Mт1 Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash usullari


MТ11 Poliz mahsulotlarini qayta ishlashda innavatsion texnologiyalar


Download 286.99 Kb.
bet20/46
Sana16.11.2023
Hajmi286.99 Kb.
#1781101
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
Behruzbek[1]

MТ11 Poliz mahsulotlarini qayta ishlashda innavatsion texnologiyalar
. қовунни сақлаш технологияси.
Ўзбекистонда ёз фаслида полиз маҳсулотлари энг кўп истеъмол қилинадиган маҳсулот турлари ҳисобланади.
Айниқса, ёзнинг иссиқ кунларида ҳар бир оила полиз маҳсулотларини истеъмол қилади. Ҳатто қиш фаслига олиб қўйиладиган қовунлар баҳорга қадар сақланади.
Одатда қовуннинг эрта ва ўртапишар навлари узоқ вақт сақланмайди. қовун палагида турли муддатларда пишиб етилади, шу сабабли, қовун узиш мавсумда 5-6 марта ҳар 7-10 кун орасида ўтказилади. қовуннинг сақлашга чидамли навларига сариқ гулоби, кўк гулоби, тилларанг, зар\алдоқ, гулоби, умрбоқи, қўйбоши, кўккча кабилар киради. қовунни сақлашда энг қулай илмий асосланган ва иқтисодий жиҳатдан самарали усулдан фойдаланиш уларни узоқ вақт сақлаш имконини беради. қовунни: осиб, яшикларга солиб ва қумга кўмиб сақланади.
16.2. Тарвузни сақлаш технологияси.
Тарвуз қоби\и қалн бўлганлиги учун уни механик шикастланишдан сақлайди. Тарвузни юклаш олдидан вақтинча 0,75 м баландликда уйиб сақлаш мумкин. Контейнер ёки тагига тўшама солиб ва орасига похол солиб икки қатор қилиб териб автомашинада ташилади.
Тарвузни узоқ муддат махсус омборларда ҳам сақласа бўлади. Тарвузни сақлашда ҳаво ҳарорати 5-7 С ва намлиги 80-85% бўлиши тавсия этилади. Бундай шароитда тарвузни 3 ой мобайнида САқлаш мумкин бўлади. Полиз маҳсулотларини хусусан, тарвузни, сазавот ва картошка билан бирга омборда сақлаш мумкин эмас.
16.3. қовоқни сақлаш технологияси.
қовоқнинг сақланадиган навлари жуда қаттиқ бўлиб, қовоқни сақлашнинг дастлабки даврида унда крохмал моддаси кўп бўлади, 2-3 ойдан кейин крохмал эрувчан шакар моддаларига айланади ва натижада униннг таъми ва озуқавийлик қиймати ошади. қовоқни сақлашда, ҳар бир қатр терилгандан сўнг албатта, сомон ёзилади. қовоқни сақлаш учун совуқ ва нам хоналардан фойдаланиш тавсия этилади.


MТ12 Qayta ishlangan don mahsulotlarini omborlarga joylashtirish tartibi va saqlash
Don omborlari Don massasi maxsus qurilgan binolarda, ya'ni omborda saqlanadi. Omborlar saqlanadigan donlarning fizik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilishi va bir qator texnologik, texnik, ekspluatasion va iqtisodiy talablarga javob berishi lozim. Uning devorlari chidamli materialdan bo'lishi, havoning o'zgarishiga bardoshli, zararkunandalardan malum darajada himoyalangan bo'lishi kerak. Don omborlarining turi foydalanish va donni saqlash muddatiga ko'ra oddiy bostirmadan tortib ish jarayonlari to'la mexanizasiyalashgan elevatorlargacha bo'ladi. Don omborlarining oddiy, kandukli va minorali turlari mavjud. Oddiy va kandukli omborlarda don polga to'kib saqlanadi. G'allachilik xo'jaliklarida ko'pincha 250-550 t don joylanadigan omborlar quriladi. Kandukli va oddiy omborlarda har xil navli donlarning kichik partiyalari saqlanadi. 4.1. Oddiy va kandukli omborlar Oddiy va kandukli omborlar yig'ma temir-beton, g'isht va boshqa materiallardan barpo etiladi, tomi tunuka yoki shifer bilan yopiladi. Kichikrok oddiy va kandukli don omborlarida don mahsulotlari mexanizmlar - transportyorlar va boshqalar yordamida yuklanadi va tushiriladi. Don omborlari vaqti-vaqti bilan shamollatib turiladi, don harorati elektrotermometr yordamida kuzatib boriladi. Oddatda, don 53 omborlari er osti suvlari cho'kur joylashgan, atrofi ochiq erda quriladi. Don zararkunandalari va kasalliklariga qarshi don omborlari vaqti-vaqti bilan tozalanib, dezinfeksiya kilinadi. 4.2. Minorali don omborlari Minorali don omborlari baland, silindrsimon hajmlarga ega va texnologik jarayonlari to'liq mexanizasiyalashgan bo'lishi mumkin. Minorali don omborlarining (silos) eng takomillashgan xili - don elevatorlari hisoblanadi. Ular katta hajmli donlarni tortish, tozalash, quritish, tushirish, saqlash va ularni kondision holatgacha etkazish mexanizmlari bilan jihozlanadi. Elevatorlar vazifasiga qarab don qabul qiluvchi yoki tayyorlovchi (xo'jaliklardan hajmi 15-100 ming t gacha donni qabul qilib olish, ularni tozalash, quritish va jo'natishga mo'ljallangan), ishlab chiqaruvchi (tegirmonli korxonalarda quriladi, hajmi 10-150 ming t gacha), bazisli (donni uzoq muddat saqlaydigan, hajmi 100-150 ming t gacha), yuklash-tushirish punktlari va portlarga quriluvchi (donni bir turdagi transportdan ikkinchi turdagi transportga yuklash-tushirish uchun stansiya va portlarga quriladi, hajmi 50-100 ming t gacha) xillarga bo'linadi. Elevatorlarning siloslari (katta hajmli idish) korpusga biriktirilgan bo'lib, korpus yaxlit yoki yig'ma temir-betondan (balandligi 30 m, diametri 6-7 m) doira shaklida quriladi, u asosiy texnologik va transport jihozlari joylashgan ish binosi hisoblanadi (2 rasm). 2-rasm. Minorali don ombori 54 Siloslarning bir qismi donni dezinfeksiyalash qurilmasi bilan jihozlanadi. Hozirgi zamon elevatorlarida mashina va mexanizmlarni boshqarish avtomatlashtirilgan.

Download 286.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling