Terining epidermis qavatida qanday retseptorlar joylashgan?Og’riqni va siypalashni sezuvchi retseptorlar.
Terining derma qavatida qanday retseptor joylashgan?Sovuqni sezuvchi retseptor.
Teridagi haroratni sezuvchi retseptorlar soni qancha va ulardan qanchasi sovuqni qanchasi issiqni sezadi?300.ming atrofida,30 mingtasi sovuqni,270 mingtasi issiqni sezadi.
Teridagi retseptorlarning muhim xossalaridan biri?Tashqi muhit ta’sirlariga moslanish.
Teridagi qaysi retseptorlar bir xil bo’ladi?Qichishishni va og’riqni sezuvchi.
Hid bilish retseptorlari qayerda joylashgan?Burun bo’shlig’ining shilliq pardasida.
Hid bilish analizatori qaysi kasb egalarida yaxshi rivojlangan?Upa-ilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona xodimlarida va oshpazlarda.
Hid bilish analizatorini ketma-ketlikda sanang?Hid bilish retseptorlari,hid bilish nervi,bosh miyada joylashgan hid bilish markazi(bosh miya po’stlog’i chekka qisminig oldingi yuqori sohasida).
Hid bilish analizatorining buzilishiga nimalar sabab bo’ladi?Burun shilliq pardasining tez-tez yallig’lanishi(tumov bo’lishi) va uni o’z vaqtida davolatmaslik.
Ta’m bilish retseptorlari qayerda joylashgan?Til so’rg’ichlarida,yumshoq tanglay va tomoq shilliq pardasida hamda tomoqdagi bodomsimon bezlarning ustki qavatida.
Odam necha xil ta’mni ajratish qobiliyatiga ega?4xil:Sho’r,nordon,achchiq va shirinni.
Tilning yon qismi qanday ta’mlarni sezadi?Sho’r va nordon.
Til uchidagi retseptorlar qanday ta’mni sezadi?Shirinni.
Tilning qaysi qismidagi retseptorlar achchiq ta’mni sezadi?Orqa qismidagi retseptorlar.
Visseroretseptorlar qaysi organlarda joylashgan?O’pka,yurak,oshqozon,ichak,jigar,taloq,buyrak,siydik pufagi hamda qon tomirlar devorida.
Visseroretseptorlar qanday ta’sirlar natijasida qo’zg’aladi?Mazkur organlarda sodir bo’ladigan mexanik,kimyoviy,harorat va bosim o’zgarishlari ta’sirida qo’zg’aladi.
Ko’payish bu…?Organizmning avlod qoldirish xususiyati.
Yangi organizm qanday hosil bo’ladi?Ayol organizmida tuxum hujayra(ovotsit) erkak organizmida urug’ hujayra(spermatozoid)hosil bo’ladi.Ushbu jinsiy hujayralarning yadrosida xromasomalarning toq(gaploid)to’plami mavjud.2xil jinsiy hujayraning qo’shilishi natijasida.
Jinsiy ko’payishning jinssiz ko’payishdan afzalligi nimada?Jinsiy ko’payish irsiy xilma-xillikka olib keladi.
Nima uchun hosil bo’lgan avlodlar bir-biridan va ota-onasidan farq qiladi?2ta organizmning irsiy moddasi(genomi)qo’shilgani uchun.
Erkaklik jinsiy organlariga nimalar kiradi?Moyak va uning ortig’i,urug’ yo’li,urug’ pufakchasi,prostada bezi.
Erkaklik jinsiy beziga…kiradi?1 juft moyaklar.
Erkaklik jinsiy bezlaridan nimalar ishlab chiqariladi?Jinsiy hujayralar-spermatozoidlar va jinsiy garmonlar-testosteron(androsteron).
Ayollar jinsiy organlariga nimalar kiradi?Tuxumdon,tuxum yo’li,(bachadon nayi) bachadon va qin kiradi.
Ayol jinsiy beziga…kiradi?1juft tuxumdon.
Ayollarning jinsiy bezidan nimalar ishlab chiqariladi?Jinsiy hujayralar(tuxum hujayralar) va jinsiy garmonlar-esterogen,pregesteron,esteron,estereol,estradiol.
Tuxumdonning po’stloq qismida nimalar joylashgan?Ko’plab yosh jinsiy hujayralar.
Hayz ko’rish nima?Urug’lanmagan tuxum hujayra bachadonga o’tib yorilib, qin orqali tashqariga chiqib ketadi va hayz ko’rish yuzaga keladi?
Odamning hayoti qachondan boshlanadi?Ona organizmida 2ta jinsiy hujayraning ya’ni tuxum hujayra b.n spermatozoidning qo’shilishidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |