Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Normativ huquqiy hujjatlar Roman-german huquq oilasiga kiradigan davlatlarda huquqni ifodalashning asosiy shakli hisoblanadi. Normativ huquqiy hujjatlar vakolatli davlat organlari tomonidan yoki mansabdor shaxslar tomonidan o’rnatiladigan, maʼqullanadigan va mamlakatdagi barcha uchun umummajburiy boʻlgan yurish-turish va xulq-atvor qoidalarini belgilaydigan hujjat (akt) hisoblanadi.Demak, huquqiy qoidalar normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlanadi. !Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan normalar ijtimoiy normalar hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu xususiyatlarga koʻra boshqa ijtimoiy normalardan farq qiladi. Bular quyidagilar: Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 34 normativ-huquqiy hujjat faqat vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinadi hamda barcha uchun umummajburiy qoidalarni o’rnatadi; normativ-huquqiy hujjatlarda huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquqlari va burchlari keltirilgan bo’ladi; normativ-huquqiy hujjatlarda keltirilgan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan holda huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, yaʼni javobgarlikni yuzaga keltiradi. Normativ-huquqiy hujjatlarni turli mezonlarga ko’ra klassifikatsiya qilishimiz mumkin.Bular quyidagilar: I. qanday ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishiga koʻra; II. huquqni ijod etuvchi subyektga ko’ra; III. normativ-huquqiy hujjatning yuridik kuchiga koʻra; IV. normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish hududiga ko’ra; umumiy, yaʼni butun respublika hududida, mahalliy, ya’ni muayyan hudud miqyosida, lokal, ya’ni muayyan soha boʻyicha amal qilishiga ajratish mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarni yuridik kuchiga koʻra quyidagicha tasniflanadi: I. Qonun hujjatlari quyidagilar: 1. Konstitutsiya hamda konstitutsiyaviy qonunlar; 2. Joriy qonunlar va kodekslar; 3. Oliy Majlisning qarorlari hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari; II. Qonunosti hujjatlari quyidagilar: 4.Prezidentning farmon, qaror, farmoyishlari; 5.Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari; 6.Vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarining qaror, buyruq, yo’riqnomalari; 7.Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qaror va farmoyishlari. Qonun hujjatlari. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimida qonun hujjati asosiy o’rinni egallaydi. Qonun oliy yuridik kuchga ega, ya’ni qonunosti hujjatlari qonun hujjatlariga zid kelishi mumkin emas. Qonunning oliy yuridik kuchga egaligining asosiy belgilari quyidagilar: qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim o’zgartira olmaydi, bekor qilolmaydi, yangisini qabul qilolmaydi.; boshqa barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi kerak; agar qunonosti hujjatlari qonun hujjatlariga zid kelsa, unda qonunosti hujjatlari qonunga muvofiqlashtiradi yoki bekor qilinadi; qonunni qabul qilgan organdan boshqa hech kim uni qo’shimcha tasdiqlashi va harakatdan to’xtatib qo’yishi mumkin emas; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 35 qonunlarda davlatning eng muhim prinsiplari mustahkamlanadi. Masalan, davlat suveriniteti prinsipi, xalq hokimiyatchiligi prinsipi, inson huquqlarining ustuvorligi, qonuniylik, konstitusiya va qonunning oliyligi, hokimiyatning taqsimlanishi prinsipi kabilar O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida ham o’z aksini topgan; qonunning eng asosiy belgisi, uning normativligi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonun – bu davlat hokimiyatini tashkil etish, uning tuzilishi uchun qabul qilinadigan yoki konstitutsiyaga o’zgartirish va belgilash uchun qabul qilingan qonunlar hisoblanadi. Qonunosti hujjatlari tizimida prezidentning farmonlari nufuzli normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Prezident farmonlari barcha qonunosti hujjatlardan yuridik jihatdan ustun turadi. Prezident farmoni mamlakat iqtisodiyotining, aholi ijtimoiy hayotining hamda davlat boshqaruvining eng muhim, dolzarb masalalarini tez va samarali hal etish uchun qabul qilinadi. Prezident farmonida hukumat, vazirlik yoki davlat qo’mitasi tomonidan u yoki bu maslaning qanday hal etilishi kerakligining aniq rejasi, yo’l-yo’riqlari belgilab qo’yiladi. Farmonlar jamiyat hayotining sohalariga ko’ra to’rtga bo’linadi. Bular: iqtisodiy, ijtimoiy- ma’daniy, siyosiy, maqfkuraviy hayot sohasidagi farmonlar hisolanadi. Masalan, iqtisodiy hayot sohasida: mulkchilik, tadbirkorlik, bank, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarni tartibga soluvchi farmonlar qabul qilinadi. Ijtimoiy-ma’daniy hayot sohasida: ta’lim, sog’liqni saqlash, ilm-fan, texnika, san’at kabi sohalarni tartibga soluvchi farmonlar qabul qilinadi. Siyosiy hayot sohasida: davlat tuzilishi sohasida, davlat mudofaasi, bojxona, davlat organlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun farmonlar qabul qilinadi. Mafkuraviy hayot sohasida: xalqni, yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi, vatanparvarlik kuchida, ma’naviyatni tiklashga qaratilgan farmonlar qabul qilinadi. Qonun hujjatlari bilan farmonning tartibga solish predmeti har xil bo’ladi, ya’ni qonun hujjati bilan tartibga solingan masala bo’yicha farmon qabul qilinmaydi. Agarda qonun hujjati bilan tartibga solinmagan masalalar bo’lsa, unda ushbu masalalar yuzasidan farmon qabul qilinadi. ! Farmonning oliy yuridik kuchga ega emasligining bitta belgisi shundaki, farmonlar Oliy Majlis Senatining tasdig’idan o’tishi lozim. (M: “Ish haqini oshirish to’g’risida” PF) Hukumatning – Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari. Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlari va prezidentning farmonlariga muvofiq mamlakatning butun hududida barcha uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari iqtisodiy, ijtimoiy, ma’daniy hayot sohalariga rahbarlikni ta’minlash maqsadida, qonun hujjatlari va prezidentning farmon, qaror, farmoyishlarini ijrosini ta’minlash maqsadida chiqariladi. (M: VMning 972-sonli qarori) Hukumatga bo’ysunuvchi vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan qaror, buyruq, yo’riqnomalar chiqariladi. Mahalliy vakillik hamda ijroiya organlari qaror, farmoyishlar chiqaradi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 36 Normativ shartnomalar deganda, ikki yoki undan ortiq subyektlar oʻrtasida tuziladigan ularning huquq va majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan ogʻzaki yoki yozma shaklda tuziladigan bitim tushuniladi. Normativ shartnomalarning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilar: umumiy mazmundagi normani ifodalaydi; ixtiyoriy tuziladi; manfaatlar umumiyligi asosida tuziladi; tomonlari teng boʻladi; tomonlar shartnomaning barcha jihatlari boʻyicha umumiy kelishuvga erishadilar; keltirilgan zarar aynan yoki to’lov bilan qoplanadi; majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi; yuridik jihatdan sud orqali taʼminlanadi; Normativ shartnomalar turli mezonlar boʻyicha klassifikatsiya qilinadi. Bular quyidagilar: I. Ishtirokchilar soniga ko’ra ikkiga boʻlinadi. Bular: a) oddiy shartnomalar, yaʼni bu shartnomalar ikki subyekt oʻrtasida tuziladi; b) murakkab shartnomalar, yaʼni uch yoki undan ortiq subyektlar oʻrtasida tuziladi. II. Ifodalanish shakliga koʻra ikkiga boʻlinadi. Bular: ogʻzaki va yozma shartnoma. Ogʻzaki shartnoma deganda, kundalik turmushda maishiy jihatlar boʻyicha tuziladi hamda odatda oʻsha vaqtning oʻzida tuzilib tugaydigan shartnomalar tushuniladi. Yozma shartnomalar, yaʼni hujjatlarda rasmiylashtirilgan shartnomalar hisoblanadi. III. Shartnoma muddatining davomiyligiga qarab qisqa muddatli hamda uzoq muddatli shartnomaga boʻlinadi. Xalqaro shartnoma deganda, xalqaro huquq subʼyektlari oʻrtasida, yaʼni davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan va ular oʻrtasidagi turli munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy hujjat tushuniladi. Yuqoridagi toʻrtta huquq shakli asosan anglo-sakson, roman-german huquq oilalariga tegishli, lekin dunyoda diniy, anʼanaviy huquq oilalari ham mavjud. Ularda esa oʻzlarining huquq manbalari mavjud. Masalan, musulmon huquq manbalari quyidagilar: Qur'on, sunnat, ijmo’ hamda qiyos. Qur'on. Sunnat. Sunnat hech qachon Qur'onga zid boʼlmaydi. Sunnat - bu paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning aytgan soʻzlari, qilgan ishlari yoki paygʻambarimiz huzurlarida biror-bir soʻz aytilsa yoki ish qilinsa paygʻambarimiz tomonidan eʼtiroz bildirilmagan ishlari hisoblanadi. Sunnatning 3 xil koʻrinishi mavjud. Bular: 1-sunnati qavli (soʻz); 2-sunnati feʼliy (ish); 3-sunnati tahririy. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 37 Sunnatlar hadislarda jamlangan. Misol uchun hadislar toʻplanmasi kitoblari Imom al- Buxoriy majmuasi "Sahihiy Buxoriy" kitobida, Imom Muslim majmuasi "Sahihiy Muslim" kitobida jamlangan. Ijmoʼ deganda, musulmon mushtahid olimlarning paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin biror bir sharʼiy masala yuzasidan yakdillik bilan qabul qilingan qarorlari tushuniladi. Qiyos (solishtirish) yuridik tilda analogiya (oʻxshatish) deyiladi. Qiyosda Qurʼon va hadisda berilmagan shar’iy, yaʼni huquqiy masalani Qurʼon va hadisda berilgan shunga oʻxshash koʻrsatmaga taqqoslash yoʻli bilan sharh berish tushuniladi. Huquq ijodkorligi Huquq ijodkorligi deganda, referendum chogʻida butun xalqning, vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning huquq normalarini oʼrnatish, oʼzgartirish hamda bekor qilishga qaratilgan maxsus faoliyati tushuniladi. Demak, huquq ijodkorligi faoliyati natijasida yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi yoki amaldagi normativ-huquqiy hujjat oʻzgartiriladi yoki bekor qilinadi. Huquq ijodkorligi faoliyati oʻz ichiga umumiy jihatdan ikki bosqichni qamrab oladi. Bu bosqichlar quyidagilar: 1-bosqichda normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi, muhokama qilinadi, tuzatishlar kiritiladi; 2-bosqich normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish bosqichi hisoblanadi. Huquq ijodkorligining quyidagi turlari mavjud: 1 – xalqning bevosita huquq ijodkorligi. Buning yorqin ifodasi referendum, yaʼni umumxalq ovozi hisoblanadi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilingan hujjat butun mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega boʻladi va faqat referendum orqaligina o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Ushbu qoida “Referendum to’g’risidagi qonun”ning birinchi moddasida keltirib oʻtilgan. Xalqning bevosita huquq ijodkorligi birgina referendumdan iborat tushuncha emas. U keng tushuncha hisoblanadi, yaʼni uning mazmuniga quyidagilar ham kiradi: xalqning huquq tashabbuskorligi; normativ-huquqiy hujjat loyihasining xalq muhokamasiga qoʻyilishi; normativ-huquqiy hujjatni umumxalq ovoz berish yo’li bilan qabul qilish. 2 – vakolatli davlat organlarining huquq ijodkorligi konstitutsiya va qonunlarda belgilangan boʼladi. Masalan, Oliy Majlis qonun hujjatlarini qabul qilishi konstitutsiyaning 78-84 moddalarida bayon etilgan. 3 – mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi deganda, dastlab mansabdor shaxs tushunchasini anglab olishimiz lozim. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 38 Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling