Morfologiya yunoncha morfos
Download 171.48 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5204357570738782696
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Faoliyat-jarayon otlari.
- 1. Aniq otlar
2. Narsa otlari. nima? so
’rog’iga javob bo’lib jonli va jonsiz narsalarning nomlarini bildiradigan otlardir. Masalan: gul, kitob, tosh, mushuk, qush, ilon, olma, nok. 3. O ’rin joy otlari. qayer? so’rog’iga javob bo’lib o’rin joy ma’nosini bildiruvchi otlardir. Masalan: qishloq, ko ’cha, shahar, bostirma, pistirma, tortma, maktab. 4. Faoliyat-jarayon otlari. Shaxs va narsalarning faoliyat-jarayonini nomlovchi otlardir. Masalan: ezmalik, terim, g ’allachilik, serobgarchilik, unum, chopiq. Turdosh otlar qanday tushunchani ifodalashiga ko ’ra 2 xil: 1. Aniq otlar sezgi a ’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lgan narsalarni bildirgan otlardir: Masalan: kitob, havo, tovush, gul, bulut, tosh, ko ’cha, maydon. 2. Mavhum otlar sezgi a ’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lmagan tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlardir: dev, go ’zallik, xayol, pari, ishq, armon, umid, orzu, sog ’lik, omad Mavhum otlarga ko ’plik qo’shimchasi qo’shilsa, ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi. Turdosh otlar birlik shaklida ko ’plik ma’nosini ifodalash-ifodalamasligiga ko’ra 2 xil bo ’ladi: yakka otlar birlik shaklida yakka predmetlarni ifodalaydi: gul, qalam, bola, ko ’cha, qush. jamlovchi(to ’da) otlar birlik shaklda ham ko’plikni ifodalaydi: xalq, armiya, oila, omma, jamiyat. Atoqli otlar va ularning turlari. Biror shaxs narsa yoki joyga atab qo ’yilgan nomlar atoqli otlar sanaldi. Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga ko ’ra bir necha guruhga bo’linadi: 1. Shaxs va ularga qo ’yilgan nomlar antroponimlar: Salim, Vali, Guli, Ahmad va boshqalar. 2. Geografik joy nomlari toponimlar(lot. Topos – qishloq shahar, maydon, ko’cha, onuma - nom) : Xiva, Qarshi, Obi hayot ko ’chasi, Afrika 3. Hayvon nomlar va ularga atab qo ’yilgan nomlar zoonimlar: Olapar, To’rtko’z, Boychibor, G ’irot. 4. Suv havzalar inshootlari va ularga atab qo ’yilgan nomlar gidronimlar (lot. Gidro – daryo, suv, onuma- nom): Orol dengizi, Baykal ko ’li, Amudaryo, Shovot kanali. Download 171.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling