Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Huquq normasi talablariga rioya qilish;
Majburiyatlarni bajarish; Subyektiv huquqdan foydalanish; Huquqni qoʻllash, yaʼni vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan huquq normasida mustahkamlangan qoidalarni huquq normasida belgilangan tartibda hayotga joriy etiladi. Huquqni qoʻllash 4 xil shaklda amalga oshiriladi.Bular quyidagilar: Ayrim huquq normalarni amalga oshirish uchun vakolati davlat organining qarorini chiqarish orqali huquq qo’llanishi mumkin, masalan, fuqaroga pensiya tayinlash uchun ijtimoiy taʼminot organining qarori chiqariladi; Ayrim davlat organlari va mansabdor shaxslar oʻrtasidagi bo’ysunuv xarakteriga ega boʻlgan munosabatlarni tartibga solish jarayonida huquq qo’llanishi mumkin; Huquq normasida belgilangan qoidalar bo’yicha nizo chiqqan hollarda nizoni hal qilish uchun vakolatli davlat organining qarori chiqariladi; Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun vakolatli davlat organi tomonidan jazo tayinlash yoki boshqacha huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash mumkin. Huquqni qoʻllashning belgilari quyidagilar: Huquqni qoʻllash faqat huquqni qoʻllash vakolatiga ega boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi; Huquqni qoʻllash davlat boshqaruv faoliyatining bir shakli hisoblanadi; Huquqni qoʻllash har doim qonunlarda aniq belgilab qoʻyilgan tartibdagina amalga oshiriladi; Huquqni qoʻllashda davlat organlari va mansabdor shaxslar qonunda belgilab qoʻyilgan prinsiplar asosida qoʻllashi kerak; Huquqni qoʻllash 6 bosqichda amalga oshadi.Bular quyidagilar: Ko’rilayotgan ishning huquq normasini qoʻllanilishi talab etiladigan faktik tomonlar tahlil etiladi; Ko’rilayotgan ishga tegishli boʻlgan huquq normalari tanlanadi; Tanlab olingan huquq normasining ma’nosi aniqlanadi va sharhlanadi; Ko’rilayotgan yoki tartibga solinadigan masalaga oid tanlab olinayotgan normalarni qoʻllash uchun akt chiqariladi; Chiqarilgan hujjatning bajarish, ijro etish choralari koʻriladi; Qabul qilingan qarorni amalga oshirish ustidan nazorat qilinadi; Huquqni tadbiq etish deganda, vakolatli davlat organi yoki mansabdor shaxsning huquq normalarida belgilangan shaklda va tartibda huquqni amalga oshirish maqsadida davlat nomidan harakat qilishi tushuniladi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 65 Huquqni qo’llash hujjati deganda, vakolatli davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan huquq normasida belgilangan foydani amalga oshirish maqsadida chiqariladigan hujjat hisoblanadi. Huquqni qoʻllash hujjatining belgilari quyidagilar: Mansabdor shaxslar va vakolati davlat organlari tomonidan chiqariladi; Indivudial xususiyatga ega boʻladi; Davlatning majburlov kuchiga ega boʻladi; Huquqni qoʻllash bir marta amalga oshiriladi. Huquqni qoʻllash hujjatlari quyidagi talablari mavjud: Ushbu hujjat normativ-huquqiy aktlar asosida qabul qilinishi kerak va ularga mos boʻlishi kerak; Uni qabul qilgan davlat organi yoki vakolatli mansabdor shaxsning vakolati doirasida bo’lishi kerak; Asoslantirilgan boʻlishi kerak; Zaruriy rekvizitlar bo’lishi kerak (hujjatning nomi, qabul qilingan joyi, organ nomi, vaqt, muhri, imzosi va h.k.). Huquqni qoʻllash hujjatlari ijtimoiy munosabatlarga huquqiy taʼsir etish shakliga ko’ra: 1-Ijro etuvchi hujjatlar, yaʼni huquq normasida mustahkamlangan qoidalarni alohida shaxslarga yoki muayyan vaziyatlarga nisbatan ijro etishga qaratiladi; 2-Huquqni muhofaza etuvchi hujjatlar, ya’ni huquq normalari buzilishidan saqlash maqsadida chiqarilgan hujjat hisoblanadi.Bu hujjatlar huquqbuzarliklarning oldini olishga yoki huquqbuzarlikka nisbatan jazo tayinlash maqsadida chiqariladi. Huquqni qoʻllash jarayonida huquqdagi bo’shliqni bartaraf etish uchun maxsus huquqni qoʻllovchi usullardan foydalaniladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling