Morfologiya yunoncha morfos
Ismlarning munosabat shakllari
Download 171.48 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5204357570738782696
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh kelishik shakli.
Ismlarning munosabat shakllari
Ismlarning kelishik , egalik , - man, - san, - dir qo ’shimchalariga ega bo’lgan shakli munosabat shakllari sanaladi . Kelishik shakllari Ismlarni boshqa so ’zlarga tobelantirib bog’lashga xizmat qiluvchi qo’shimchalar kelishik shakllari deyiladi. Kelishik shakllari doimo tobe so ’zga qo’shiladi. O ’zbek tilida oltita kelishik mavjud bo’lib, ularning har qaysisining o’z nomi va shakli bor . Ismlarning egalik qo ’shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo’shimchalari bilan o ’zgarishi turlanish deyiladi . Bosh kelishik shakli. Ismlarning bosh kelishik shakli maxsus qo ’shimchaga ega emas . Bu shakl kim ? nima ? qayer ? so ’roqlarining biriga javob bo’ladi va gapda ko’pincha ega , ot- kesim undalma vazifalarida keladi. Masalan: 1. O ’zbekistonning poytaxti – Toshkent. 2. Men 6-sinf o ’quvchisiman. 3. Toshkent, munchalar go’zal! Qaratqich kelishigi shakli . Qaratqich kelishigidagi so ’z qaratqich,u bog’lanib kelgan so’z esa qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganida ko ’p hollarda qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin. Lekin qaratqich va qaralmish o ’rtasida boshqa so’z qo’shilsa, qaratqich qo ’shimchasi tiklanadi. Masalan: Maktabimizning katta bog’i . Shuningdek,qaratqich kelishigi atoqli ot, olmosh, harakat nomi, sifatdosh va otlashgan so ’zlarga qo’shilsa, tushib qolmaydi . Tushum kelishigi shakli. Tushum kelishigini olgan so ’z doim o’timli fe’lga bog’lanadi. Tushum kelishigidagi so ’z gapda doim vositasiz to’ldiruvchi vazifasida keladi. Bu kelishik fe’l bilan yonma-yon turganda, tushum kelishigi qo ’shimchasi tushib qolishi mumkin . bunda u belgisiz qo ’llangan bo’ladi. Masalan: gulni uzdi — gul uzdi Tushum kelishigidagi so ’z bilan o’timli fe’l orasiga boshqa so’z qo’shilsa yoki bu kelishik atoqli ot, olmosh, harakat nomi, sifatdosh, otlashgan so ’zlarga qo’shilsa, tushum kelishigi qo ’shimchasi tushib qolmaydi. Demak, egalik qo ’shimchasini olgan ismlarga bog’langan so’z qaratqich kelishigi shaklida, o ’timli fe’llarga bog’langan so’z tushum kelishigi shaklida bo’ladi . Download 171.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling