Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Huquqiy tartibga solishning predmeti bu – huquq normalari vositasida tartibga solish 
maqsadida ta’sir etilayotgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 
Huquqiy tartibga solish metodi deganda, ijtimoiy munosabatlarga huquq vositasida taʼsir 
etishning usul va vositalari tushuniladi. 
Huquqiy tartibga solishning ikkita metodi mavjud. Bular: 
1- 
avtonomya metodida ijtimoiy munosabatlar subyektlari teng huquqli bo’ladi va ular 
qonunda belgilangan vakolatlar doirasida mustaqil faoliyat yuritadi. Masalan, fuqarolik, oila, 
mehnat kabi munosabatlarda ishtirok etuvchi subyektlar qonun doirasida oʻz xatti-
harakatlarini kelishuv asosida mustaqil bajaradilar; 
2- 
avtoritar metodida (ayrim adabiyotlarda geteronomiya metodi deyiladi) ijtimoiy 
munosabatlarga buyruq (imperativ) tarzda qaʼtiy tartib oʻtkaziladi. Masalan, maʼmuriy yoki 
jinoiy huquqiy munosabatlarda bir tomonda vakolatli davlat organi yoki mansabdor shaxslar 
ikkinchi tomonda huquqbuzar munosabatga kirishadi va bunda vakolatli davlat organi yoki 
mansabdor shaxs huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilaydi. 
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish quyidagi belgi va xususiyatlarga ega:
 
huquqiy tartibga solishning barqarorligi;
 
konstitutsiyaviy huquqiy tartibga solish ahamiyatining yuqoriligi va koʻlami kengligi;
 
iqtisodiy, siyosiy, maʼdaniy, mafkuraviy sohalarda huquqiy tartibga solish roli oʻsib 
borishi kerak;
 
huquqiy tartibga solish jarayonida jamoatchilik nazorati oʻsib borishi kerak;
 
huquqiy tartibga solishning xalqchilligi;
 
huquqiy tartibga solish faol ijtimoiy xarakterga ega boʻlishi lozim. 
Huquqiy tartibga solish mexanizmi deganda, ijtimoiy munosabatlarga ularni tartibga 
solish maqsadida huquqiy taʼsir etishni taʼminlovchi yuridik usul va vositalar tizimi 
tushuniladi.Huquqiy tartibga solish mexanizmining tarkibiy elementlari quyidagilar:
 huquqiy normalari;
 huquqiy munosabatlar;
 subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshiruvchi harakatlar yoki ularni 
qoʻllash hujjatlari. 
Huquqiy tartibga solish jarayoni deganda, ijtimoiy munosabatlarga huquqiy taʼsir 
etish, ularni rivojlantirish va takomillashtirishning qaʼtiy belgilangan tartibi tushuniladi. 
Huquqiy tartibga solish jarayoni uchta bosqichda amalga oshiriladi. Bular:


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 71 
 ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normaning qabul qilinishi bosqichi;
 huquqiy normaning amal qilishi bosqichi;
 yuridik normada nazarda tutilgan subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga 
oshirish bosqichi, agar ixtiyoriy amalga oshirilmagan boʻlsa, qo’shimcha bosqich huquqni 
qoʻllash bosqichi amalga oshiriladi. 
Konstitutsiyaviy huquqiy tartibga solish deganda, ijtimoiy munosabatlarga 
konstitutsiyaviy normalar vositasida, ularni tartibga solish maqsadida taʼsir etilishi 
tushuniladi. Bu huquqiy tartibga solishning eng oliy koʻrinishi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy 
huquqiy tartibga solish iqtisodiy, siyosiy, gʻoyaviy va yuridik kafolatlar bilan taʼminlanadi. 
Huquqiy tartibga solishning ijtimoiy mexanizmi deganda, ijtimoiy munosabatlarning 
huquq normasi vositasida tartibga solishda ijtimoiy omillar, hayotiy hodisalar taʼsir etilishi 
tushuniladi. 
Huquqiy tartibga solishning ijtimoiy mexanizmi quyidagi jihatlar bilan oʻlchanadi:
o
huquqiy axborotning darajasi va xarakteri;
o
ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy eʼtiqodi va yo’naltirilganligi;
o
huquq amal qilishning ijtimoiy oqibatlari, yaʼni huquqning amal qilishi natijasida 
huquqiy ong va ma’daniyatning shakllanganligi;
o
ijtimoiy muhit. 
Huquqiy tartibga solish ruhiy mexanizmi deganda, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy 
tartibga solish jarayonidagi shaxsning irodasi, motivi, aqli, maqsadi, fazilatlari tushuniladi. 
Qonuniylik va huquqiy tartibot 
Qonuniylik deganda, qonun ustuvorligini taʼminlash, qonunlarga muvofiq ish tutish, 
barcha huquq normalari talablariga rioya etish va ularni bajarish tushuniladi.
Tor ma’nodagi qonuniylik bu – barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor 
va yuridik shaxslar hamda fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlarga aniq va og’ishmay 
rioya qilishi hisoblanadi. 
Keng ma’nodagi qonuniylik bu – davlatning qonun yaratuvchilik va uni hayotga tadbiq 
etish faoliyatini ham qamrab oladi. 
Huquq ustunligi deganda, ijtimoiy munosabatlarni insonning tabiiy huquqlaridan kelib 
chiqqan holda haqiqat va adolat mezonlari asosida tartibga solinishi tushuniladi. Demak, 
qonunlar huquqiy boʻlishi kerak, huquqiy boʻlmasligi mumkin emas. 
!Qonun oliy yuridik kuchga ega boʻlgan huquqiy hujjat hisoblanadi. Qonun huquqni 
ifoda etishning oliy shakli hisoblanadi. Huquq ifodalanmagan qonun ham qonun 
hisoblanmaydi.
Qonunning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilar:
 
qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa bir organ yangisini qabul 
qilolmaydi yoki unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kirita olmaydi; 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 72 
 
boshqa barcha normativ huquqiy hujjatlar qonunga qa’tiy muvofiq holda qabul 
qilinadi va amalga oshiriladi; 
 
biron-bir qonunosti normativ huquqiy hujjat qonunga zid bo’lsa, u qonunga muvofiq 
holga keltiriladi yoki bekor qilinadi
 
qonun oliy yuridik kuchga ega bo’lgan hujjat bo’lganligi sababli, uni qabul qilgan 
organdan boshqa hech kim qo’shimcha tasdiqlashi va bekor qilishi mumkin emas. 
Huquqiy 
davlat 
barpo 
etishning 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida 
mustahkamlangan prinsiplari quyidagilar: davlat suvereniteti prinsipi; xalq hokimiyatchiligi 
prinsipi; inson huquqlarining ustunligi prinsipi; qonuniylik prinsipi; demokratiya prinsipi; 
davlat bilan shaxsning o‘zaro burchdorligi prinsipi; konstitutsiya va qonunning oliyligi 
prinsipi; hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi; ijtimoiy adolat prinsipi; qonun va sud oldida 
barchaning tengligi prinsipi; aybsizlik prezumpsiyasi; fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqarish prinsipi va boshqalar. 
Qonuniylik shakllari quyidagilar: 
a) qonunlar, ular yo’naltirilgan subyektlar tomonidan aniq va bekam-u ko’st bajarilishi; 
b) qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning iyerarxiyasiga rioya etilishi; 
c) qonuniylik o’zida qonunning qa’tiyligini, ya’ni qonunni qubul qilgan organdan 
tashqari uni hech kim bekor qila olmasligi hisoblanadi. 
Jamiyatda qonuniylik turli shakllarda namoyon bo’ladi: 
 
inson huquq va erkinlari ustuvorligining ta’minlanganligi, qonunlarning adolatliligi va 
xalq manfaatlariga xizmat qilishiga asoslanganligida; 
 
qonunning ustuvorligi, ya’ni qonunlarning konstitutsiyaga, qonunosti normativ 
huquqiy hujjatlarining qonunlarga mos bo’lishida; 
 
davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya, qonunlar va 
boshqa normativ huquqiy hujjatlarga so’zsiz, og’ishmay rioya qilishida namoyon bo’ladi 
Jamiyatda qonuniylikning buzilishi quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
 davlat hokimiyati organlari konstitusiya va qonunlarga to’la rioya qilmaganda
 davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunlar, qonunosti hujjatlar hamda inson 
huquq va erkinliklariga rioya etmaganida; 
 davlat organlarining konstitutsiya va qonunlarga zid normativ huquqiy hujjatlar qabul 
qilib, ular asosida faoliyat yuritganida; 
 vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning amaldagi huquq 
normalarini noto’g’ri qo’llaganida va bosh. 
Qonunlikning oliy ko’rinishi bu - konstitutsiyaviy qonuniylikdir. Mazkur konstitusiyaviy 
qonunchilikka qa’tiy va so’zsiz amal qilinishi lozim. Konstitusiya qonuniylikni 
ta’minlashda alohida ahamiyatga ega bo’lgan hujjat hisoblanadi, chunki konstitutsiya aosiy 
qonun sanaladi hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar undan kelib chiqadi (K 15-m). 
Qonuniylikning asosini, mazmunini uning prinsiplar tashkil qiladi. Ushbu o’zgarmas 
rahbariy qoidalar quyidagilar: 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 73 
qonuniylikning yagonaligi prinsipi uchta jihati mavjud. Bular:

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling