Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Ommaviy huquq– bu davlat va jamiyatning umumiy manfaatlarini ifoda etadigan va
muhofaza etadigan huquq hisoblanadi. Xususiy huquqda esa, alohida shaxslarning ehtiyoj va manfaatlari ifoda etish va himoya qilishga qaratilgan boʻladi. !Xususiy huquqlar ommaviy huquqdan kelib chiqadi. Ommaviy va xususiy huquqning paydo bo’lishi Qadimgi Rimga borib taqaladi. Rim yuristlari huquqni ikkiga ajratgan. Bular: 1) jus privatum, yaʼni shaxsiy huquq; 2) jus publikum, yaʼni ommaviy huquq. Ushbu ajratish rim yuristi hisoblanmish Ulpian asarlarida ham uchraydi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 57 II. Huquq tizimi moddiy va protsessual huquq normalariga ajratib koʻrsatish mumkin. Moddiy huquq deganda, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, vakolatlari, javobgarligi belgilab qo’yilgan normalar tushuniladi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalari, maʼmuriy, jinoiy fuqarolik, huquqi normalari kabilar. Protsesual huquqda huquqlarni amalga oshirish, majburiyatlarni bajarish, huquqbuzarlikni koʻrib chiqish, jinoyat ishini tergov qilish, sudlov qilish bilan bog’liq munosabatlar tartibga solinadi. Protsessual huquq tarmoqlari, bular: jinoat protsessual huquqi, fuqarolik protsessual huquqi, xoʻjalik protsessual huquqi kabi huquq tarmoqlari hisoblanadi. Huquq tarmoqlariga ajratishda ikki xil mezon bor. Bular: 1- huquqiy tartibga solish predmetiga koʻra deganda, usha huquq tarmogʻi bilan tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Masalan, oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar yig’indisi oilaviy-huquq tarmog’i deyiladi, fuqarolik- huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmogʻi fuqarolik huquqi deyiladi. 2- huquqiy tartibga solish usuliga ko’ra huquq tarmoqlariga ajratish mumkin. Bunda huquqiy munosabatlar qanday usul va vositalar bilan tartibga solinishiga qarab huquq tarmoqlariga ajratiladi. Bu usullar quyidagilar: a) avtonomya (despozitiv) usuli, yaʼni huquqiy munosabat ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga, tengligiga asoslangan usul hisoblanadi. Masalan, fuqarolik, oila, mehnat huquqida munosabatlar shu usul bilan tartibga solinadi; b) avtoritar (imperativ) usul, bunda huquqiy munosabatlar hokimlik, buyruq xarakteriga asoslanadi. Masalan, maʼmuriy, jinoiy, moliya kabi huquqiy munosabatlar ushbu usul bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston milliy huquq tarmoqlari quyidagilar: Konstitutsiyaviy huquq (davlat huquqi) – konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, shaxslarning asosiy huquq erkinlik va burchlarini, davlatning maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalari, jamiyatning iqtisodiy asoslarini, davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asoslarini belgilab beradigan huquq tarmogʻi –konstitutsiyaviy huquq tarmogʻi deyiladi; Maʼmuriy huquq –ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishda vujudga keladigan boshqaruvga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmogʻi hisoblanadi, yaʼni maʼmuriy huquq sohasi normalari davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslarning boshqaruv, ijro etish va farmoyish berish bilan bog’liq faoliyatini tartibga soladi; Moliya huquqi – davlatning moliya va budjet faoliyati amalga oshirish sohasida, banklar va boshqa moliyaviy muassasalar faoliyatida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan huquq sohasi hisoblanadi Yer huquqi– yerdan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalari yig’indisi yer huquqi sohasi hisoblanadi; Qishloq xoʻjaligi huquqi – qishloq xo’jaligi shirkatlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, ijara xo’jaliklarini tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi, ularning boshqa xo’jalik subyektlari Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 58 va davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmog’i hisoblanadi; Mehnat huquqi– mehnat munosabatlari vujudga kelishi, oʻzgartirish va tugatilishi shartlarini, ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnatga oid huquqiy munosabatlarni, ish vaqti va dam olish vaqtini belgilash, mehnat muhofazasi va mehnat intizomiga doir munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmog’i hisoblanadi; Fuqarolik huquqi– shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oʻrtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy hamda tashkiliy munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmogʻi hisoblanadi; Oila huquqi – nikohning tuzilishi tartibi va shartlarini, nikohning tugatilishi va uning haqiqiy emas deb topilishi asoslarini, er-xotinlar, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, shuningdek farzandlikka olish, vasiylik va homiylikni belgilash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmogʻi hisoblanadi; Jinoyat huquqi– qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligi va unga qanday jazo tayinlanishi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmogʻi hisoblanadi; Jinoyat-ijroiya huquqi – mahkumlarning huquqiy holati, jazo va boshqa jinoiy huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi muassasalar, davlat organlari tizimi, ularning faoliyatini tekshirish va nazorat qilish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmogʻi hisoblanadi; Jinoyat protsessual huquqi– jinoyat ishini qo’zg’atish, surishtiruv, tergov va sudlov faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmog’i hisoblanadi; Fuqarolik protsessual huquqi– fuqarolik, oila, mehnat, yer va moliya huquq sohalarida vujudga keladigan nizolarni sudda koʻrib chiqish va hal qilish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmog’i hisoblanadi; Xoʻjalik (iqtisodiy) protsessual huquqi– iqtisodiy sudlar tomonidan sudda mulkchilikning turli shakllariga mansub xoʻjalik subyektlari o’rtasidagi hamda ular bilan fuqarolar va tadbirkorlar oʻrtasidagi xoʻjalik nizolarini koʻrish va hal qilish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmogʻi hisoblanadi. Mamlakatimizda yangi huquq tarmoqlari shakllanmoqda, xususan Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling