Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Emansipatsiya deganda, voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomala layoqatli deb eʼlon 
qilish tushuniladi. Masalan, emansipatsiya holatlari oila huquqida o’n yetti yosh (OK 15-m), 
mehnat huquqida o’n olti yosh, fuqarolik huquqida o’n oltiyosh (FK 28-m). 
Dilekt layoqat deganda, shaxsning sodir etgan huquqbuzarligi, jinoyati uchun javob bera 
olish qobiliyati tushuniladi. 
Huquqiy munosabat obyekti deganda, huquqiy munosabat subyektlarining manfaatlari, 
xatti-harakati qaratilgan real neʼmat, narsa, jarayon, harakatlar tushuniladi. Demak, huquqiy 
munosabat subyektlarining huquq va majburiyati nimaning ustida belgilansa, oʻsha narsa 
huquqiy munosabatning obyekti boʻladi. 
Huquqiy munosabat obyektlarini to’rt guruhga ajratish mumkin. Bular quyidagilar:


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 54 
 moddiy olam neʼmatlari, yaʼni buyum va ashyolar, tabiat neʼmatlari, mehnat faoliyati 
jarayonida yaratilgan narsalar va hakozo. Masalan, oldi sotdi, ayirboshlash, meros, 
munosabatlaridagi moddiy narsalar; 
 intelektual (aqliy) faoliyat natijalari, masalan, sanʼat, adabiyot, ixtirolar va shu 
kabilar; 
 huquqiy munosabat ishtirokchilarining xulq-atvori hamda uning oqibatlari, yaʼni 
insonning faoliyati, uning xulq-atvori yoki xulq-atvorining oqibati ham huquqiy munosabat 
obyekti boʻlishi mumkin. Masalan, MJTKga koʻra Ichki ishlar idoralari jinoiy jazoni oʻtab 
qaytgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatadilar yoki baʼzan biror bir harakatning 
natijasi ham huquqiy munosabatning obyekti boʻlishi mumkin,misol uchun, yuk tashish 
munosabatiga koʻra yukni qabul qiluvchi tomonni yuk tashuvchining qanday harakat sodir 
etishi qiziqtirmaydi,lekin shu harakat natijasi yukni qabul qiluvchiga muhim hisoblanadi; 
 shaxsiy nomulkiy neʼmatlar, yaʼni moddiy boʻlmagan, insonning shaxsiyati bilan 
bog’liq bo’lgan neʼmatlar tushuniladi.Bular: insonning hayoti, shaʼni, qadr-qimmati, 
ishchanlik obroʻsi, ismga, rasmga bo’lgan huquqi va hakozolar 
Subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar 
Subyektiv huquq deganda, huquq egasi boʻlgan shaxsning huquq normalari doirasida va 
muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keladigan xatti-harakati, xulq-atvorining meʼyori, 
yaʼni chegarasi tushuniladi. Demak, subyektiv huquq, huquqiy munosabat ishtirokchilarining 
tegishli huquq normasida nazarda tutilgan biror-bir xatti-harakatlarni sodir etishga haqli 
ekanini va boshqa ishtirokchilaridan biror-bir harakatni sodir etishni talab qilishga haqli 
ekanini bildiradi. 
Subyektiv huquq uch xil bo’ladi. Bular:
oʻz xatti-harakatini amalga oshirish yuzasidan boʻlgan huquq. Masalan, oʻzini mol-
mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqi; 
oʻzgalarning xatti-harakatiga boʻlgan huquq. Masalan, qarz shartnomasi boʻyicha 
pulni qaytarishni talab qilish huquqi;
talab tarzidagi huquq, ya’ni shaxsning vakolatli davlat organiga murojaat qilib 
muayyan majburiyatning bajarilishini talab etish huquqi hisoblanadi. Masalan, sudga 
murojaat qilib aliment toʻlanishini talab qilish huquqi. 
!Subyektiv huquq shaxsning xohishi va erkinligi bilan bog’liq. 
Yuridik majburiyat deganda, huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli huquqiy 
normaga asosan bajarishlari majburiy boʻlgan harakatlarni amalga oshirishlari yoki baʼzi 
harakatlarni sodir etishdan tiyilishlari tushuniladi. 
Yuridik majburiyatning ikkita turi bor. Bular:
 
muayyan harakatlarni sodir etish majburiyatlari, masalan, soliqlarni to’lash, qarzni 
qaytarish; 
 
taqiqlangan harakatlarni sodir etishdan tiyilish. 
Yuridik faktlar deganda, huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni vujudga 
keltiruvchi, o’zgartiruvchi va tugatuvchi hayotiy hodisa va harakatlar tushuniladi. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 55 
Yuridik faktlar irodani ifodalash shakliga ko’ra ikki turga boʻlinadi. Bular:
 
yuridik hodisalar; 
 
yuridik harakatlar. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling