Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Yuridik hodisalar deganda, insonning erki, irodasi, ongi va ehtiyojiga bog’liq bo’lmagan
voqealar tushuniladi. Masalan, insonning tug’ilishi, o’lishi, tabiat hodisalari va boshqalar. Yuridik harakatlardeganda, huquqiy munosabat subyektlarining irodasi, erki, xohishi, ongi va ehtiyoji bilan bog’liq boʻlgan faktlar tushuniladi. Yuridik harakatlar ikki turga boʻlinadi. Bular: huquqqa muvofiq harakatlar; huquqqa zid harakatlar. Amaldagi huquq normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar bilan tartibga solinadigan harakatlar huquqqa muvofiq harakat hisoblanadi. Huquqqa muvofiq harakatlar ham ikkiga boʻlinadi. Bular: yuridik aktlar. Bunda huquqqa muvofiq harakatlar muayyan oqibatni vujudga keltirishi nazarda tutilib sodir etiladi. Masalan, fuqarolik-huquqiy bitimlar; yuridik xatti-xarakatlar. Bunda subyektlar tomonidan huquqiy oqibatlarga olib kelishini atayin nazarda tutilmagan holatda sodir etiladi, lekin oqibatlar qonunda nazarda tutilganligi uchun ham vujudga keladi. Masalan, yozuvchi asar yozgan vaqtda, unda mualliflik huquqi vujudga keladi. Huquq normalari talablariga zid va ularni buzadigan harakatlar huquqqa xilof harakatlar deyiladi. Huquqqa zid harakatlar mazmuni va xususiyatiga koʻra to’rtta turga boʻlinadi. Bular: 1) jinoiy huquqqa zid harakatlar; 2) maʼmuriy huquqqa zid harakatlar; 3) fuqaroviy huquqqa zid harakatlar; 4) intizomiy huquqqa zid harakatlar hisoblanadi. Huquq tizimi Huquq tizimi deganda, huquqning tuzilishi, uning ichki strukturasi tushuniladi, yaʼni huquqning qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligi hamda ushbu qismlar o’rtasidagi oʻzaro aloqadorlik tushuniladi. Huquq tizimi quyidagi tarkibiy elementlardan tashkil topgan. Bular: I. Huquq normasi; II. Huquq instituti; III. Huquq tarmogʻi (sohasi). Huquq normasi huquq tizimining birinchi tarkibiy elementi hisoblanadi. Huquq instituti deganda, ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladigan huquq normalarning yig’indisi tushuniladi. Demak, bir necha huquq normalari yig’ilib Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 56 huquqiy institutini tashkil qiladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24- 31-moddalari bir guruhga yig’iladi hamda bitta huquq instituti, yaʼni shaxsiy huquq va erkinliklar instituti tashkil topadi, maʼmuriy huquqda zaruriy mudofaa instituti, mansabdor shaxs instituti, fuqarolik huquqida bitimlar instituti, shartnomalar instituti, oldi-sotdi shartnomalari instituti, oila huquqida nikoh tuzish tartibi va shartlari instituti kabilar. Huquq institutlarini turlicha guruhlashtirish mumkin. Huquqshunoslikda huquq institutlari huquq tarmoqlari boʻyicha guruhlarga ajratiladi, yaʼni nechta huquq tarmogʻi bo’lsa, uning ichida bir nechta huquq institutlari mavjud boʻladi, shuningdek huquq institutlarini tarmoqlararo institutlarga ham ajratish mumkin. Masalan, aybsizlik prezumpsiyasi instituti – jinoyat, maʼmuriy, jinoyat protsessual huquqi sohalarida ham mavjud, sudlarning mustaqilligi instituti – konstitutsiyaviy huquq sohasida, jinoyat protsessual huquqi sohasida, fuqarolik protsessual huquq tarmoqlarida ham bu institut mavjud. Bitta huquq instituti bir nechta sub institutlarga ham boʻlinishi mumkin. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari instituti mavjud. Ushbu institut fuqarolik, shaxsiy huquq va erkinliklar, iqtisodiy huquqlar institutiga, ijtimoiy huquqlar institutiga, siyosiy huquqlar institutiga, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, fuqarolarning burchlari deb nomlanuvchi sub institutlarga ajratiladi. Huquq tarmogʻi – bu bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar va huquqiy institutlarning umumiy majmui hisoblanadi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq tarmogʻi, oila huquq tarmogʻi, jinoyat huquq tarmogʻi va hakozo. Mustaqil huquq tarmogʻi tashkil topish uchun quyidagi shartlar boʻlishi kerak: bir turdagi oʻziga xos ijtimoiy munosabat boʻlishi kerak; shu munosabatlarning hajmi va murakkabligi; bu munosabatlarni boshqa huquq tarmoqlari normalari bilan tartibga solishning imkoni yo’qligi bu munosabatlarni tartibga solishning alohida usullari qoʻllanishining zarurligi. Huquq tizimini turli xususiyat va mezonlarga koʻra bir nechta tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Bular: I. Huquq tizimini ommaviy va xususiy huquqqa ajratish mumkin. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling