining qaysi qismida joylashgan?Gipoderma.
Odam qanday qilib o’griqni sezadi?Og’riqni sezuvchi retseptorlarning qo’zg’alishi sezuvchi nerv tolasi orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga,ulardan oraliq miyadagi po’stloq osti markaziga va yarim sharlar po’slog’ining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi.Markazdagi nerv hujayralaridagi ta’sir analiz sintez qilinib og’riqning tabiati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |