Morfologiya yunoncha morfos


Download 171.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana08.02.2023
Hajmi171.48 Kb.
#1176753
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5204357570738782696

Joy nomlari imlosi: 
Mamlakat, o
’lka nomlari qo’shma so’z shaklida bo’lganda, tarkibidagi har bir so’z bosh harf 
bilan yoziladi: Markaziy Osiyo, Uzoq Sharq, Lotin Amirakasi 
Tarkibida bo
’yi, orti, oldi so’zlari ishtirok etgan joy nomlari qo’shib yoziladi: Boltiqbo’yi, 
Kavkazorti
Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar hamda tashkilotlarga atab qo
’yilgan nomlar qo’shtirnoq 
ichida yoziladi, ammo shahar, kinoteatr, jamoa xo
’jaligi kishilar nomiga qo’yilgan bo’lsa, 
qo
’shtirnoq ishlatilmaydi. Ularda nomidagi, nomli so’zlari qo’llaniladi.


Ko
’pchilik atoqli otlar turdosh otdan yoki boshqa biron so;z turkumidan vujudga keladi: 
Po
’lat, Bahri, Juma, (ot); Go’zal, Ulug’, O’tkir, Lobar (sifat); Oltivoy, Sakson ota (son); 
Kimsan (Olmosh); Mardona (ravish); Sotiboldi, To
’xtasin, Tursun (fe’l)  
Ba
’zan atoqli otlar turdosh otga o’tishi mumkin: amper, xosiyatxon, rentgen, makintosh (kiyim 
turi) 
Otlarning lug
’aviy shakllari
 
Otlar ismlar guruhiga kiradi. Ismlarning ko
’plik , kichraytirish-erkalash, qiyoslash 
ma
’nolarini ifodalaydigan shakllari lug’aviy shakl deb yuritiladi: gullar. Kitobcha, yoshday…. 
Otlarning birlik va ko
’plikda qo’llanilishi (son shakllari) 
Otlar birlik va ko
’plik sonda keladi. Otlar ko’plikda -lar qo’shimchasi bilan ifodalansa
morfologik usul hisoblanadi: bolalar, gullar, kitoblar 
Ko
’plik ma’nosi qo’shimchasiz maxsus so’zlar yordamida ifodalansa leksik usul hisoblanadi:
bir qancha odam, ko
’p uylar, beshta kitob, o’nta qalam 
Ba
’zan bu usullar aralash qo’llanishi mumkin(leksik - morfologik usul
Ko
’p ota-onalar kelishdi. Bir qancha gullar ochildi. 
Harakat- holat, belgi nomini bildirgan otlar, donalab sanalmaydigan narsa va jism nomlari,juft 
va atoqli otlar, insonning yakka a
’zolari nomlari faqat birlikda qo’llanadi: un, bosh, ko’z, orzu, 
Urganch 
-lar qo
’shimchasi ko’plik ma’nosidan tashqari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 
1) narsalarning turini, xilini, navini: yog
’lar, suvlar, unlar 
2) jamlikni: farhodlar kelishdi. 
3) hurmatni: dadamlar, buvimlar, oyimlar 
4) kinoyani: o
’zlari tashrif buyuribdilar-da 
5) kuchaytirishni: boshlarim og
’ridi, orzularim ko’p 
6) taxminni: soat 5 larda keladi. Kechqurunlari bo
’shman. 
-lar qo'shimchasi fe'lga qo'shilsa tuslovchi qo'shimcha bo'ladi. keldilar (3-shaxs, ko
’plik)
Otlarda qarashlilik shakli. Bu shakl 
–niki qo’shimchasi bilan yasaladi va narsa yoki 
shaxsning shu qo
’shimcha olgan narsa yoki shaxsga tegishli ekanligini bildiradi.bu shaklning 
egalik qo
’shimchalaridan farqi egalik shaxs ko’rsata oladi qarashlilikesa ko’rsata olmaydi. 
Bu shakllar bir otga baravar qo
’shilishi mumkin: daftar do’stimniki. Qarashlilik 
shaklidagi so
’z qarashli bo’lgan so’z bilan birga qo’llansa, doim kesim vazifasida keladi. 

Download 171.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling