Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Davlatning ham yurisdiksiyasi deganda, davlatning huquqiy hokimiyatining amal qilish 
hududi tushuniladi. 
Baʼzan xorijiy davlat qonunchiligi boshqa davlat hududida amal qilishi mumkin, biroq 
buning uchun qonunlarning o’sha davlatlar o’rtasida bir-birining hududida amal qilish 
to’g’risida shartnoma bo’lish kerak ayrim xalqaro huquqiy hujjatlarda normativ-huquqiy 
hujjatlarning eksteritorial harakati ham keltirilgan bo’lishi mumkin.Ya’ni bir davlatning 
qonuni boshqa davlat hududidagi o’z fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan amal qilishi 
tushuniladi. 
Federativ davlatlarda federal qonunlar butun federatsiya hududida qamal qiladi. Federatsiya 
subyektlarning qonunlari esa faqat oʻz hududida amal qiladi. 
Hujjatning shaxslarga nisbatan amal qilishi deganda, normativ-huquqiy hujjatda 
belgilangan huquq va majburiyatlarning qaysi shaxslarga nisbatan tadbiq etilishi tushuniladi. 
Masalan, Oʻzbekiston respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari mamlakatning barcha 
fuqarolariga, davlat organlariga, mansabdor shaxslarga nisbatan amal qiladi 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 44 
Diplomatik immunitet (daxlsizlik) huquqi boʻlgan shaxslarning xatti-harakatlari diplomatik 
vositalar bilan hal qilinadi. 
Huquqiy siyosat deganda, davlatning huquqiy, gʻoyasi, mafkurasi, uning huquq hayot 
sohasida tutadigan yoʻllari, amalga oshiradigan tadbirlari va qoʻllaniladigan rahbariy 
qoidalarning rahbariy ifodasi tushuniladi. 
Huquq normasi 
Huquq normasi deganda, davlat tomonidan oʻrnatilgan yoki maʼqullangan, u tomonidan 
muhofaza qilinadigan va bajarilishi barcha uchun umummajburiy boʻlgan xulq-atvor 
qoidalari tushuniladi. 
Huquq normasi dunyo tarixida birinchi marta Misrda yaratilgan. Masalan, Menes 
qonunlari,Sazarxis qonunlari Bokxoris qonunlari, Ramzes II qonunlari to’plami bo’lgan. 
Mesopatamiya va Bobil davlatlarida ham qonunlar mavjud boʻlgan.Bular Urnamu qonunlari, 
Lipid Ishtar qonunlari, Xammurapi qonunlari kabilar. (Xammurapi qonunlari 282ta 
moddadan iborat. U uch qismga boʻlinadi. Bularning birinchisi kirish qismi, ikkinchisi 
asosiy qism, uchinchisi xulosa qismi hamda ushbu qonun deyarli barcha munosabatlarni 
qamrab olgan). Professional huquq normalari Qadimgi Yunonistonda va Rimda vujudga kela 
boshlagan. Misol uchun, Yunonistonda Drakont qonunlari, Salon qonunlari, Rimda “12 
jadvalli qonunlar” va hakozo. 
Jamiyat rivojlanishi bilan normalar ham takomillasha borgan. 
Normalar qanday munosabatlarni tartibga solishiga qarab ikki xil turga bo’linadi. Bular: 
ijtimoiy hamda texnoligik normalar hisoblanadi. 
Ijtomoiy normalar ham qanday munosabatlarni tartibga solishiga ko’ra turli normalarga 
ajratiladi. Bular: odat, an’ana, siyosiy, diniy, axloq va huquq normalari kabilar. 
Huquq normasi bir qancha talablarga javob berishi kerak. Dastlab, jamiyatning, xalqning 
manfaatini, irodasini ifodalashi kerak, ya’ni davlat xalqning manfaatini inobatga olgan holda 
huquq normalarini o’rnatadi. Huquq normasining yana bir jihati shundaki, u har qanday 
ijtimoiy 
munosabatlarni 
tartibga 
solavermaydi, 

jamiyatning 
muhim 
bo’lgan 
munosabatlarini tartibga soladi. 
Huquq normasining tuzilishi deganda, huquq normasining qanday tarkibiy 
elementlardan tashkil topganligi tushuniladi. 
Huquq normasi uchta tarkibiy tuzilishga ega. Bular: gipoteza, dispozitsiya hamda sanksiya 
hisoblanadi. 
Gipoteza deganda, huquq normasining qanday sharoitlarda harakatga kelishi, yaʼni 
huquq normasida belgilangan huquq va majburiyatlarning amalga oshishi va uning 
dispozitsiyasi harakatga kelishi, amalga oshishi uchun belgilangan hayotiy shart-sharoit va 
vaziyat tushuniladi. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 45 
Gipotezalar uch xil turga boʻlinadi, yaʼni huquq normasida gipoteza uch xil koʻrinishda 
boʻlishi mumkin. Bular: 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling