Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Huquqdagi boʻshliq (lozeyka) deganda, muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish 
uchun zarur boʻlgan aniq normaning yoʻqligi tushuniladi. 
Huquqni qoʻllash jarayonida huquqdagi bo’shliqni bartaraf etuvchi maxsus usullar ikkiga 
boʻlinadi. Bular quyidagilar: 
Qonun analogiyasi (o’xshatish) deganda, huquqiy jihatdan tartibga solinmagan 
munosabatlarga nisbatan, ushbu munosabatlarga oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi 
qonun normasini qoʻllash tushuniladi; 
Huquq analogiyasi deganda, amaldagi qonunchilik normalari bilan tartibga solinmagan 
munosabatlarni tartibga solish uchun huquqning umumiy asoslarini, huquq prinsiplarni 
qoʻllash tushuniladi. 
Huquqni sharhlash 
Interpritatsiya lotin tilidan “sharxlash”,“talqin qilish”,“izohlash”, “tushuntirish” degan 
maʼnolarni anglatadi. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 66 
Huquqni sharhlash deganda, huquq normasidagi so’zlar iboralar gaplarni aniqlashtirish 
hamda ularni tushunish va tushuntirish tushuniladi. 
Huquq ikki bosqichda sharhlanadi:
 huquqning maʼnosi aniqlanadi va tushuniladi;
 huquqining mazmuni tushuntiriladi 
Huquqni sharhlashda ikkita yondashuv bor. Bular:
Statik yondashuvda sharhlovchi (interpretator) huquqning mazmunini, uning 
barqarorligini saqlagan holatda faktlar vositasida ochib beradi;
Dinamik yondashuvdainterpretator huquqni mazmunini ochib berish uchun hayotiy 
voqelik bilan bogʻlaydi. 
Shahrlash usullari bu – huquqni sharhlayotgan shaxs (interpretator) tomonidan 
huquqning mazmunini aniqlashtirish maqsadida bilishning ilmiy tafakkurga asoslangan 
yoʻllaridir. 
Huquq normalari quyidagi usullar bilan sharhlanadi:
 
Gramatik sharxlash usulida huquq normasidagi ayrim soʻzlar, ayrim atamalarning
butun gaplarning grammatik maʼnosini aniqlashtiriladi. Gramatik sharhlashda quyidagilarga 
eʼtibor berish kerak:

sharhlashning oltin qoidasi – adabiy til meʼyoriga mos hamda qatʼiy bo’lishi kerak;

bir sohaga taalluqli tushuncha ikkinchi bir taalluqli boʻlmagan sohaga ishlatish 
taqiqlanadi;

soʻzlarning maʼnosi aytilayotganda huquqshunoslikda keng qoʻllaniladigan soʻzlardan 
foydalanish zarur; 

soʻzlarni turli maʼnolarda talqin qilish mumkin emas;

iboralarni qo’llashda ularning maʼnosini tushuntirib berish kerak hamda ular kerakli 
joyda qoʻllanishi kerak;
 
Tizimli (sistemali) sharhlash usulida huquq normasining mazmuni boshqa huquq 
normalari bilan bog’likda tushuntiriladi hamda huquq normasining huquq tarmogʻida tutgan 
o’rni va ahamiyati aniqlanadi. Tizimli sharhlashda quyidagilarga eʼtibor berish kerak:

umumiy va maxsus normalarning aloqadorligiga eʼtibor berish kerak;

havolaki normalarga bog’liq bo’lishi kerak;

agar bir-biriga zid boʻlgan normalar tushuntirilayotgan bo’lsa yuqori turuvchi organlar 
tomonidan qabul qilingan normalarga aoslanishi kerak;

bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan normalarning bir-biriga zidligi tushuntirilayotgan 
boʻlsa eng oxirgi norma qabul qilinishi kerak;
 
Tarixiy-siyosiy sharhlash usulida huquq normasining maʼnosini toʻliqroq 
tushuntirish uchun oʻsha norma qabul qilingan vaqtdagi ijtimoiy-siyosiy sharoit 
tushuntiriladi;
 
Mantiqiy sharhlar usulida sharhlovchi faqat mantiq qonuniyatlari yordamida 
huquqning mazmunini tushuntiradi va aniqlashtiradi;


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 67 
 
Maqsadli (teologik) sharhlash usulida sharhlanayotgan norma qanday maqsadni 
koʻzlaganligi, nima uchun kerakligi tushuntiriladi;
 
Maxsus yuridik shaxslar usulida huquqning mazmuni maxsus atamalar vositasida 
tushuntiriladi. 
Huquq normalarini sharhlashning subyektlariga ko’ra turlari quyidagilar:
1-rasmiy sharhlash; 
2-norasmiy sharhlash. 
Rasmiy sharhlash qonun bilan sharhlash vakolati berilgan davlat organlari tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
sharhlash 
turi 
hisoblanadi.Rasmiy 
sharhlash ham 
ikkiga 
boʻlinadi.Bular: 
a) normativ sharhlash; 
b) kazual sharhlash. 
Normativ sharhlashning ham ikki turi mavjud.Bular:
Autenchik (mualliflik) sharhlashda huquq normasi qabul qilgan organ tomonidan 
sharhlanadi;
Ligal sharh, ya’ni qonun bilan sharhlash vakolati berilgan davlat organlari tomonidan 
amalga oshiradigan sharhlash hisoblanadi.Bunda huquq normasini shahrlayotgan vakolatli 
davlat organi ushbu normani o’zi qabul qilmagan boʻladi. 
Kazual sharh(hayotiy hodisa, fakt, yaʼni kazuslar) muayyan huquqiy hodisa va 
voqealarga vakolatli davlat organi tomonidan yuridik sharh berilishi hisoblanadi. 
Norasmiy sharh maxsus vakolat berilmagan organlar va shaxslar tomonidan amalga 
oshiriladigan sharh norasmiy sharh hisoblanadi. Ushbu sharhlash turining uchta ko’rinishi 
bor. Bular: 
a) oddiy sharh - huquq boʻyicha mutaxassis boʻlmagan shaxslar tomonidan huquq 
normalariga munosabat bildirilishi;
b) huquq sohasi mutaxassis tomonidan huquq haqida munosabat bildirilishi;
c) doktrinal sharh huquqdagi muammolarni bartaraf etish uchun huquqshunos olimlar 
tomonidan amalga oshiriladigan sharhlash hisoblanadi. 
Sharhlashning hajmiga koʻra uchga bo’linadi. Bular: tom ma’nodagi sharhlash, cheklangan 
sharhlash, kengaytirilgan sharhlash hisoblanadi. 
Huquq oilasi 
Huquq oilasi deganda, bir-biriga oʻxshash va umumiylikdagi huquqiy tizimlarning 
yigʻindisi tushuniladi. Demak, umumiy va oʻxshash huquqiy tizimlar birlashib huquq oilasini 
tashkil qiladi. 
Huquqiy tizimlardan oilalarni hosil qilishda bir necha mezonlarga asoslanadi.Bular 
quyidagilar:
 
vujudga kelish va rivojlanish genezisiga koʻra;


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 68 
 
huquq manbalarining umumiyligi koʻra;
 
huquq strukturasining yagonaligi va oʻxshashligi koʻra;
 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish prinsiplarining umumiyligiga koʻra;
 
yuridik tushunchalar atamalar, yuridik texnika qoidalarining yagonaligi, huquq 
normalarni tizimlashtirishning umumiyligi hisoblanadi 
Huquqiy tizimlarni huquq oilalarga tasniflashda yana boshqa mezonlarga ham asoslanishi 
mumkin.Masalan, Xitoy davlatining huquqiy tizimi formal yuridik mezonga koʻra Roman-
german huquqiy oilasiga kiradi, maʼrifiy mezonga koʻra anʼanaviy-odat huquqiy oilasiga 
kiradi, ijtimoiy-siyosiy mezonga koʻra sotsialistik huquqiy oilasiga kiradi. 
! Ayrim hududlarda, misol uchun, AQShning Luizana shtatida hamda Kanadaning Kvebek 
provinsiyasida ham Roman-german ham Anglo-sakson huquq oilasi uygʻunlashgan. 
Huquq oilalarini ikki yo’nalishiga ko’ra tasniflaymiz.Bular:

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling