Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Mansabdor shaxs – bu davlat hokimiyati yoki boshqaruv organlarida, nodavlat
tashkilotlarda muayyan lavozimni egallagan va oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va ularni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan shaxs hisoblanadi. (MJTK 15-m). Barcha mansabdor shaxs ham normativ-huquqiy hujjat qabul qilish vakolatiga ega emas. Huquq ijodkorligi faoliyati bilan shug’ullanuvchi mansabdor shaxslar quyidagilar: prezident, bosh vazir, vazir, davlat qoʻmitasi raisi, hokim va boshqalar. Bu mansabdor shaxslar huquq ijodkorligi faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boshqa mansabdor shaxslar, masalan, prokuror, sudyalar huquqiy hujjatlar qabul qiladi, lekin bu huquq ijodkorlik faoliyati hisoblanmaydi, chunki ular chiqargan hujjatlar normativ huquqiy hujjatlar emas, balki huquqni qoʻllash hujjatlari hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish jarayonida huquqni ijod qiluvchi subyektlar quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 1 –dan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish zarurligini belgilovchi turli ijtimoiy omillarni oʻrganib chiqishi kerak; 2 –dan normativ-huquqiy hujjatni loyihalashtirish paytida jamiyatdagi turli xil guruh, sinf manfaatlari inobatga olinishi kerak; 3 –dan yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat bilan oldin qabul qilingan shunga oʻxshash hujjatlarni solishtirish kerak; 4 –dan zarurat tug’ilsa huquqiy eksperiment oʻtkazilishi kerak; 5 –dan yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatni boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjat bilan oʻzaro aloqasini aniqlash zarur. Huquq ijodkorligining prinsiplari quyidagilar: huquq ijodkorligining xalqchilligi prinsipi. Barcha normativ huquqiy hujjatlar – qonunlar va qonunosti huquqiy hujjatlar xalqning manfaatlaridan kelib chiqib, xalq bilan oʻzaro aloqadorlikda, xalqqa farovonlik yaratish uchun qabul qilinadi; huquq ijodkorligining demokratikligi prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayonida bevosita xalqning o’zi yoki vakillari orqali ishtirok etishi kerak. Hattoki, ijro etishda ham jamoatchilik nazorati bo’lishi kerak; huquq ijodkorligining qonuniylik prinsipi. Huquq ijodkorligi jarayoni, ya’ni normativ- huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ularni muhokama qilish, qabul qilish va ularni eʼlon qilish konstitutsiya va qonunlarga to’liq asoslangan holda amalga oshiriladi; huquq ijodkorligining oshkoraligi prinsipi. Har bitta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin keng jamoatchilik xabardor qilinishi kerak, yaʼni matbuotda, rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi kerak; huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi prinsipi, yaʼni normativ-huquqiy hujjatlarini yaratish jarayoni zamonaviy huquq ilmi va amaliyoti yutuqlariga, huquqiy tafakkur va mantiq qoidalariga qatʼiy asoslanishi kerak. Qonun ijodkorligi jarayoni murakkabroq bosqichni oʻz ichiga oladi. Qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi esa qonun qabul qilinishi bosqichlariga qaraganda soddaroq qabul qilinadi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 39 Qonun ijodkorligi jarayoni deganda, davlat oliy vakillik organining konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratish, amaldagi qonunlarga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish yoki eskirgan qonunlarni bekor qilishga qaratilgan harakatlari yigʼindisi tushuniladi. Qonun ijodkorligi jarayoni beshta bosqichdan iborat. Bular quyidagilar: Birinchi bosqich – Qonunchilik tashabbusi bosqichi. Bunda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan yangi qonun qabul qilish, qonunni oʻzgartirish yoki uni bekor qilish toʼgʼrisidagi taklif va mulohazalar Oʻzbekiston respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi hamda ushbu loyiha koʻrib chiqish yoki rad etish toʼgʼrisida Qonunchilik palatasi tomonidan qaror qabul qilinadi. Qonunchilik tashabbusi subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83- moddasida bayon etilgan. Unga koʻra, qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak (“O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risida”gi qununning 12-m): qonun loyihasining konsepsiyasi (asosi) bayon qilingan tushuntirish xati; qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʼliq qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʼgʼrisidagi qonun loyihasi; qonunlarning oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, bekor qilinishi yoki yangi qabul qilinishi kerak bo’lgan qonunosti hujjatlari roʻyxati; moddiy xarajatlar talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy asoslar keltirilishi kerak; agar kiritilayotgan qonun loyihasi davlat daromadlarini kamaytirish yoki koʼpaytirishni yoki davlat byudjeti moddalarini oʻzgartirishni talab etsa, bu toʼgʼrisida Vazirlar Mahkamasining xulosasi kerak boʻladi. (Odatda Vazirlar Mahkamasining xulosasini Moliya vazirligi tomonidan beriladi). Ushbu qonun loyihasini qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingunga qadar, ushbu loyihani kiritgan subyekt unga oʻzgartirish kiritish yoki loyihani qaytarib olishi mumkin. Ushbu bosqich so’ngida Qonunchilik palatasi tomonidan loyihani koʻrib chiqish haqidagi tegishli qaror qabul qilinadi. Ikkinchi bosqich – qonun loyihasini muhokama qilish bosqichi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 40 Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga taqdim etilib, loyiha sessiya kun tartibiga kirgach boshlanadi. Qonun loyihasi ikki xil tarzda muhokama qilinadi. Ular: 1) Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan muhokama qilinadi; 2) Keng xalq muhokamasiga qoʻyiladi. Qonunchilik palatasi qonuni avval oʻzi birinchi oʻqishda muhokama qilib, keyin zarur boʻlsa uni umumxalq muhokamasiga kiritish uchun matbuotda eʼlon qilish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Baʼzi hollarda esa loyihani birinchi umumxalq muhokamasiga chiqarib, keyin Qonunchilik palatasi loyihani oʻzi muhokama qilishi mumkin. Qonun loyihasini muhokama qilishda Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda deputatlar guruhi ishtirok etishga haqli hisoblanadi. Qonun loyihasi dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan soʻng masʼul qoʻmita, ushbu loyihani Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki loyihani qaytarish toʻgʻrisidagi masalani Qonunchilik palatasi Kengashiga kiritadi. Qonun loyihasining asosiy muhokamasi Qonunchilik palatasi majlislarida muhokama qilinadi. Qonun loyihasi qoida tariqasida uch oʻqishda koʻrib chiqiladi. Birinchi oʻqishda qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, loyihaning konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligi, uni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarning taʼminlanishi muhokama qilinadi hamda birinchi so’ngida loyihani qabul qilish yoki rad etish to’g’risidagi qaror chiqariladi.\ Ikkinchi oʻqishda qonun loyihasiga bildirilgan takliflar umumlashtiriladi hamda asosli deb topilgan takliflar loyiha matniga kiritiladi.Bundan tashqari asosli deb topilmagan takliflar ham muhokama qilinadi va ikkinchi oʻqishda qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish moddama-modda oʻtkaziladi hamda ikkinchi oʻqish soʻngida loyihani qabul qilish yoki rad etish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Uchinchi oʻqishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan yaxlitligicha ovozga qoʻyiladi. Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish to’g’risidagi qonun loyihasi, taklif kiritilgandan keyin olti oy ichida keng muhokama qilinib koʻrib chiqilishi mumkin. Siyosiy partiya fraksiyalari – bular qonunchilik palatasidagi bir siyosiy partiyadan saylangan deputatlar guruhi hisoblanadi. Uchinchi bosqich – qonunni qabul qilish bosqichi. O’zbekistonda qonunlar ikki yo’l bilan qabul qilinadi. Bular: 1) qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi va Senat tomonidan maʼqullanishi; 2) qonunning referendum yoʻli bilan qabul qilinishi hisoblanadi. Qonun ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.Qonunga ovoz berish uch xil shaklda amalga oshiriladi. Bular: 1 – moddama-modda ovoz berish; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 41 2 –boʻlim yoki bob boʻyicha alohida-alohida ovoz berish; 3 – qonun toʻlaligicha ovozga qoʻyiladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlarining umumiy sonining koʻpchilik ovozi (yarmidan ko’pi) bilan qabul qilinadi. Konstitutsiyaviy qonunlar bundan mustasno, ya’ni konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda Qonunchilik palatasi barcha deputatlari hamda Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart. Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish to’g’risidagi qonun loyihasi, taklif kiritilgandan keyin olti oy ichida keng muhokama qilinib koʻrib chiqilishi mumkin. Koʻpchilik ovoz deganda jahon parlamentarizm tajribasida nisbiy koʻpchilik, oddiy koʻpchilik, mutlaq koʻpchilik tushunchalari qoʻllaniladi. Ovoz berishda deputat yoki senatorning shaxsan oʻzi ovoz beradi. Ovoz berish tartibi reglamentlarda belgilab qoʻyilgan. Saylov varaqasi, ya’ni nomzodlar koʻrsatilgan varaqalar bulleten deb nomlanadi. Ovoz berishda uch xil ovoz mavjud. Bular: yoqlayman, qarshiman, betarafman. Toʻrtinchi bosqich – Qonunni Senat tomonidan maʼqullanishi bosqichi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib Senatga yuborilgan qonun Senat tomonidan maʼqullanishi yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Agar Senat qonunni rad etsa, qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi va ushbu vaziyatda Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi kerak bo’ladi: a) qonunni qaytadan koʻrib chiqib, eʼtirozlarni inobatga olgan holda qabul qilish; b) qonunni bundan buyon koʻrib chiqmaslik; d) qonunda avvalgi tahrirda deputatlar sonining kamida uchdan ikki qismi tomonidan qaytadan qabul qilishi haqida qaror qabul qiladi va to’g’ridanto’g’ri prezidentga yuboriladi. Senat qonunni rad etsa palatalar oʻrtasida kelishuv komissiyasi tenglik asosida (paritet) tuziladi. Beshinchi bosqich – promulgatsiya, yaʼni qonunni imzolash va eʼlon qilish bosqichi. Qonun prezident tomonidan imzolangach va rasmiy nashrlarda eʼlon qilingach yuridik kuchga ega boʻladi. Qonun prezident tomonidan 30 kun ichida imzolanadi va eʼlon qilinadi. Prezident oʻz eʼtirozlari bilan qonunni Oliy Majlisga qaytarishga haqli, bunda Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senat aʼzolari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan avvalgi tahrirda maʼqullansa prezident oʻn toʻrt kun ichida imzolashi va eʼlon qilishi shart. O’zbekiston qonunlari imzolangandan keyin uzogʻi bilan bir hafta ichida eʼlon qilinadi.Agar qonunning oʻzida boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa, qonun rasmiy eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun oʻtgach butun Oʻzbekiston hududida bir vaqtda kuchga kiradi. Rasmiy nashrlar quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami; “Xalq soʻzi” (“Narodnaya slova”) gazetasi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 42 Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Normativ-huquqiy hujjatlarni hayotga tadbiq etish uchun uning amal qilish doirasini aniq belgilab olish kerak. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi deganda, ularda nazarda tutilgan yuridik oqibatlarning yuzaga chiqishi tushuniladi. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi 4ta yoʻnalishni qamrab oladi. Bular quyidagilar: I. Hujjatning amal qilish mavzusi; II. Hujjatning vaqt boʻyicha amal qilishi (NHH to’g’risidagi qonun 43,38,39,41,45- moddalar); III. Hujjatning hudud va makon boʻyicha amal qilishi (42-m); IV. Hujjatning shaxslarga nisbatan boʻyicha amal qilishi (44-m). Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling